Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda


Download 137.1 Kb.
bet1/7
Sana22.11.2023
Hajmi137.1 Kb.
#1793774
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rayhon kurs ishi


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohatlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dastur amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta'lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil, 29-dekabr), “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentyabr), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017- yil, 19-iyul), “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi” kabi me'yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi.
Zero, ta’lim-tarbiyani izchil rivojlantirish ona Vatanga sadoqatli, bilimli, chinakam komil insonlarni voyaga yetkazishning asosiy shartidir. Davlat talablari ko‘rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan sog‘lomligi, qobiliyati, ehtiyoji va imkoniyatlari, ya’ni bola shaxsining ustuvorligi nazarda tutilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarini bajarish, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy tuzilishidan qat'iy nazar, barcha la'lim muassasalari
uchun majburiydir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirish ko‘p jihatdan yoshlarimizni, fuqarolar va ularning
vatanparvarligi, insoniyligiga bog‘liq ekanini ta'riflaydi: “Biz mamlakatimizning
istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma'naviy fazilatlar egasi
bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotiga nechog‘li faol munosabatda
bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga hizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha
yodda tutmog‘imiz kerak”1.
Yosh avlodni o‘z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoyilik, kelajak taqdiri uchun mas’ullikni his etish, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab-avaylash ruhida tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo‘lmas vazifa ekan, bunda barcha ta’lim - tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan
ulkan ishlarni bajarish talab etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilimlarni berishda dastavval tarbiyachi-pedagog iqtisodiyotga oid ma'lum bilimi va ma’lumotlar bilan qurollangan bo‘lmog‘i zarur.
Tarbiyachi-pedagog quyidagi nazariy bilimlarni bilishlari zarur:
- Iqtisodiyotning inson hayotida tutgan o‘rni va uning rivojlanish tamoyillari va nazariy asoslarini;
- zaruriy hayotiy ehtiyojlar va bolalar faoliyatida oqilona qo‘Ilay olish;
- bolalarga iqtisodiy bilim berish orqali iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash zarur. Iqtisodiy tushunchalardan bo‘lgan bozor tushunchasi bilan tanishtirishda tarbiyachi bolalarga "bozor" haqida ma'lumot beradi.

Download 137.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling