Bugun insoniyat oʻz taraqqiyot yoʻlining tub burilish davrini boshidan kechirmoqda, xalqaro


Download 312.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana30.04.2023
Hajmi312.58 Kb.
#1417055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Iqlim o\'zgarishi va ekologik moslashuv 1-mavzu 2023

 
 
 
 
 
 



1-MAVZU. IQLIM OʻZGARISHINI KELTIRIB CHIQARUVCHI 
MANBALAR VA OMILLAR 
REJA: 
1. Sanoat tormoqlari, ishlab chiqarish korxonalarning iqlim oʻzgarishiga 
ta’siri 
2. Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari 
3. Yerning global iqlimi, mikroiqlim, mahalliy iqlim haqida ma’lumot.
4. Iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi ichki va tashqi omillar 
Bugungi kunda iqlim oʻzgarishining asosiy omillariga misol qilib bevosita 
inson faoliyati, jumladan sanoat tormoqlari, ishlab chiqarish korxonalarning 
rivojlanishi natijasida iqlim oʻzgarishiga oʻzining salbiy ta’sirlarini koʻrsatmoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son 
“Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Xarakatlar strategiyasi 
toʻgʻrisida” gi

Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʻyoriy-
huquqiy hujjatlarda ham iqlim oʻzgarishi, hozirgi ekologik vaziyatni yaxshilashga 
alohida eʻtibor qaratilgan.
Tabiyat gapirmaydi lekin koʻrsatadi, bu soʻzning ma’nosi tabiyatga qancha 
mexr bilan qarasangiz tabiyat sizga shunchalik mexir koʻrsatishi toʻgʻrisida keng 
bir ma’noga ega xisoblanadi. Hozirgi vaqtda kuzatilayotgan iqlimning global 
oʻzgarishi atrof-muhitning turli komponentlari va ularning alohida xususiyatlariga, 
ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarga ta’sir yetkazmoqda. 
Sanoat rivojlanishi oqibatida atmosferaga chiqayotgan uglevodorod gazi 
miqdori yil sayin koʻpaymoqda. Bu esa sayyoramizda “bugʻxona hodisasi“ni 
kuchaytirib, keskin iqlim oʻzgarishlarini yuzaga keltiryapti. Oqibatda tabiiy ofatlar 
koʻpaymoqda. Dunyoning koʻpgina mintaqalarida tabiiy muvozanat buzilmoqda: 
ayrim joylarda yogʻingarchilik odatdagidan ancha koʻp boʻlsa, boshqa hududlarda 
qurgʻoqchilik avj olyapti. Joriy yilning oʻzida kuzatilgan “tabiiy meʻyorlarning 
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish boʻyicha 
Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” gi Farmoni. 
.



buzilish” holatlari bunga yaqqol misol boʻladi. 2010-yil bahorida ba’zi Yevropa 
davlatlarida kuchli suv toshqinlari roʻy berdi, yoz esa juda issiq va quruq keldi. 
Hisob-kitoblarga koʻra, har yili atmosferaga 100 million tonnadan ortiq 
uglevodorod chiqarilar ekan. Shuning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga toʻgʻri 
keladi. Olimlarning fikricha, oʻrmon yongʻinlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan 
karbonad kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng ekan. Havoga koʻtarilgan 
tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini koʻpaytiradi. Oqibatda, 
sayyoramizga Quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilish 
oʻrniga, Yerning oʻzida qolib, “bugʻxona hodisasi“ni keltirib chiqarmoqda. 
Oʻzbekiston hududi boʻyicha iqlim monitoringi ma’lumotlari XX asr va XXI asr 
boshlarida isishning turgʻun tamoyilini koʻrsatmoqda, uning surʻati oʻn yillik 
uchun 0,2 C dan oshadi, bu shimoliy yarimshar boʻyicha isishning oʻrtacha 
surʻatidan 40 % ga ortiqdir. Global isish mintaqadagi iqlimiy sharoitlarni 
murakkablashtirib, yozgi mavsumda - qurgʻoqchilik va jaziramani kuchaytirgan, 
qishki qahratonni esa uzaytirgan. Orol boʻyida selsiy boʻyicha 40 daraja issiqdan 
ortiqni tashkil qilgan kunlar ikki baravarga oshgan.
Inson oʻz faoliyati bilan Yer 
yuzidagi muzliklarga tuzatib boʻlmas zarar yetkazgan, deya aytilmoqda. Ba’zi 
olimlar Shimoliy qutb, Arktikadagi muzliklar kelgusi 40-50 yil mobaynida 
butunlay erib ketib, ummon sathi 7 metrga qadar koʻtarilib ketishi mumkinligi 
haqida ogohlantirmoqdalar. Lekin boshqa olimlar bu kabi ehtimolni rad etadilar. 
Yer iqlimi isishining Shimoliy va Janubiy qutblardagi muzliklarga ta’sirini 
oʻrganish uchun 2007-yil mart oyida "Xalqaro Qutblar Yili" nomi ostida ikki yillik 
tadqiqotlar loyihasi ish boshlagan. Markaziy Osiyoda esa muzli qoyalar asosiy suv 
manbai hisoblanadi. Ba’zi ekologlarga koʻra bu muzliklarning 30 foizi hozirga 
qadar erib ketgan. 

Download 312.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling