Bugungi kunda ishsizlikni kamaytirish uchun quyidagi usullar qo'llaniladi
Download 20.26 Kb.
|
Ishsizlik va uni bartaraf etish yo\'llari
Bugungi kunda jahon miqyosida dolzarb iqtisodiy muammolar talaygina. Ana shunday muammolardan biri bu ishsizlikdir. Ishsizlik – bu bir qism iqtisodiy faol, ishga layoqatli aholining o’ziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishidir. Ishsizlik kichik – kichik davlatlarnigina emas, balki yirik davlatlarning ham eng muhim muammolaridan bir bo’lib kelmoqda. Bugungi kunda ishsizlikni oldini olish bo`yicha qator ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy islohot va chora tadbirlarni ishlab chiqish butun dunyo mamlakatlari oldida turgan asosiy muammolardan biridir. Dunyo mamlakatlaridagi ishsizlik iqtisodiy rivojlanishning muhim ko'rsatkichidir. Ishsizlik avvalo inson manfaatlariga va mamlakat makroiqtisodiy barqarorligiga to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatadigan yirik iqtisodiy holat hisoblanadi. Ishsizlikning eng katta sabablaridan biri, texnik rivojlanish, ijtimoiy ishlab chiqarishning avtomatlashuvi, iqtisodiy tizimning to`g`ri tashkil qilinmaganligidir. Ilmiy texnika taraqqiyotining rivojlanishi bilan mehnat unumdorligi ortadi va mehnat sarfi kamayadi. Ya’ni, avval bitta mahsulot tayyorlash uchun 10-15 kishi ishlagan bo’lsa, hozirda shuncha ishchining ishini bitta avtomatlashgan texnika bajarmoqda. Natijada 15 kishining o’rniga sun’iy intellekt ishlay boshlaydi. Endi bu mexanizmlarni boshqarish uchun malakali kadrlarga talab ortadi va malakasizlar kerak bo’lmay qoladi. Natijada ular ishsiz qoladi va mamlakat miqyosida aholining tabaqalanishiga olib keladi. Xulosa Bugungi kunda ishsizlikni kamaytirish uchun quyidagi usullar qo'llaniladi: Mehnat bozorini axborot bilan ta'minlashni takomillashtirish. Boshqacha aytganda, ishsizlarni bo'sh ish o'rinlari mavjudligi to'g'risida xabardor qilish. Barcha mamlakatlarda bu vazifani mehnat birjalari bajaradi; korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi ish o'rinlarini yaratish; kasbiy qayta tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini joriy etish; ishsizlik nafaqasini to'lash muddatini cheklash; iqtisodiyotni ishlab chiqarish faoliyati orqali rivojlantirish; xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishni joriy etish; xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish; o`zini o`zi band qilishni ta`minlash. Mamlakatlarda ishsizlikni bartaraf etish uchun birinchi navbatda korrupsiya degan illatga barham berish maqsadga muvofiq. Mamlakat iqtisodiyotining inqiroz yoqasiga olib boruvchi omillarning tub ildizi korrupsiyadir. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli siyosat olib borish ushbu mamlakatning iqtisodiy ahvoliga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va ishsizlikning kamayishiga sabab bo`ladi. Ikkinchidan, ta’lim tizimiga katta e’tibor berish kerak. Ta’lim tizimini rivojlantirish, arzon va sifatli ta’lim berish masalalarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Uchinchidan, mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo`shimcha chora - tadbirlarni ishlab chiqish. Buning uchun yangi ish o’rinlarini yaratgan tadbirkorlarga soliqlardan imtiyozlar berishni amalga oshirish, korxonalarda ishchi kuchi talabini rag’batlantirish, mehnat bozorida ishsizlarni ish bilan ta`minlashda ilg`or mamlakatlar tajribasini o`rgangan holda, yangi tizimini barpo etish. O’z-o’zini ish bilan band qilish tizimini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. To’rtinchidan, bunday ishlarni amalga oshirayotganga har bir ishda nazoratni amalga oshirish darkor. Shundagina bunday muammolarni bartaraf etib haqiqatdan ham aniq bir ishni amalga oshirish mumkin. Download 20.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling