Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qator islohotlar


Download 103.16 Kb.
bet1/6
Sana08.06.2023
Hajmi103.16 Kb.
#1464154
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IQTIDORLI SPORTCHILARNI TANLASH VA TAYYORLASHDA SPORT MAKTABLARINING O\'RNI VA AXAMIYATI


KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qator islohotlar
zamirida xalqning turmush tarzini yaxshilash, aholining barcha qatlamlarida mahnan va jismonan sog‗lom muhitni yaratish, salomatlikni mustahkamlash g‗oyasi yotibdi. Shu bois ayni paytda jismoniy
tarbiya va sportga e‘tibor davlat ahamiyatiga molik muhim ijtimoiy-siyosiy vazifaga aylangan.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi ―Sport tahlimi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‗yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ PQ-5279-son Qarori hamda bu sohaga tegishli boshqa mehyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish ushbu sohada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etadi. Qarorga muvofiq bolalar-o‗smirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‗smirlar sport maktablari faoliyatiga sportga keng jalb qilingan bolalar va o‗smirlar, davlat buyurtmasiga asosan tayyorlangan unvonli va razryadli sportchilar, respublika va xalqaro sport musobaqalarida g‗olib va sovrindor bo‗lgan sportchilar, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga qabul qilingan o‗quvchilar soniga qarab baho berish, shuningdek, bolalar-o‗smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‗smirlar sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari rahbarlarining sport bo‗yicha o‗rinbosarlari va trenerlari har yarim yilda kamida bir marta umumiy o‗rta tahlim maktablariga bevosita tashrif buyurib, iqtidorli yoshlarni tegishli sport-tahlim muassasalariga jalb qilish bo‗yicha selektsiya ishlarini amalga oshirish masalalari dolzarb vazifa etib belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlashda bolalar va o‘smirlar sport maktablarida еtishib chiqayotgan yosh sportchilarni psixofiziologik jihatdan tayyorlash, dastlab sport maktablarida bolalarni qabul qilishda psixologik-pedagogik tashxisdan o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi asosiy talablardan biri – kadrlar tayyorlashda sifat darajasini yaxshilashdir. Trener-o‘qituvchi bu kasbning ma’suliyati juda yuqori bo‘lib yosh sportchilarni bolalar-o‘smirlar sport maktablariga bolalarni qabul qilinganidan boshlab ularni jismoniy sifatlarini, ahloqiy, ma’naviy fazilatlarini va psixologik jihatdan tayyorlash jarayonlarida muhim o‘rin tutadi.
Ushbu “Sportchilarni psixologik tayyorlash” nomli o‘quv qo‘llanma orqali sport psixologiyasi haqida umumiy tushuncha, sportchilarni sport turlariga qabul qilish, saralash va ularni individual psixologik xususiyatlari temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, bilish jarayonlari sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarini rivojlantirish hamda psixologik-pedagogik tashxis metodikalar, psixotrening mashg‘ulotlar asosida psixokorreksiya ishlarini amalga oshirish jarayonlariga qaratilgan.
Trenerlik faoliyatiga o‘tgan mutaxassisga oson emas, u mustaqil ravishda murakkab qarorlar qabul qilish, o‘z kuchini baholashi, xabardorlik chegaralarini aniqlashi lozim. Shunga muvofiq bugungi kunda trener-
o‘qituvchiga qo‘yiladigan psixologik talablarda unda pedagogik qobiliyatga ega, tajribali , majburiyatlar diapozonini amalga oshiruvchi va qo‘yilgan vazifalarni hal qiinadigan еtakchi shaxs bo‘lishi lozim.
Trener-o‘qituvchi yosh sportchilar bilan mashg‘ulotlarni amalga oshirish bilan birga vaqti-vaqti bilan psixologik treninglarni ham amalga oshirib kelishi lozim. Bu esa sportchilarni jismoniy sifatlarini ham rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Trener bu jamoa bilan ishlaydigan shaxs hisoblanadi. Sport mashg‘ulotlarini samarali o‘tishi uchun trenerdan katta mahorat talab etiladi. Trener har tomonlama rivojlangan, rejalashtirish, tashkillashtirish, muloqot tajribasiga, tinglash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Sport psixologiyasida malakali trenerga ega bo‘lishi lozim bo‘lgan psixologik sifatlarga quyidagilar kiritilgan:
– har qanday vaziyatdan chiqa oladigan;
– malakali kasbiy tayyorgarlikka ega;
– guruhda sog‘lom psixologik iqlimni yarata oluvchi;
– muammoli vaziyatlarga aralasha oluvchi va ulardan chiqa oluvchi;
– muammo еchimini birgalikda topish taktikasiga hamda yuksak mahoratga ega bo‘lishi lozimligi belgilab berilgan.
Trener-o‘qituvchining amal qilishi lozim bo‘lgan bir qator qoidalari ham mavjud:
– guruhning har bir a’zosiga yordam berish zarur;
– har bir ishtirokchini qiynayotgan savolga uning qadriyatlar tizimiga mos keluvchi javobni topishga ko‘maklashish zarur;
– trener sportchilarga yuklamaga zid “bosim” o‘tkazmasligi lozim;
– trener sportchilarni qobiliyatlarini ko‘ra olishi va ajrata bilishi kabi
kasbiy mahoratga ega bo‘lishini taqozo etadi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda yana shuni ham hisobga olish
kerakki, jamoani boshqarayotgan trener-o‘qituvchi shaxslar bilan ishlaydi har bir sportchi o‘ziga xos individuallikka ega bo‘lishi bilan birga o‘ziga xos qadriyatlar tizimiga ham egadir.



Download 103.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling