Bugungi kunda ingliz tilini o'rganish yoshlar uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi


Download 13.42 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi13.42 Kb.
#1089607
Bog'liq
Maqola

Bugungi kunda ingliz tilini o'rganish yoshlar uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi. Shuningdek IT mutaxasislari ham ingliz tilini bilish orqali muammoli masalalariga tezda yechim topa olishlari bilan bir qatorda xalqaro darajadagi IT mutaxasis bo’lish imkoniyatlari mavjud.


Birinchidan, ingliz tilini bilgan holda IT olamiga qadam qo'ysangiz, o'rganish uchun manbalar, qiziqarli va foydali saytlardan erkin foydalanasiz. Ma'lumotlarni oson tushunasiz va IT dagi yangiliklardan birinchilardan habardor bo'lasiz.Internetdagi ma’lumotlar katta qismi ingliz tilida ekanligi sababli, ma’lumot izlab topish tezligi ham rus va o’zbek tillaridan mos ravishda 10 va 100 barobar yuqori. Bilamizki, IT juda tez rivojlanuvchi soha bo'lib har doim yangi ilova, dasturlar yaratiladi va shu bilan bir qatorda barcha dasturlarning o'zagi ingliz tili hisoblanadi.
Ikkinchidan, xalqaro darajadagi IT mutaxasis bo'lish imkoniyati mavjud, ya'ni dunyoning istalgan nuqtasidagi mijozlar bilan erkin muloqot o'rnatasiz, xalqaro kompaniyalarda ishlay olasiz va ish beruvchilarda yaxshi taasurotlar qoldirasiz. Yana IT mutaxasislari uchun muhim bo'lgan xotirangizni ham ancha charxlab olishingiz mumkin. Statistikaga ko'ra bitta tilda so'zlashuvchilardan ko'ra, boshqa tillarni o'rganlarda xotira bir necha barobar yaxshiroq ekan.
Bugungi kunda, ingliz tili 500 milliondan ko‘proq kishining asosiy muloqot tili bo‘lib, yana 1 milliard 300 millionga yaqin inson uchun ikkinchi til hisoblanadi .Shunday ekan, ingliz tilini o'rganish orqali IT ni ancha samarali o'rganasiz va xalqaro darajada masofadan yoki dunyo bo'ylab ko'chib ishlash imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Download 13.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling