Bugundan boshqacha bo'ladi!


Download 212.7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.10.2020
Hajmi212.7 Kb.
#132014
Bog'liq
BUGUNDAN BOSHQACHA BO

background image
BUGUNDAN BOSHQACHA BO'LADI! 

Assalomu alaykum! 

O'tgan  sondagi  suhbatimizdan  so'ng 

aksariyat o'quvchilarimizda, jumladan, sizda ham 

ma'lum darajada o'z-o'zingizni yoqtirmaslik holati 

ro'y  berayotgan  bo'lishi  mumkin.  Sababi 

ojizliklaringizni,  yalqovligingizni  birdaniga  yo'q 

qila olmaganingiz o'zingizdan qoniqmaslik hissini 

kuchaytiradi.  

Ho'sh,  bu  yaxshimi?  U  holda  nima  qilish 

kerak? 

Quyidagilarni  o'qib  o'zingiz  xulosa  qiling. 



(Biroz vaqtga sizni sizlamayman) 

Agar erta tongdan to kechgacha   9 marta 

yalqovlikka,  10  marta  irodaga  bo‘ysundingmi, 

demak, bugunni g‘alaba bilan yakunlabsan. Odam 

bu  olamga  farishta  bo‘lib  kelmaydi.  Insoniy 

fazilatlar  ham,  hayvoniy  istaklar  ham  barchada 

mujassam. Lekin tuban istaklarga to‘la odam o‘z 

irodasi  va  ongi  orqali  asta-asta  mayllarini  qulga 

aylantiradi va  buyuklikka tomon harakatlanadi. 

Senda  o‘zingga  ham  yoqmaydigan  illatlar 

sezilyaptimi, 

ularning 

oqibatida 

vijdoning 

qiynalmoqdami?  Demak,  sen  ulg‘aya  boshlabsan. 

Buni  xushxabar  desa  bo‘ladi.  Chunki  bu  qusrlar 

avval  ham  senda  bor  edi,  lekin  ular  seni  hech 

tashvishga  solmasdi.  Endi  esa  vaqti-soati  yetdi. 

Buyuklikka  tomon  yo‘l  olish  vaqti  yetdi!  Mana 

bularni aytish vaqti keldi: 

  

"Bo‘ldi yetar, men shunchaki yashab o‘tish 



uchun 

tug‘ilmaganman. 

Ichimda 

ko‘milib 

borayotgan 

orzularimni 

bugundan 

qayta 


tiriltiraman.  Orzularim  ichidan  eng  saralarini-

o‘zimga  ham,  atrofimdagilarga  ham  foydali 

bo‘lganlarini  amalga  oshira  boshlayman.  Mening 

eng  oliy  maqsadim  o‘zimga-o‘zim  yoqadigan 

darajada  KOMIL  INSON  bo‘lish.  Buning  uchun 

bugundan  boshlab  kuniga  bitta  yomon  odatimni 

tark etaman va ko‘nglimga huzur bag‘ishlaydigan 

kamida  bitta  amalni  bajaraman.  Hech  kimga 

jahlimni  sochmayman.  Chunki  undan  uzr 

so‘rashga  ulgurmay  qolishim  mumkin.  Balki  uni 

oxirgi bor ko‘rib turgandirman deb o'zimni qo'lga 

olaman. Aqlimni, ilmimni oshirish uchun kuniga 

bir 

yangi 


bilimni 

egallayman. 

Tanamni 

chiniqtirish  va  irodamni  toblash  uchun  kunni 

badan  tarbiya  bilan  boshlayman.    Ruhimni 

hamisha ko‘tarinki bo‘lishiga intilaman. 

Qachon o‘zimga yoqmay qolsam mana bu satrlarni 

qaytaraman" 

 

"Afsus"lar, "attang"lar o‘ladi, 



Kun faqat quvonchga to‘ladi, 

O‘tganni eslab, hech kuymayman, 

Bugundan boshqacha bo‘ladi! 

 

Otamning so‘zini bo‘lmayman, 



Onamni ranjitib qo‘ymayman, 

Do‘stlarni yo‘qlashdan to‘ymayman, 

Bugundan boshqacha bo‘ladi! 

 

Armonni olovda yoqaman, 



Orzular changini qoqaman,  

Endi men o‘zimga yoqaman, 

Bugundan boshqacha bo‘ladi! 

 

O‘tkirbek SHERG'OZIYEV 



Download 212.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling