Bugun insoniyat oʻz taraqqiyot yoʻlining tub burilish davrini boshidan kechirmoqda, xalqaro
Iqlimga joʻgʻrofik kengliklarni ta’siri
Download 312.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Iqlim o\'zgarishi va ekologik moslashuv 1-mavzu 2023
Iqlimga joʻgʻrofik kengliklarni ta’siri. Joʻgʻrofik kenglik iqlim belgilari
taqsimotining hududiylashganligini ifodalaydi. Quyosh radiatsiyasi choshgohdagi quyoshning balandligi va nurlanishning davomiyligi aniqlanib, geografik kengliklarga bogʻliq holda atmosferaning yuqori chegaralariga kirib keladi. Radiatsiyaning yutilishi murakkab taqsimlanadi, bu oʻz navbatida havoning oʻzgarib turishiga, ya’ni yer yuza qismining albedosi, havoning tiniqligi darajasiga bogʻliq. Hududiylashganlik havo harorati taqsimlanishi asosiga qurilgan boʻlib, unda nainki radiatsiya yutilishiga, balki sirkulyatsion sharoitlarga ham bogʻliq. Harorat taqsimotining hududiylashganligi boshqa metereologik iqlim kattaliklarini zonalashuviga olib keladi. Havo haroratining yillik amplitudasi oʻlchami joʻgʻrofik kenglikka bogʻliq. Quyi kengliklarda darajaning yillik amlitudasi yuqori kengliklarga solishtirganda kamroqdir. Metereologik oʻlchamlarning 12 taqsimlanishiga joʻgʻrofiy kenliklarni ta’siri yer yuziga bogʻliq iqlimning boshqa omillari ta’siri kamayganda balandlik bilan seziladi. Iqlimning balandlikda oʻzgarishi. Atmosfera bosimi yuqorida tushadi, quyosh radiatsiyasi va samarali nurlanish oʻsadi, daraja, solishtirma namlik kamayadi. Shamol yetarli darajada tezlik va yoʻnalishi boʻylab oʻzgaradi. Bunday oʻzgarishlar joyning tekisligiga qarab erkin atmosferada, katta va kichik ta’sirlar (yaqindagi yer yuza qatlami bilan bogʻliq) togʻlarda ham yuz beradi. Togʻlarda bulut bilan qoplanganlik, yogʻingarchiliklar yuqoriligining xarakterli oʻzgarishlari kuzatiladi. Yogʻingarchiliklar qoidaga binoan avval joy balandligida kuchli qayd etiladi, lekin keyin ayrim bosqichlarda kamayadi. Natijada togʻlarda yuqori iqlim hududiylashganligi vujudga keladi. Iqlim sharoitlari joy balandligi bilan bogʻliqligi bilan kuchli farqlanadi. Bunda gorizontal yoʻnalishdagi kenglikdagi oʻzgarishdan koʻra balandlikdagi oʻzgarish birmuncha koʻp. Iqlim hududiylashganligining yuqoriligi togʻlardagi metereologik oʻlchamlar yuqoriligi barcha iqlim sharoitlari majmuining tez oʻzgarishini hosil qiladi. Bir iqlim hududi (yoki mintaqa) ning boshqasini hosil qilishi oʻsimliklar oʻzgarishiga muvofiq. Yuqori iqlim hududlarining almashinuvi kengliklar yoʻnalishidagi iqlim hududlari almashinuvini eslatadi. Farqi shundaki, oʻzgarish uchun gorizontal yoʻnalishda minglab kilometr siljish, togʻlarda esa balandlikning faqat bir kilometrga oʻzgartirish yetarlidir. Download 312.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling