19
Karbonat angidrid gazi-issiqxona gazlari orasida anchagina tanilgan. CO
2
ning tabiiy manbalari inson organizmi faoliyati, vulqon chiqindilaridir. Antropogen
manbalar organik yonilgʻining yonishi (oʻrmon yongʻinlarini qoʻshganda),
shuningdek, bir qator ishlab chiqarish jarayonlari (masalan, oyna,
sement ishlab
chiqarish) kiradi. Karbonat angidrid gazi koʻplab tadqiqotchilarning fikricha,
“issiqxona samarasi”ni ta’sirida global isishda eng asosiy javobgaridir. CO
2
konsentratsiyasi industriya sanoatlashuvida ikki asr ichida 30%dan oshdi va dunyo
miqyosining oʻrtacha darajasi oʻzgarishi bilan oʻzaro bogʻliq.
Metan-issiqxona gazining ikkilamchi turi. Toshkoʻmir
va tabiiy gazining
ishlab chiqilishida sirqib oqishi, quvur oʻtkazgichlar,
biomassaning yonishilarda,
toʻkish joylarida (biogazning tarkibiy qismiga oʻxshash), shuningdek,
qishloq
xoʻjaligida (chorvachilik, sholikorlikda) va boshqalarda ajarlib chiqadi. Chorva
mollarini
boqishda, oʻgʻitlashda, koʻmir yoqishda va boshqa manbalar yiliga 250
million tonna metan chiqishiga olib keladi. Atmosferada metan miqdori unchalik
katta emas, lekin uning issiqxona samarasi yoki
global isish potensiali CO
2
ga
nisbatan 21-marta kuchli.
Azotning oksidi-issiqxona gazining uchlamchi turi: uning ta’siri CO
2
ga
nisbatan 310 marotaba kuchli, lekin u atmosferada uncha katta boʻlmagan
miqdorda mavjud. Atmosferada hayvonlar va oʻsimliklar, shuningdek, mineral
oʻgʻitlar
solishda va ishlab chiqarish, kimyoviy ishlab chiqarish ishlaridagi hayot
faoliyati natijalarida koʻrinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: