Bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan global o’zgarishlar, jahon xalqlari va hayotiga daxldor bo’lib, turfa XIL qarashlarni vujudga keltirmoqda


Download 20.01 Kb.
bet1/2
Sana18.03.2023
Hajmi20.01 Kb.
#1282535
  1   2
Bog'liq
Ahmadbek


Bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan global o’zgarishlar, jahon xalqlari va hayotiga daxldor bo’lib, turfa xil qarashlarni vujudga keltirmoqda.Insoniyat tamom-ila o’zgacha muhit, yangicha talab va xavf-xatarlar kuchaygan bir sharoitda yashashga to’g’ri kelmoqda. Bu kabi holatda uzoq vaqt davomida sinovdan o’tgan va hayotning turli qiyinchiliklarida toblangan har qaysi xalq va millat birligi, hamjihatligini yanada oshirib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan yurtimizdagi boy moddiy va madaniy meroslarning mavjudligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanganligi, shuningdek nomlari bashariat svilizatsiyasi tarixiga abadiy bitilgan olim-u fuzallolarni yetishtirgan bu ko’xna zamin azal-azaldan insoniyat tamaddunining beshigi bo’lib kelgan.
Milodiy IX vaXII asrlarda birinchi renessans, XIV-XV asrlarda ikkinchi renessans kabi ikki muhim oltin davrlarni boshidan kechirgan xalqimiz, bir necha asrlar davomida o’z sohalarning yorqin namoyondalari bo’lmish mutafakkir-u allomalarimizning sayi-harakatlari evaziga jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga o’zining salmoqli hissalarini qo’shishgan. Hisob ilmining dahosi, algebra fanining asoschisi Muhammad al-Xorazimiy, buyuk mutaffakkir, Yevropada Alfraganus taxalluslari mashhur bo’lgan Ahmad al-Farg’oniy, tib ilmining sultoni, ulug’ hakim Abu Ali Ibn Sino, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy, yulduzlar ilmidan osmon qadar yuksalgan Mirzo Ulug’bek, o’zbek adabiy tilining asoschisi, daho shoir Alisher Navoiy, shuningdek Imom Buxoriy, Imom at- Termiziy ,Imom Moturudiy, Abul Mo’iyn an- Nasafiy, Maxmud Zamaxshariy, Bahovuddin Naqshband singari ulug’ ajdodlarimiz muqaddas islom dini ravnaqi yo’lida qilgan xizmatlari beqiyos sanaladi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari tomonidan yaratilgan noyob, nodir asarlar va qimmatbaho fikr- mulohazalar jahon xalqlarining ma’naviy dunyosini boyitib, ularning ma’naviy kamolotiga xizmat qilib kelmoqda. Chindan ham yurtimizda yaratilgan asarlardan ko’chirilgan nusxalarning naqadar mo’tabar sanalishi va bebaho obida sifatida qadrlanishi bugungi kunda ham o’z ahamiyatini ko’rsatmoqda. Hayot yo’llari bir teks bo’lmagani kabi o’zbek xalqining tarixiy taraqqiyot davrida moddiy va ma’naviy madaniyati bir tekisda rivojlangan emas. Bunda biz uyg’onish, yuksalish bilan bir qatorda turli nohaqliklar va turg’inlik holatlarini ham kuzatishimiz mumkin.
Markaziy Osiyo xalqlari o'tgan ming yillar mobaynida xitoy, yunon, arab, mug'ul, rus istilochilari tomonidan zabt etilgan. Istilochilar xilma-xil bo'lsa ham ularning maqsadi o'xshash, ya'ni ko'xna madaniyat va ma'naviyatga ega bo'lgan tub aholini milliy qadriyatlardan begonalashtirish, o'zligini anglashga yo'l qo'ymaslik, tarixini soxtalashtirishdan iborat edi. Shu bois, bizning hududimizdagi biron bir ko'xna shahrimiz, katta – kichik daryomiz, baland – past tog'imiz yo'qki, u bir necha nom bilan atalmasin. Bu istilochilarning manfur siyosati, o'z xalqining tili va madaniyatini ustun qilib ko'rsatish, mahalliy xalqning tarixi va ma'naviyatini kamsitib, soxtalashtirib yoki inkor etish oqibati edi.
Xalqni o'z ma'naviyati va madaniyatidan judo qilib, xotirasiz manqurtlarga aylantirish, so’nggi qariyb bir yarim asr mobaynida chorizm va bolshevizm mustamlakachilarining ham bosh siyosati bo'lib kelganligi hammaga a’yon. Mazkur siyosat oqibatida biz tilimiz, madaniyatimiz, tariximizga bepisandlik bilan qaradik, o'tmishimizni zo'r berib qoralash va kamsitish yo'lini tutdik, bir necha ming yillik madaniy merosimizni, milliy tariximiz, milliy an'analar, urf odatlarimizni unuta boshladik, jahon xalqlari madaniyatining ajralmas qismi bo'lgan islom ta'limotini ko'r- ko'rona inkor etdik. Dindorlar ma'naviy taxqirlandi, ularning huquqlari cheklab qo'yildi, bayramlar oyoqosti qilindi, tariximiz bir tomonlama va yuzaki o'rganildi.
Umuman olganda, jamiyat manfaatlari va istiqboliga mutlaqo zid keladigan bu kabi holatlarga barham berish orqali metin bardoshli xalqimiz iroda ko’rsatib, istiqlol deb atalmish ulug' nematga ega bo'ldi. XX asrning so’nggi choragida sobiq sovet davlatining qulashi natijasida ayrim mamlakatlar bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi ham 1991-yilda o'z mustaqilligini elon qilib, Xalqaro hamjamiyatning to'laqonli subyektiga aylandi. Har qanday millat, xalq o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan o‘zing yashashini va kelajagini ta’minlovchi asoslarini yaratishi ham lozim. Bunday asoslar mustaqilikka erishgan mamlakatning iqtisodiyoti qay tarzda tashkil etilganligi, xalqning qanday huquq va erkinliklarga ega bo‘lganligi, davlat hokimiyati qo‘liga qanday vakolatlar berilganligi hamda xalqning qanday ma’naviy-madaniy imkoniyatlari borligiga,ularning g‘oyaviy mazmuni qanday bunyodkor mafkuralar tizimiga asoslanganligi bilan belgilanadi. Bularning barchasi xalqlarning mustaqil hayot kechirish faoliyatlarining asoslari hisoblanadi.
Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab, mustaqilligimizni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan qonun bilan tasdiqlangan davlat ramzlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda demokratik tamoyillarga hamohang ravishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Shuningdek Birllashgan Millatlar Tashkiloti, YUNESKO, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Islom Hamkorlik Tashkiloti singari bir qator nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga a’zo bo'lgan O'zbekiston xalqaro maydonda o’z o'rni va obro'-etiboriga ega bo'ldi. Shonli o'tmishda xalqimizning qoralangan tarixini qayta o'rganish va tadqiq etish, ulug' ajdodlarimiz yorqin xotirasini tiklash, ko'xna shaharlarimiz, boy moddiy va madaniy meroslarimizni o'rganishda yangicha munosabat paydo bo'ldi. Qadim tarxiga ega ko’xna shaharlarimizning yubileylari ham istiqlol yillarida keng nishonlandi. Jumladan: 1997-yil 19-oktabr Buxora, 20-oktabrda Xiva shahrining, 2002-yil 2-aprelda Termiz shahrining 2500 yilliklari, 25-avgustda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlandi.2
Mustaqillik tufayli ma'naviy hayotimizda uyg'onish yuz berdi. Xalqimizning milliy ongi, milliy g'ururi, milliy iftixori, ma'naviy dunyosi kundan kunga boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma'naviy asosini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda, lekin shuni alohida qayd etishimiz kerakki, milliy o'z o'zini anglash, o'zbekchilik — millatchilik degan ma'noni bildirmaydi. Milliy uyg'onish, milliy g'urur, milliy tuyg'uning tiklanishi — bu milliy rivojlanish bilan uzviy bog'liq bo'lgan tabiiy qonuniy jarayondir.
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina jamiyatimizda o'tkazilayotgan islohotlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi. Chunki ma'naviy barkamol, ma'rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo'lini sharaf bilan o'ta oladi. Shunday ekan, xalqimizning madaniy merosi, yuksak ma'naviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o'rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirib, ayniqsa, yosh avlodni ma'naviy yetuk, fidoyi kishilar etib tarbiyalash hozirgi kunda eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Ota-bobolarimizdan bizga qoldirilgan boy ma'naviy merosni avaylab asrab, uni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan ijodiy boyitib, kelajak avlodning tafakkuri, dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirib, ularning bunyodkorlik faolligini oshirish - mustaqillik poydevorini mustahkamlashning asosiy garovidir.
Hech bir xalq o'z o'zini anglamasdan milliy madaniyati, milliy qadriyatlarini avaylab, asrab saqlamasdan turib boshqa xalqlarning qadriyatlariga hurmat - izzat bilan qaray olmaydi. Shuning uchun milliy qadriyatlarning tiklanishi, umuminsoniy qadriyatlar sari rivojlanishning yakka-yu yagona yo'lidir.
Milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar bilan qancha ko'p uyg'unlashgan bo'lsa, ularning taraqqiy etishiga shu kadar keng imkoniyat ochiladi. 3Bu hayotiy haqiqatdir. Muxtasar qilib aytganda, milliy tiklanish millat taraqqiyoti tarixining birinchi bosqichida ma’lum bir obyektib va subyektiv sabablar oqibatida boy berilgan salohiyatni qayta millat taraqqiyotiga yo’naltirish bilan bog’liq jarayondir. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarmizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining yuksalishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi va tadqiq etilishi, fan va ta’lim rivoji ,eng muhimi, jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan bog’liqdir. Tafakkurning o’zgarishi va yuksalishi o’z navbatida milliy g’oyaning xalqmiz ongi va qalbidan qanchalik chuqur joy olayotganligi bilan o’z o’lchanadi.
Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, amalga oshirilgan ko’lami va miqyosi bo’yicha keng mazmundagi islohotlar ijobiy samara berib, milliy taraqqiyotimizda yangi sahifalarni ochmoqda. Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
Innovatsiya, bu - kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.
O‘zbekiston – ulkan tabiiy zahiralar, iqtisodiy va insoniy salohiyatga boy mamlakat. Shuning uchun
Download 20.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling