Bugungi kunda mamlakatimizda pul va bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish sohasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda
Download 5.39 Kb.
|
KIRISH
KIRISH Bugungi kunda mamlakatimizda pul va bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish sohasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan qator qonun hujjatlari va prezident farmonlari tasdiqlangani bunga yaqqol dalil desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Bunda albatta mamlakatimizning banklar banki maqomiga ega bo‘lgan Markaziy bankning hissasi ham anchayin salmoqli va samarali bo‘lb hisoblanadi.Ayniqsa, Prezidentimizning pullar tizimi va pul taklifini tartibga solish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qator sa‘y-harakatlar ana shunday qonun hujjatlarining samarasini namoyon etadi. “O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 27-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu yo‘riqnomaga binoan, mamlakatimiz hududida naqd pul muomalasini yanada isloh qilish va tartibga solish bo‘yicha qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.Inflyatsiya sur’atining 11 foizga tenglashtirilgani mamlakatda pul massasi va pul taklifini tartibga solishdagi chora-tadbirlar naqadar foydali va samarali tarzda amalga oshirilayotgani va nazorat qilinayotgani namoyon bo‘ladi. Albatta, naqd pullar taklifini tartibga solish va nazorat qilish bilan bir qatorda elektron pullarning ham ommalashuvi juda katta ahamiyatga.Elektron pullarni ko‘proq joriy etish va mamlakat hududida pul aylanish tizimini yanada yaxshilash xususida ham ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilinmoqda va mavjud qonun hujjatlariga esa o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilmoqda. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining qarori qabul qilinganligi ham elektron pullar taklifini ko‘paytirish va muomalada bo‘lish qoidalarini yanada isloh qilish sohasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Respublika hududida naqd va elektron ko‘rinishdagi pullarni tartibga solishda albatta turli subyektlar ishtiroki muhim hisoblanadi.Eng muhim subyekt davlat bo‘lsa, keyingisi Markaziy bank hisoblanadi va keyingi bo‘g‘inlarda esa tijorat banklarining ahamiyati ham sezilarli bo‘lib hisoblanadi. Bu sohada Markaziy bank o‘zining yagona emitent tashkilot sifatidagi muhim rolini yana bir bor namoyish qiladi.Markaziy bank o‘zining pul taklifi miqdori bo‘yicha inflyatsiya sur‘atlariga sezilarli ta‘sir o‘tkazadi.Pul taklifini ko‘paytirish va kamaytirish orqali inflyatsiya sur‘atlari ko‘tariladi yoki pasaytiriladi. Download 5.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling