Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish nihoyatda zamonaviy qiyofaga kirdi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
Download 0.8 Mb.
|
Internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantiruvchi omillar
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.
2.2. O’quvchilarning media va axborot savodxonligi sohasidagi kompetentsiyalarni shakllantirish. Bugungi kunda ta’lim sohasini axborotlashtirish va internet bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish muhim masalalaridan biridir. Buni amalga oshirish uchun mazkur jarayonda barcha ta’lim sohasi xodimlari qatnashishi talab etiladi, ya’ni faqatgina informatika va axborot texnologiyalari o’qituvchilarigina emas, boshqa fan o’qituvchilari bu jarayonda faol ishtirokchi bo’lishlari. Zamonaviy axborot texnologiyalarining samarali qo’llanilishi, ularning pedagogik jarayonga tatbiq etilishi, ta’lim muassasalarida axborot sohasini rivojlantirish, ta’limning zamonaviy paradigmasiga o’tishni talab etadi. Belgilangan talablarga muvofiq, pedagogning roli, ta’lim-tarbiya jarayonidagi funksiyalari qay darajada o’zgarishi borasidagi masala ham tobora dolzarb bo’lmoqda. Mazkur masalaga javoblar fikrlarning keng qamrovini keltirib chiqarib, aksariyat hollarda ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lmoqda. Zamonaviy ommaviy axborot va kommunikasiya o’zgarib, o’qituvchiga bor-yo’g’i kuzatuvchi-maslahatchi rolini belgilab berishi haqidagi fikrlar ham mavjud. Boshqacha nuqtai nazar namoyondalari, bugungi kunda mavjud bo’lgan media turlaridan hyech biri yaqin kelajakda o’qituvchi o’rnini bosa olmasligi, faqatgina yordamchi, ta’lim imkoniyatlarini kengaytiruvchi sifatida faoliyat yuritishi haqidagi fikrlarni bildirishmoqda. Mazkur pozisiyalardan qaysi biri tarafdori ekanligimizdan qat’iy nazar, zamonaviy texnik muvaffaqiyatlar pedagog shaxsiga nisbatan yangi talablarni qo’yib, uning professional sifatlari, funksiyalari va ta’lim jarayonidagi rolini yuksaltirishga xizmat qiladi. Elektron media vositalarining didaktik va tarbiyaviy salohiyatini ko’rib chiqar ekanmiz, birinchi navbatda mahsuldorlik, interfaollik, modellashtirishga imkoniyat, individualizatsiya, kommunikativlik, multimediyaviylik haqida gap yuritishimiz shart. Aynan shular sababli, zamonaviy texnik vositalar ma’lum darajada o’qituvchi faoliyatini modellashtirishga qaratilgan. Ammo, qator ta’lim-tarbiya jarayoni uchun yangi imkoniyatlarni ochib beruvchi ustunliklar sababli, bugungi kunda texnik vositalardan birortasi, ma’lum darajada o’qituvchi o’rnida uning ba’zi vazifalarini bajara olmaydi. Masalan, kompyuter muayyan harakatlarni o’qituvchi o’rnida bajarishi mumkin: o’quvchi harakatlarini baholash, savol berish va savolga javob berish, o’quvchi javoblarini baholash, materialni tushuntirish. Bunda, masalalar, mavzular va ularning ko’rib chiqish variantlari oldinroq o’qituvchi tomonidan ko’rib chiqib, tayyorlangan. O’qituvchi esa, istalgan savolga javob berishi mumkin, shu jumladan noto’g’ri tuzilgan savollarga ham. Bugungi kunda o’tkazilayotgan so’rovnomalar ma’lumotlari ko’rsatishicha, o’qituvchilarning katta qismi tomonidan o’quvchilarga mediata’lim berish lozimligi haqidagi fikrlariga qaramasdan o’z ish faoliyati davomida mediata’lim vositalarini qo’llamaydigan o’qituvchilar soni ham yuqori bo’lib qolmoqda. Ishlarning bunday holatiga, ko’plab sabablar mavjud bo’lib, ularning eng asosiylari sirasiga o’qituvchilarning zamonaviy media tizimlaridan foydalanilishi rag’batsiz qolib ketayotganidir. Demakki, o’qituvchining oxirgi yillar davomida paydo bo’lgan texnik vositalarga qiziqishi susayib borishi, uning tomonidan doimiy o’zgarib borayotgan axborot sharoitlarida, bizning fikrimizcha zamonaviy umumta’lim maktablari uchun kadrlarni qayta tayyorlash omili bo’lib qolmoqda1. Ta’lim-tarbiya jarayonida elektron media qo’llanilishi uchun pedagog tayyorgarligi tuzilmasidagi motivatsion komponent bilan bir qatorda, quyidagilarni ham ajratib olish mumkin: Maqsadli (muayyan fan o’qitilish jarayonida elektron media vositalarini qo’llash imkoniyatlari va maqsadlari haqidagi aniq tushuncha); Axborot (zamonaviy media vositalari, ularga muvofiq mahsulot va resurslar, didaktik va tarbiya imkoniyatlari, psixologik-pedagogik imkoniyatlar va qo’llash usullarini bilish); Faoliyat (turli elektron vositalar bilan ishlay bilish va ta’lim sohasi uchun zarur bo’lgan shaxsiy media vositalarini yaratish). Yangi media vositalar bilimni tashkillashtirish va boshqarish uchun yangicha imkoniyatlar ochib berdi. Ta’lim axborotini yetkazish odatiy vositalari tobora tanqid ostiga olinmoqda: deklarativ (deklaratsiya – lotincha declaratio – ma’lum qilaman, e’lon qilaman degan ma’noni bildiradi) bilim endilikda talab etilmaydi; ta’lim berish jarayoni endilikda boshqacha yondashuvni talab etmoqda. An’anaviy bilimlar o’qituvchilar o’quvchilarga yetkazishi lozim bo’lgan tuzilmaviy mazmunga ega. Axborot jamiyatida ta’lim olishda, endilikda o’quvchilarning o’zi qatnashishi talab etiladi, demakki yangilanib borayotgan ta’lim tizimida o’zgarishlar zarur bo’lmoqda: murakkab nizomlardan chetlashish, ta’lim jarayoni markaziga o’quvchining o’zini va uning imkoniyatlarini qoldiradi. Yangicha o’qitish tizimi mazmuni ostida mustaqillik, kooperasiya (hamkorlik), interfaollik (o’zaro ta’sir), kreativlik (ijod) yotadi. Yangicha turdagi o’qitish quyidagicha kechishi mumkin: ta’lim yangicha formalarini qo’llash, o’qituvchi yangicha rolini yaratish, media-resurslarga erkin yondashish. Bunday paradigmalar (Paradigma – yunoncha: paradae, "namuna, model, naqsh" – ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan va birgalikda foydalaniladigan va uning ko’pchilik a’zolarini birlashtiradigan fundamental ilmiy qarashlar, tushunchalar va atamalar to’plami.) almashishi, ko’pchilik jihatlardan, o’qituvchilarning turli media vositalari yordamida ishlash imkoniyatiga bog’liqdir. Bo’lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlashda mediata’lim vositalaridan foydalanish. Bo’lajak pedagoglarning kasbiy tayyorlanishi oxirgi yillarda innovatsion fikrlash predmeti bo’lib qolmoqda. Ammo, alohida hollarda kompetentli yondashuv tatbiq etilishi ta’lim jarayonini rasmiylashtirishga olib kelishi mumkin. Maktab doimo o’qituvchi sifatida, hayotning barcha jabhalaridagi faoliyatda yetilgan, rivojlangan hissiy madaniyatga ega shaxsni kutadi. Pedagog shaxsi mas’uliyatlar to’plami emas. Katta kishi va bola o’rtasidagi erkin ijodiy dialog sifatida tushuniladigan ta’lim jarayoni, bo’lajak pedagogning har tomonlama dunyoqarashga ega qilib tayyorlash, uning hayotiy dunyoqarashi kengayishi bilan birgalikda «yashash, his qilish, ishtirok etishni», kasbiy ta’lim estetikasini ko’zda tutadi. Talabalar pedagogik shakllanishining talab etilgan vositalaridan biri, bugungi kunda, mediata’lim usullarining kasbiy yo’naltirilgan holda qo’llanilishidir. Pedagogik ta’lim alohida qiymatdagi mazmunga ega bo’ladi. Mazkur mazmunning asosiy belgilarini ko’rib chiqamiz: – Kasbiy faoliyat mazmunini anglash cheksizligi, pedagogik ish va hayot mazmuni bir xilligiga erishish; – Pedagogik holatlarning turli xilligi va ko’pqirraliligi, pedagogik intuitsiya rivojlanishini talab etuvchi kasbiy muloqot kelishmovchiliklari; – Ta’lim jarayoni qatnashchilari bilan muloqotning majburiy ma’naviy yorqinligi; – Barcha turdagi kasbiy faoliyatning aksiologik (aksiologiya, yunoncha axia – qimmat, qadr, ya’ni qadriyatlar to’g’risidagi fan) yo’naltirilganligi, pedagogik qadriyatlar umuminsoniy, madaniyatlararo qadriyatli dialog; – Pedagogik jarayonning estetik tavsifi: dunyo go’zalligini anglash, ochib berish, tarqatish, munosabatlar, fikrlash, his etish, ijod, amaliy faoliyat. O’quvchilar bilan birgalikda dunyoni insonparvarlik ruhida anglash – pedagog faoliyatining muhim jabhalaridan biridir. Bunday anglash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga, talabalarning har tomonlama o’quv, ijtimoiy, madaniy faoliyati yordam beradi. Fikrimizcha, o’quv fanlarining madaniy asoslari faollashuvi kasbiy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar uchun muhim masala bo’lib, u ijodiy o’sishga qaratilishi lozim. Mediata’lim usullari tatbiq etilishi mantiqiy holdir. Ularning pedagogik fanlarni o’qitish jarayonidagi imkoniyatlarini alohida ko’rib chiqamiz. Bo’lajak pedagoglar mediata’lim usullari orasida, ayniqsa yuqori darajadagi effektivlikni badiiy va hujjatli film va teledasturlar namoyishi ko’rsatdi. Pedagogik tayyorlov jarayonida kino salohiyati quyidagi o’ziga xosliklarda namoyon bo’ladi: 1. Kinofilmlarning retrospektiv (inglizcha retrospektiv - jarayonni takomillashtirishga qaratilgan dasturiy ta'minotni ishlab chiqish amaliyoti. Bu aqliy hujum usullariga kiradi) tavsifi, ulardagi turli davrlar qadriyatlari va hayot uslubi, pedagogik kasb mohiyati yondashuvlari va talablari davriyligiga rioya etishni belgilab beradi. 2. Kino turli jamoatchilik sohalari aksi bo’lganligi sababli, u maktab va ta’lim sohalariga alohida ahamiyat beradi. O’qituvchi va o’quvchi shaxslarini, turli yoshdagi bolalar psixologik va harakat tavsiflarini ochib beruvchi ko’plab kinofilmlar suratga tushirilgan. Mazkur filmlar o’ziga xos pedagogik ensiklopediyaga aylanib ulgurgan. 3. Ko’pchilik kinofilmlar syujetlari ro’zg’or va pedagogik muloqot holatlariga tayanadi; filmda ko’rsatilgan, muayyan holatning ma’naviy bahosi talabalarga pedagogik tahlil mantig’ini chaqib olish, muayyan inson bilan muloqot davomida tig’iz holatlarni profilaktika etib, yengib o’tish ko’nikmasini shakllantiradi1. 4. Kino, san’at janri sifatida, bo’lajak pedagoglarni kasb mazmuni, empatiya (empatiya yunoncha - ehtiros, azob, tuyg’u) ko’nikmalarini rivojlantirish, ma’naviy katarsis (yunoncha - yuksalish, tozalash, takomillashtirish degan ma’noni anglatadi) muammolari ustidan chuqur fikr yuritishga majbur qiladi. Kino, hayotning barcha jabhalarini ochib beradi, ya’ni komediya, drama, tragediya va ularning sintezini. Asosiysi - kino bolaning katta kishidek fikrlay olishi, xursand yoki xafa bo’lishi, ichki kechinmalarga ega bo’lishini ochib beradi. Bola qo’llab-quvvatlashga, tushunishga, himoyaga, faoliyat erkinligiga muhtojdir. Kino o’zaro hurmat va gumanizmga, talaba ongida kuchli o’zgarishlar sodir bo’lishiga sababchi bo’ladi. Bo’lajak pedagog, kino ko’rish davomida dunyo va odamlarga nisbatan yangicha qarashga ega bo’ladi, ya’ni muammo bir tomonlama emas, har tomonlama, befarq emas, empatik (empatiya yunoncha - ehtiros, azob, tuyg’u), adolatli va ezgu maqsad sari kurashni bildiradi. Film doimo tomoshabinni ma’naviy tanlov holatiga kiritadi. 5. Kino jamoaviy tomosha qilinishida, birgalikdagi kechinma samarasi yuzaga kelib, tomoshabinlarni o’zaro birlashtiradi. Ammo, filmlarni mustaqil topshiriqlar ishiga kiritish, bizni ta’limdagi asosiy omildan, ya’ni filmni birgalikda qabul qilish, uni his qilish, yangi izlar bo’yicha uni birgalikda muhokama qilishdan mahrum qiladi. Mazkur omillarni yengib o’tib, kinoni bo’lajak pedagoglar mustaqil ta’lim vositasida keng ommaga targ’ib qilish, kinoni o’quv-tarbiyaviy ishda qo’llash ko’nikmalarini shakllantirish va zamonaviy ta’lim jarayonida kino integratsiyasi yo’llarini takomillashtirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim: – Zamonaviy maktabda kinodan tarbiya vositasi sifatida foydalanish asosiy qonuniyatlari va prinsiplarini ochib berish; – Kino san’ati salohiyatidan talabalar mustaqil kasbiy rivojlanishi va kasbiy-pedagogik fikrlashini shakllantirish mexanizmi sifatida amalga oshirish uchun sharoit yaratish; – Talabalarga kinofilmdan shaxs tarbiyasi va rivojlanishi uchun vosita sifatida foydalanish mazmuni va mohiyatini ochib berish; – Kinofilm etik - pedagogik tahlilini amalga oshirishni o’rgatish; – Maktablarda tarbiyaviy ish uchun kinofilmlar tanlash bo’yicha talabalar qiziqishini orttirish. Mazkur vazifalarni bajarish davomida talabalar filmlarni etik-pedagogik jihatdan tahlil qilish algoritmini o’zlashtirish, maktab ta’limi turli bosqichlarida kino bilan ishlashning o’ziga xosliklari, mashhur aktyor hayoti va ijodi bilan tanishib borishadi. «Kinokadr» (film kadriga qarab nomini topish) va «Kino musiqasi» (jamoaviy ochiq va sirtqi bosqichlarda o’tkazilib, musiqadan film nomini topish lozim) kabi kinoviktorinalar o’tkaziladi. Filmlar syujetning ma’naviy-pedagogik ahamiyatiga qarab tanlanadi, bunda filmlar turli davr va zamonlarga tegishli bo’lishi zarur. Namoyish etiladigan filmlar, do’stlik, sadoqat, vijdon, burch, bolalar va kattalar murakkab munosabatlari, bolalarning o’z tengdoshlari bilan munosabati, barcha vaziyatlarda inson bo’lib qolish, pedagogik mehnat buyukligi mavzulariga bag’ishlangan bo’lishi tavsiya etiladi. Pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lgan teledasturlar videonusxalar ham, mashg’ulotlar davomida qo’llanilishi mumkin. Barcha film va teledasturlar videoyozuvlari notijorat maqsadlarda, faqatgina o’quv materiali sifatida qo’llaniladi. Mashg’ulotlar davomida, talabalarga mualliflik huquqlarini buzmaslik borasida maslahatlar beriladi. Bo’lajak pedagoglar kasbiy tayyorgarligida mediata’lim usullari qo’llanilishi alohida ahamiyatga ega. Media vositalaridan kasbiy faoliyatda foydalanish kelajak pedagogi uchun majburiy talabga aylanadi. Elektron axborot ta’lim resursi (EATR) – o’rganish va ta’lim berish uchun qulay tarzda shakllantirilgan, ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan, turli yoshdagi va ta’lim olish darajasidagi ta’lim oluvchilarga mo’ljallangan, ma’lum bir fanni o’rganish uchun mantiqiy ketma-ketlikda shakllantirilgan elektron axborot manbalari majmuasidir. Multimediali elektron axborot ta’lim resursi – o’quv darslik materialini to’ldiruvchi electron axborot-ta’lim resursidir va uning o’quv materiali ma’lumot berishning turli vositalari – matn, grafika, tovush, videolavhalarnio’z ichiga oladi. Multimediali elektron axborot-ta’lim resursiga ma’lum o’quv fani mavzusi (masalan, kirish, fizika, kimyodan laboratoriya ishi namoyishi, o’simliklarning o’sish jarayoni vah.k.)ga doir video lavhalar misol bo’lishi mumkin. Elektron axborot ta’lim resurslari ta’lim oluvchilarga o’rganilayotgan ob’yekt ustidai jodiy izlanish olib borishga, uni o’zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi o’zaro bog’liqliklarni tizimli o’rganishga yordam beradi. Mazkur muhit ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarga individual tarzda va zarur holatlarda jamoa bo’lib ishlash imkoniyatini yaratadi. Elektron axborot ta’lim resursi o’quv jarayoniga moslashuvchan bo’ladi. Passiv holatda bu qo’shimcha o’quv materiali hajmining ko’pligida namoyon bo’ladi. Shu bilan birga resurs taklif etayotgan materialni ko’chirish, uni qayta ishlash, olingan material bazasida yangi o’quv materialini tayyorlash imkoniyati mavjud bo’ladi. Elektron axborot ta’lim resursining asosiy tashkil etuvchilari quyidagilar: 1) Fan bo’yicha ma’ruza matni yoki nazariy materiallar to’plami. Joriy etilgan yoki amaldagi darslikning elektron nusxasi. 2) Mashq va masalalar to’plami. Ta’lim berishda qo’yilgan birlamchi talablarni bajarish uchun mashq va masalalart o’plami. Masalalar to’plami electron variantda faqat matn ko’rinishida emas, balki uni yechish uchun tuzilgan maxsus amaliy dasturlar ko’rinishida bo’lishi zarur. Asosiy mezon sifatida nazariy jihatdan yoritilgan o’quv materiallar bilan bevosita bog’liq masala yechimi yoki tahlili qaraladi. 3) Didaktik materiallar, fan bo’yicha taklif etilayotgan resurs mazmunini namoyish etuvchi plakatlar, ko’rgazma qurollari va fanni o’rganish uchun yaratilgan chiziqli animatsion roliklar. 4) Dars mavzusini to’ldiruvchi qo’shimcha materiallar. Mazkur blok (menyu)da darslik mazmunini to’ldiruvchi interfaol animatsion dasturlar, rasmlar kompozitsiyasi, matn ko’rinishdagi qo’shimcha materiallar joylashtiriladi. 5) Media fayllar. Audio, videomateriallar. Mazkur blok dars mavzusini yorituvchi .mp3 formatidagi audiorolik, .swf yoki .avi formatidagi videoroliklar. 6) So’rovnoma. Mazkur blokda fanni o’rganish uchun terminologik lug’at joylashtiriladi1. Shu bilan birga fanni to’ldiruvchi, o’rganiladigan kurs doirasidagi qo’shimcha ma’lumotlarni aksettiruvchi ensiklopedik materiallar joylashtiriladi. Resursning asosiy tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. Boshlang’ich holatda ensiklopediya ta’lim standartlari tomonidan talab etilgan axborot hajmidan ko’proq axborot berish imkoniyatini beradi. 7) Fotogalereya, dars mavzusini to’ldiruvchi foto yoki foto kompozitsiyalar. 8) Test. Darslikda berilgan mavzular kesimida test WEB formatda yaratiladi. Mavzuni o’rganish tugashi bilan bilimlarni sinab ko’rish imkoniyati mavjud. Tashqi ko’rinishidan electron nazorat dasturining eng soda va birlamchi varianti. Bundan tashqari o’rganilgan kurs materialini o’zlashtirish darajasini tahlil etish uchun savollar ombori bilan ishlash, to’g’ri-noto’g’ri javoblar tahlilini qila oladigan, ya’ni mavzuni o’zlashtirishdagi muammolarni aniqlash imkoniyati realizatsiya qilingan test dasturi ham resurs bazasiga kiritiladi. Resurs bazasida realizatsiya qilingan barcha bloklardagi axborotlarni tahrirlash, ya’ni almashtirish yoki ustida qayta ishlash imkoniyatini beruvchi “muharrrir” dasturishlatiladi. Elektron darslik yoki elektron o’quv qo’llanmasi o’ziga xos ko’rinishdagi «tashqi ko’rinishga – interfeysga» ega bo’ladi. O’z navbatida interfeysga qo’yiladigan asosiy talab uning intuitivligi hisoblanadi. Interfeysning boshqaruv elementlari foydalanuvch uchun qulay bo’lishi, unimatn yoki zarur mazmun bilan ishlashdan chalg’itmasligi, kitobni sahifalash uchun qo’llaniladigan boshqaruv elementlari esa uning har bir sahifasida bo’lishi zarur. Haqiqatda elektron kitoblarning turi ko’p bo’lishiga qaramasdan uning asosini igipermatnlar tashkil etadi. Hozirda eng ko’p qo’llaniladigan electron kitoblar gipermatn ko’rinishidagi resurslar hisoblanadi. Amaliyotda qo’llanilayotgan electron kitoblarning aksariyati WYeB resurslaridir. WYeB shaklidagi elektron kitoblardan lokal, global tarmoqlarda va kompakt disk ko’rinishidagi tashuvchilarda ham foydalanish mumkin. Yuqorida qarab chiqilgan electron kitoblar uchun qo’yiladigan barcha talablar mazkur darsliklar misolida ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan va ta’lim jarayoni uchun elektron kitoblar tarmoq versiyalarini yaratish borasida va ulardan foydalanadiganlar uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan. Elektron axborot ta’lim resurslariga qo’yilgan talablar quyidagi tarkibiy tuzilmalarni o’z ichiga oladi: 1.Pedagogik talablar. 1.1. Didaktik talablar; 1.2. Uslubiy talablar. 2. Funksional talablar. 3. Psixofiziologik talablar. 4. Ergonomik talablar. 5. Dizayn talablari. 6. Texnik talablar. 7. Tuzilishga qo’yilgan talablar: 7.1. Elektron darslik tuzilishi; 7.2. Multimedia electron axborot ta’lim resursi tuzilishi; 8. Elektron axborot ta’lim resurslari mazmuni (tarkibi)ga qo’yiladigan minimal talablar. 1.1. Didaktik talablar. Yaratilayotgan elektron axborot ta’lim resursi (EATR): - amaldagi davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlariga to’la muvofiq bo’lishi; - ta’lim oluvchiga qiziqarli va ta’limning jamiyatdagi rivojlanish darajasiga mosilmiylikka ega bo’lishi; - ta’lim berish jarayonida bilimni o’zlashtirish darajasini oshirish uchun, fan-texnika va texnologiyalar erishgan yutuqlardan maksima lfoydalanish; - berilishi zarur bo’lgan o’quv materialining hajmi o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar darajasida bo’lishi; - tavsiya etiladigan sinfdagi o’quvchilar uchun, taqdim etiladigan o’quv materialini berishing tensivligini o’zgartirish imkoniyatini ta’minlash; - iqtidorli ta’lim oluvchilar uchun EATR doirasida maxsus qo’shimcha bloklar taqdim etish (olimpiada masalalari, nobel mukofotlariga taqdim etilgan tematikalar va h.k.); - foydalanuvchi uchun qulay, sodda, aniq, intuitive va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo’lishi; - o’rganiladigan o’quv materialini ta’lim oluvchi (o’quvchi) osonroq o’zlashtirishi uchun imkoniyat doirasida ovoz, animatsiya, rasm va shu kabi media fayllar bilan boyitilgan bo’lishi; - ta’lim oluvchining bilim darajasiga moslashuvchan, uning tayyorgarlik darajasiga bog’liq holda ishlaydigan, uning hissiy va jismoniy imkoniyatlarini ham hisobga olishi; - murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirish, olinadigan natijalarni tahlil qilish, natijalarni grafik inter pretatsiya orqali namoyish etish, o’rganiladigan fan mazmuniga ko’proq e’tibor berish, masala va misollar yechish uchun sharoit yaratilishi; - o’rganuvchining e’tiborini chalg’ituvchi ortiqcha elementlar bo’lmasligi; - o’rganuvchining bilim, qobiliyat va psixologik xususiyatlarida rajasini o’quv jarayoniga muvofiqligin ita’minlanishi; - o’rganiladigan fan bo’yicha istalgan bosqichda o’z-o’zini nazorat qilishga imkoniyat yaratish; - o’rganiladigan fan bo’yicha tayyorlanadigan materiallarni istalgan tashuvchiga o’tkazish va disk yordamida taqdim etish imkoniyatini yaratish; - fanni o’rganishda imkoniyat doirasida kalit so’zlar, qo’shimcha adabiyotlar, gipermurojaatlar va yordamchi funksiyalardan foydalanish imkoniyatlarining bo’lishi; - tavsiya etiladigan sinfdagi o’quvchilarning barcha psixofiziologik va etnogenetik xususiyatlarni hisobga olinishi shart. - Katta hajmdagi o’quv materialini o’zlashtirish va qayta ishlash imkoniyatini berish, olingan natijalarni tahlil qilish uchun grafik interpretatsiyalardan foydalanish; - ta’lim beruvchiga darsni mustaqil dars ko’rinishida o’tkazishga sharoit yaratish, bu holatda ta’lim beruvchi maslahat chirolida ishtirok etishini ta’minlash; - ta’lim oluvchiga mustaqil o’rganish, zarur holatlarda misol, masala, laboratoriya ishlari va topshiriqlarni mustaqil bajarishga sharoit yaratish; - darslarga tayyorgarlikni o’qituvchiga qulay usulda amalga oshirishga imkoniyat yaratishi (slayd, matn, video material va h.k. tayyorlash imkoniyatini berish); - o’rganiladigan o’quv materialini tizimli, mantiqiy ketma-ketligini, modulliligini va ular orasida uzviy bog’liqligini ta’minlashi; - o’qituvchiga ta’lim oluvchilar o’zlashtirgan bilim darajasini turli xil murakkablikdagi (murakkablik darajasi shakllantiriladigan) nazorat dasturlari yordamida nazorat tashkil qilish imkoniyatini berish zarur1. Yaratilayotgan EATRda ta’lim oluvchi bilishi shart bo’lgan, ya’ni o’tiladigan dars mazmunidan kelib chiqqan holda, har bir mavzuga bittadan beshtagacha javob berish imkoniyatini beradigan testlar yoki nazorat turlari kiritilgan bo’lishi tavsiya etiladi. Testlar yoki nazorat turlariga qo’yiladigan talablar: - savollar bazasini aralashtirish orqali ularning qaytarilmasligini ta’minlash; - savollarni mavzular kesimida guruhlashtirish; - nazorat o’tkaziladigan mavzular kesimida savollar sonini cheklamaslik; Savollar va javoblarga o’zgartirishlar kiritish imkonini beradigan muharrirlar bilan ta’minlash; - sinov natijalarini qayta ishlash imkoniyatini yaratish; - OLYe-obyektlardan foydalanish orqali bevosita savollarda rasm, grafik obyekt va animatsiyalardan foydalanish; - savol va javoblarni bazalardan import va zarur bichim (format) larga eksport qilish imkoniyatlarini berishi zarur. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling