Bugungi kunda O‘zbekistonda «Elektron hukumat» degan tushuncha kundalik turmushimizdan chuqur o‘rin egallamoqda. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bu borada
Download 292.01 Kb. Pdf ko'rish
|
New Документ Microsoft Word
DIMAX 1056 19.03.2019 18:33 Bugungi kunda O‘zbekistonda «Elektron hukumat» degan tushuncha kundalik turmushimizdan chuqur o‘rin egallamoqda. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bu borada Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi direktori Ruslan Sultonovning so‘zlarini e’lon qilgan . – Bugungi kunda elektron hukumat tizimi Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya hamda Germaniya singari mamlakatlarda samaradorligini ko‘rsatmoqda, – deydi R.Sultonov. – Ayniqsa, Janubiy K oreya kuchli uchlikka kiradi. Ushbu mamlakatlarda juda ko‘plab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, onlayn rejimida foydalanish mumkin. Davlat organlariga so‘rovlarga javoblar, turli to‘lovlar, rasmiy hujjatlarning namunasini olish, ularni to‘ldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy o‘quv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. O‘zbekistonda 2013 yildan buyon «Elektron hukumat» degan tushuncha kundalik turmushi mizdan chuqur o‘rin egallamoqda. Zero, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshirmoqda. Aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi, yangidan- yangi imkoniya tlar eshigini ochadi. To‘g‘ri, aholining hammasi ham bu haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, vaqt o‘tishi bilan ushbu tizim jamiyat hayotining butun jabhasini qamrab olishini dunyo tajribasi ko‘rsatmoqda. Bugungi O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari hamkorlikda elektron hukumat doirasida loyihalarni amalga oshiri sh va ularni kelgusida rivojlantirishga bag‘ishlangan forumda memorandum imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish Markazi hamda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va xavfsizligi vazirligi bilan imzolangan memorandumda beshta asosiy yo‘nalish belgilab olindi. O‘zbekistonda yagona ma’lumotlarni qayta ishlash bazasini tashkil etish, ikki tomonlama kadrlar tayyorlash, turli treninglar o‘tkazish, shular sirasidandir. Qayd etish joizki, elektron hukumatni joriy etishda biz Janubiy Koreya loyihasidan foydalangan edik. Hozirda uni yangilash va rivojlantirish kun talabiga aylanmoqda. Zero, kamchiliklarni bartaraf etib, yangi yutuqlarni tizimga joriy etishimizni ta’minlaydi. Download 292.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling