Laboratoriya ishlari mazmuni, tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar:
Laboratoriya ishlarining mazmuni atmosfera havosi va ishlab chiqarish korxonalari
chiqindi gazlari tarkibini tekshirish usullari va asboblari bilan tanishish. Havo, suv,
tuproq va o’simliklardan namuna olish, havodagi chang miqdorini aniqlash. Atrof
muhit obyektlari analizi usullari bilan tanishish. Tuproq, o’simliklar, qishloq
xo’jaligi va sanoat chiqindilari tarkibidan makro-, mikrokomponetlar va og’ir
metallarni aniqlash. Oqova suvlardan namuna olish, suvning sifatini (vodorod
ko’rsatkichi, quruq va qizdirilgan qoldig’i, ishqoriylik va kislotaliligini) aniqlash
usullari bilan tanishish. Fan va ishlab chiqarish bo’yicha bilimlarni
chuqurlashtirish, talabalarda olingan nazariy ma’lumotlarni amaliyotga tadbiq
qilish va tajribada sinab ko’rishga qiziqish uyg’otishdan iborat. Laboratoriya
ishlarini bajarish davomida talabaga tajribalarda olingan natijalarni matematik-
statistika usulida qayta ishlash, uslublarning sezgirligi, qayta tiklanuvchanliklari,
aniqligi kabi metrologik tavsiflarini aniqlash, ma’lumotnomalarda keltirilgan fizik-
kattaliklardan foydalana olish, grafiklar va jadvallar tuzish tartib-qoidalari
o’rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |