Bugʻlatish Qattiq, uchuvchan boʻlmagan yoki uchuvchanligi yomon boʻlgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil boʻlgan bugʻlarni chiqarib yuborish jarayoniga bugʻlatish


Download 298.15 Kb.
bet1/5
Sana04.04.2023
Hajmi298.15 Kb.
#1325641
  1   2   3   4   5

Bugʻlatish
Qattiq, uchuvchan boʻlmagan yoki uchuvchanligi yomon boʻlgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil boʻlgan bugʻlarni chiqarib yuborish jarayoniga bugʻlatish deyiladi.
Odatda, sanoat miqyosida bugʻlatish jarayoni eritmalarni qaynatish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Eritmalarni bugʻlatishdan maqsad ularning konsentratsiyasini orttirish boʻlib, ya’ni eritmalarni quyuqlashtirishdir. Agarda, quyuqlashtirilgan eritmalardan yana erituvchi chiqarilsa, qattiq moddalar kristallana boshlaydi va kristallar ajralib chiqadi.
Suyultirilgan eritmalar konsentratsiyasini oshirish yoki ulardan erigan moddalarni kristallash usulida ajratib olish uchun bugʻlatish jarayoni qoʻllaniladi.
Kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda bugʻlatish jarayonidan keng koʻlamda foydalaniladi. Masalan, tuz, ishqor kabi moddalarning suvli eritmalarini, mineral va organik kislotalar, koʻp atomli spirtlar, shakar va konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida tomat, sut va sharbatlarni konsentrlashda bu jarayonsiz texnologiyani tasavvur qilib boʻlmaydi. Shu bilan birga, ushbu jarayonni toza erituvchi ishlab chiqarish uchun ham qoʻllasa boʻladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, agar bugʻlanish jarayoni qaynash haroratidan past, istalgan haroratda eritma yuzasida sodir boʻlsa, bugʻlatish esa - qaynash haroratidan yuqori haroratda, eritmaning butun hajmida yuz beradi.
Ushbu jarayonlar bugʻlatish qurilmasi deb nomlanadigan qurilmalarda amalga oshiriladi. Ma’lumki, uzluksiz va uzlukli bugʻlatish jarayonlarini tashkil etish mumkin. Uzlukli ishlaydigan qurilmalar, odatda kam miqdorda mahsulot ishlab chiqaradigan texnologiyalarda qoʻllaniladi.
Yirik sanoat korxonalarida uzluksiz ishlaydigan bugʻlatish qurilmalaridan foydalaniladi va ularning issiqlik almashinish yuzalari 600...1000 m2 boʻladi. Bunday qurilmalarning tejamliligini aniqlovchi asosiy omil boʻlib, undagi bugʻ va suv sarfi hisoblanadi.
Bugʻlatish vakuum, atmosfera va yuqori bosim ostida olib borilishi mumkin.

Download 298.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling