Bugungi kunda missionerlik va prozelitizm gʻoyasi tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglikka bevosita tahdid koʻrsatayotgan xatarli gʻoyalardan biriga aylanmoqda


Download 10.43 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi10.43 Kb.
#1744613
Bog'liq
Bugungi kunda m-WPS Office


Bugungi kunda missionerlik va prozelitizm gʻoyasi tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglikka bevosita tahdid koʻrsatayotgan xatarli gʻoyalardan biriga aylanmoqda. Din, eʼtiqod masalasi insoniyat hayotida doimiy muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo undagi muammo shundan iboratki, din targʻiboti ijobiy yoki salbiy maqsadlarga qaratilib, maʼlum bir dinning yoyilishi, insonlarning ongiga singdirilishida missionerlar alohida oʻrin tutishi mumkin.

Shu bois, avvalo, missionerlikning lugʻaviy, ilmiy-falsafiy mohiyatiga, u qanday faoliyat ekanligiga eʼtiborni qaratib, ushbu tushunchaning asl maʼnosini tushunib yetish muhim ahamiyat kasb etadi.

Missionerlik soʻzi lotin tilidagi “missio” feʼlidan olingan boʻlib, “yuborish”, “vazifa topshirish”, “missioner” esa “vazifani bajaruvchi”, “missionerlik” esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmui maʼnolarini bildiradi.

Missionerlik “tabshir” (bashorat berish), “tansir” (nasroniylashtirish) kabi nomlar bilan ham atalib, ular asl faoliyatlarini niqoblash uchun turfa chiroyli nomlardan foydalanmoqda va saflariga qoʻshilganlarga “siz boshqalardan ajralib turadigan kishisiz” deb, ularga “xudoning bolalari”, “muqaddas ruh bilan soʻzlashuvchilar” kabi har xil ilohiy sifatlarni bermoqda va shu tariqa oʻz saflarida tutib turmoqda.

Missionerlik bilan bevosita bogʻliq “prozelitizm” tushunchasi esa yunoncha – rgoselitos – yangi mazhabni qabul qilgan kishi, yaʼni boshqa mazhabdagilarni, avvalo, musulmonlarni xristianlikka kiritish, yaʼni oʻziga xos “salb yurishi”.

Prozelitizmning asosiy maqsadi dunyoga xristianlikni (masihiylikni) missionerlik yoʻli (lotincha missio-topshiriq) bilan yoyish, kishilarni unga oʻtkazish boʻlib, bunda mazkur din butun insoniyat uchun birdan-bir xaloskor din sifatida targʻib va tashviq qilinadi va buning uchun eng zamonaviy informatsion texnologik vosita, usullar ishga solinadi. Bunda kishilar ruhiyati, ongiga psixologik, neyrolingvistik taʼsir koʻrsatishga alohida eʼtibor beriladi.

Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib xulosa qiladigan boʻlsak, turli manba va adabiyotlarda bayon etilgan taʼriflar bir-biriga juda yaqin va oʻxshashdir. Umuman olganda “missionerlik” – bu bir dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar, elatlar, millatlar orasida boshqa bir dinni har xil ijtimoiy vosita va omillar orqali targʻib qilish va singdirishga qaratilgan xavfli siyosiy faoliyatdir. Chunki uning bugungi kungacha boʻlgan davrdagi yashirin mohiyati xavfli siyosiy faoliyat ekanligini koʻrsatib, bir qancha davlatlarda yillar davomida siyosiy beqarorlikni keltirib chiqargan.

Hozirgi kunda missionerlik harakati fuqarolar oʻrtasida ijtimoiy munosabatlarning keskinlashuviga olib kelib, ular oʻz tashkiliy asoslarini yaratishda asosan nashriyotlar, xayriya, tibbiy yordam koʻrsatish va nodavlat, notijorat tashkilotlari maqomidan foydalanib, baʼzi tashkilotlar tibbiy uyushmalar niqobi ostida faoliyat yuritmoqda va odatdagidek missionerlar qarorgohi hududida cherkov, kichik butxona yoki masjid, missioner-monaxlar yotoqxonasi joylashgan boʻlib chiqmoqda.

Missionerlarning koʻzlagan maqsadlari faqat siyosiy boʻlib, bugunda demokratiyaga oid oddiy bir misol boʻlib koʻrinayotgan harakatlarining tagida ertangi kunga moʻljallangan, juda katta siyosiy nayranglar yotibdi va bu nayranglar quyidagi yovuz maqsadlarda yashiringandir. Birinchidan, anʼanaviy musulmon boʻlib kelgan, mafkurasi, urf-odati, butun boshli maʼnaviy tarixiy ildizi bir xil boʻlgan (aslida, mamlakatimizni kuch-qudrati ham shunda!) xalqimizning yuragini parchalab zaiflashtirish va parokanda qilish hamda turli-tuman siyosiy va iqtisodiy bosimlar bilan oʻz holimizcha yashashga yoʻl qoʻymaslik.

Ikkinchidan, yurtimizni doimiy nizo maydoniga aylantirib, uni hal qilishda oʻzlariga muhtoj qilib qoʻyish. Uchinchidan, iloji boricha, baʼzi hududlarga alohida ahamiyat berib, u yerlarda oʻzlariga ergashganlar sonini koʻpaytirib, kelajakda goʻyo ularning xohish-irodasi va kayfiyatlari sifatida boʻlinish (separatistik) gʻalayonlarni chiqarish va oqibatda mamlakatni parchalab tashlash. Toʻrtinchidan, “Inson huquqlarini himoya qilish”, “Vijdon erkinligini taʼminlash” kabi sirtdan chiroyli shiorlar niqobi ostida oddiy sud-prokuratura organlaridan tortib to davlat rahbari ishlarigacha aralashish va mustaqil davlat boshqaruviga yoʻl qoʻymaslik. Beshinchidan,jamiyatni doimiy bezovta qilib turish orqali boshqaruvda asabiy bir vaziyatni vujudga keltirish; turli-tuman matbuot organlari va nodavlat tashkilotlar vositasida tashviqot yuritib, oʻzlarini goʻyo xalqning himoyachisi qilib koʻrsatish va xalq “dardi”ni aytib, davlatga qarshi gij-gijlash, davlatni esa bu qutqularni bostirish uchun keskin choralar koʻrishga majburlash va mana shu yoʻl bilan xalq va davlat orasiga oʻzaro ishonchsizlik ruhini singdirish.

Koʻrib turibmizki, missionerlar amalga oshirayotgan ishlar dinga, diniy daʼvatga hech qanday aloqasi boʻlmay, balki bir mamlakatni oʻzlarining siyosiy tizginlariga solib olish uchun rejalashtirilgan nayrang uslublaridir.

Muammo nafaqat diniy, balki siyosiy kuchsizlantirishga qaratilganligi bilan xavfli va tashvishlidir. Chunki natija bevosita mamlakat xavfsizligiga daxldor boʻlib, ularning qilmishlari shu nuqtai nazardan baholanishi va chora-tadbirlar ham shunga koʻra belgilanishi lozim. Aks holda, biz kelajak avlod uchun kuchli, ozod va obod Vatanni emas, balki xalqining ruhi-dili bir-biriga begona va shu bois qator muammolar girdobiga gʻarq boʻlib, parokandalik, maʼnaviy ziddiyatlar avj olgan, zaif va qaram bir oʻlkani taqdim etishimiz ehtimoldan xoli emas!



Missionerlik va prozelitizm globallashuv jarayonida maʼnaviy-mafkuraviy tahdid vositasi boʻlib, avvalo, jahondagi muayyan kuchlarning geopolitik maqsad va manfaatlariga yoʻnaltirilgan holda olib borilmoqda. Ikkinchi tomondan, xalqning milliy maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, milliy mentaliteti diniy taʼlimot sifatida shakllangan boʻlib, missionerlik va prozelitizm xalning milliy oʻzligidan begonalashuviga, manqurtlashuviga, davlatning ichki hayotida milliy, diniy, ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashuviga sababchi boʻladi. Shuning uchun ham bugungi kunda Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati qurish jarayonlarida milliy istiqlol mafkurasining asosiy gʻoyalarini fuqarolar ongi – tafakkuriga singdirishga, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga muhim eʼtibor berilmoqda.
Download 10.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling