Buh xisob javoblar xlsx


Download 191.12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.03.2023
Hajmi191.12 Kb.
#1251185
Bog'liq
Buhgalteriya



Savol
Javob
Agarda xizmat safariga berilgan bo‘nak summasi ortib qolsa nima 
boladi?
Kassaga qaytarib topshiriladi
Aktiv schyotlarda qoldiqlar qaysi tomonda aks ettiriladi?
Debet tomonda
Asosiy ishlab chiqarishda band ishchilarga ish haqi hisoblandi. 
Ushbu muomalaga qanday provodka beriladi?
Debet 2010 Kredit 6710
Asosiy ishlab chiqarishga materiallar sarflandi?
Dt 2010, Kt 1010
Asosiy vositalar qanday eskiradi?
jismoniy eskirish va ma’naviy eskirish
Asosiy vositalar» schoti qanday schot?
Aktiv;
Asosiy vositalarni dastabki qiymati qanday aniqlanadi?
Sotib olish shartnoma bahosi va ishga tushirish harajatlari yigindisi
Asosiy vositalarni dastabki qiymati qanday aniqlanadi?
Sotib olish shartnoma bahosi va ishga tushirish harajatlari yigindisi
Asosiy vositalarni hisobini yuritishda BHMS larning qaysi biri 
qo'llaniladi?
5-BHMS
Asosiy vositalarni qayta baholash deganda nimani tushunasiz?
asosiy vositalarning tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga 
moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlash
Asosiy vositalarni sintetik hisobi qaysi schyotda aks ettiriladi?
0110-0199
Asosiy vositaning qoldiq qiymat qanday topiladi?
asosiy vositalarni dastlabki qiymatidan eskirish summasining 
ayirmasi
Asosiy xo‘jalik jarayonlari tarkibiga qanday jarayonlar kiradi?
Ta’minot, ishlab chiqarish, sotish
Balans aktivida mablag’lar qanaday guruhlanadi?
Joriy va uzoq muddatli aktivlar
Balans passivida mablag’lar manbai qanday guruhlanadi?
O’z mablag’lari manbasi va majburiyarlar
Balans passivida qanday bo‘limlar bor?
O‘z mablag’lari manbai va majburiyatlar
Bankdan kredit olinib, mol etkazib beruvchilardan bo‘lgan qarz 
to‘landi Ushbu muomala nechanchi tur o‘zgarishga tegishli?
2-tur
Bosh kitobga qanday vaqtlarida yozuvlar kiritiladi?
Oy yakuni bo‘yicha
Buxgalterga oylik hisoblansa qanday buhgalteriya pravodkasi 
beriladi?
Dt9420, Kt6710
Buxgalteriya balansi – bu …
pulda ifodalangan va muayyan sanaga xo‘jalik mablag‘larining turlari 
va tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy guruhlashtirish va 
umumlashtirish usulidir
Buxgalteriya balansi necha qismdan iborat va ular qaysilar?
2 ta qism: aktiv va passiv
Buxgalteriya balansi uchun yillik hisobot kuni? 
31 dekabr
Buxgalteriya balansining faqat passiviga ta’sir qiladigan muomalani 
toping?
Taqsimlanmagan foyda hisobidan rezerv kapitaliga o’tkazildi
Buxgalteriya daftarlari qanday muddat uchun tuziladi?
Bir hisobot yili uchun
Buxgalteriya hisobi asosan qanday funktsiyalarni bajaradi?
Nazorat, tahliliy, mulkning butligini ta’minlash va axborot
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni nechta 
guruhga ajratish mumkin?
Ikki guruh: ichki va tashqi foydalanuvchilar
Buxgalteriya hisobi ob’ektlarini aniqlang?
Uzoq muddatli va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, 
zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning 
harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari
Buxgalteriya hisobi schyotlari nima?
Aktivlarning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda 
operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash, nazorat qilish 
usulidir
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 
Qonunining yangi tahriri qachon qabul qilingan?
2016 yil 13 aprel
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish kimning zimmasiga 
yuklatilgan?
Sub’ektning rahbari
Buxgalteriya hisobida baholash - …?
xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov 
birligida aks ettirish usulidir
Buxgalteriya hisobini informotsion texnologiyalarga asoslangan 
shaklda yuritish uchun nimalar zarur?
Komp’uter va maxsus buxgalteriya dasurlari
Buxgalteriya hisobini yuritishdan maqsad nima?
foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa 
buxgalteriya axboroti bilan ta’minlash
Dastgox ustav kapitaliga ulush sifatida kiritilganda qanday 
buhgalteriya pravodkasi beriladi? 
Dt0130, Kt4610
Debet” so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
Lotincha so‘z bo‘lib, “u qarzdor” ma’nosini bildiradi


Doimiy schyotlar deganda nimani tushunasiz?
Hisobot davri oxirida saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya balansida aks 
ettiriladigan aktivlar va passivlarni hisobga oladigan schyotlar
Hisob registrlardagi xatoni tuzatish usullari?
Korrektura, qizil yozuv (storno), qo‘shimcha provodka
Hisob siyosati nima?
Bu buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun 
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt qo‘llaydigan usullarning jamlamasi
Hisob-kitob schotidan kassaga pul olib kelindi” – bu xo‘jalik 
muomalasi ta’sirida balansda qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
Faqat aktiv tomonda o‘zgarish ro‘y beradi va balansning umumiy 
summasi o‘zgarmaydi
Hisob-kitob schotidan kassaga pul olib kelindi” – bu xo‘jalik 
muomalasi ta’sirida balansda qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
Faqat aktiv tomonda o‘zgarish ro‘y beradi va balansning umumiy 
summasi o‘zgarmaydi; 
Hisob-kitob schyotidan pudratchilarga pul o‘tkazildi, qanday 
provodka beriladi?
Debet 6010 Kredit 5110
Ikkiyoqlama yozuv deganda nimani tushunasiz?
Har bir xo‘jalik operatsiyasining summasi: bir schyot debetida va ayni 
vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schyotning kreditida qayd 
qilinishi
Inventarizatsiya jarayoni nechinchi sonli BHMS bilan tartiba 
solinadi?
19
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tayyor mahsulotlarga 
qanday provodka beriladi?
Dt 2810 Kt 9390
Ish haqi depanentlandi qanday buhgalteriya pravodkasi beriladi?
Dt6720, Kt6710
Ish haqidan daromad solig’i ushlab qolindi, qanday buhgalteriya 
pravodkasi beriladi?
Dt6710 Kt6410
Ish haqidan daromad solig’i ushlab qolindi?
Dt6710 Kt6410
Kalkulyatsiya nima?
Tannarxni hisoblab topish usuli
Kassa daftarini to‘g‘ri yuritish ustidan nazorat qilish kimga 
yuklanadi?
bosh buxgalter zimmasiga
Kassadan hodimga 500000 so‘m ish haqi berildi. Ushbu muomala 
schotlarda qanday aks ettiriladi?
Debet 6710 Kredit 5010
Kassadan mukofot to’landi. Ushbu muomala nechanchi tur 
o‘zgarishga tegishli?
4-tur
Kassadan xizmat safari uchun bo‘nak berilsa qanday provodka 
beriladi?
Debet 4220 Kredit 5010
Korxona hisob siyosatini kim ishlab chiqadi?
bosh buxgalter
Korxona kassasi uchun kim mas’ul?
Kassir
Korxona kassasi uchun kim mas'ul?
Kassir
Korxona kassasida naqd pullar qancha muddatgacha saqlanishi 
mumkin?
3 kun
Korxona rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni professional 
xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga topshirishi mumkinmi?
Buxgalteriya hisobi to‘g’risidagi Qonunning 11-moddasiga asosan 
mumkin
Kredit” so‘zi qanday ma’noni? Bildiradi?
Lotincha so‘z bo‘lib, “ishondi” ma’nosini bildiradi
Mahsulot (ish va xizmatlar)ni sotishdan sof tushum qaysi schotda 
hisobga olinadi?
9010 kreditida
Mahsulot yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” 
nechanchi schot?
6010;
Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan qarzlar qaysi 
schyotda hisobga olinadi?
6010;
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to'lanadigan schotlar qaysi? 6010, 6020
Mol yetkazib beruvchidan xom ashyo sotib olindi, lekin puli 
to‘lanmadi, ushbu muomalaga qanday provodka beriladi?
Debet 1010 Kredit 6010
Moliyaviy faoliyat xarajatlariga qaysi xarajatlar kiritiladi?
foiz ko‘rinishidagi xarajatlar
Moliyaviy hisobot shakllari kim tomonidan imzolanadi?
rahbar, bosh hisobchi
Moliyaviy hisobotning 1-shakli qanday nomlanadi?
buxgalteriya balansi
Moliyaviy hisobotning hisobot davri.....
1 yanvardan 31 dekabrgacha
Moliyaviy hosobot shakllari mustaqil ravishda qaysi idoralarga 
taqdim etiladi?
soliq idorasiga, statistika idorasiga
Moliyaviy hosobotning 4 shakli qanday nomlanadi? 
xususiy kapital to‘g‘risida hisobot
Murakkab buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si nima?
Ma’lum bir operatsiyaning summasi bir schyotning debeti, boshqa bir 
qancha schyotlarning kreditida yoki aksincha, bir schyotning krediti 
va bir nechta schyotlarning debetida aks ettirilishi


O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 
Qonuniga muvofiq, yillik moliyaviy hisobotining 2-shakli qanday 
nomlanadi?
# moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot
Operativ hisob nima maqsadda qo‘llaniladi?
tezkor(operativ) nazoratni ta’minlash uchun
Oylik Ish haqi hisoblash qanday turlarga bo'linadi?
ishbay, vaqtbay
Passiv schyotlarda qoldiqlar qaysi tomonda aks ettiriladi?
Kredit tomonda
Quyidagi xarajatlarni qaysi biri ishlab chiqarish tannarxiga 
kiritilmaydi?
sotish xarajatlari
Quyidagilardan qaysi bir javobda hisob registrlari turlari to‘liq 
berilgan?
Kitoblar, jurnallar, daftarlar, kartochkalar, varaqlar
Quyidagilardan qaysilari buxgalteriya hisobi sub’ektlari hisoblanadi?
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, 
sho‘ba korxonalari, filiallari, bo‘linmalari
Realizatsiya jarayoni deganda nimani tushunasiz?
Korxona tamonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (ish,xizmat)lar 
boshqa korxonaga topshirilish jarayoni; 
Sintetik schotlar qanday ma’lumotlarni beradi?
Xo‘jalik mablag‘lari va muomilalari haqida umumlashtirilgan 
ko‘rsatkichlarni;
Soliqlar bo‘yicha to‘lovlar qaysi qonuniy xujjatga asosan tartibga 
solinadi?
O‘zR. “Soliq kodeksi” va soliqqa oid qonun hujjatlarida
Solishtiruvchi (taqqoslovchi) schyotlarni toping?
9910, 9200
Sotib olingan stanok ishlab chiqarishga topshirildi. Ushbu muomala 
nechanchi tur o‘zgarishga tegishli?
1-tur
Sotilgan tayyor mahsulotning tannarxi hisobdan chiqarildi, qanday 
buhgalteriya pravodkasi beriladi? 
Dt 9110, Kt 2810
Stanok sotib olindi, lekin puli to‘lanmadi. Ushbu muomala nechanchi 
tur o‘zgarishga tegishli?
3-tur
TMZ larni baholashdagi FIFO usuli bu?
birinchi kirim.birinchi chiqim
TMZlar ni hisobini yuritishda qaysi BHMS asos bo’ladi?
4-BHMS
TMZlarni baholash qaysi BHMS bilan tartibga solinadi?
4 – BHMS
Tranzit schotlarda hisobot yilining oxirida qoldiq qoladimi?
Qolmaydi;
Tranzit schyotlar xususiyati nimadan iborat?
Hisobot davrining boshi va oxiriga qoldiq qolmaydigan, moliyaviy 
natijalarni hisobga oladigan schyotlardir
Tulov topshiriqnomasi nima?
Hisob-kitob schyotidan pul oluvchining tеgishli schyotiga tеgishli
summani o’tkazib bеrish tug’risidagi korxonaning bankka bеrgan
buyrug’i
Ustav kapitali hisobiga qanday mablag'lar shakllanadi?
uzoq muddatli va joriy aktivlar
Ustav kapitali ro'yxatdan o'tkazildi, qanday buhgalteriya pravodkasi 
beriladi?
Dt4610, Kt8310
Ustav kapitali” qanday schot?
Passiv;
Ustav kapitalini buxgalteriyada hisobga olish uchun qanday 
hisobvaraqlar ochiladi?
8310 - «Oddiy aksiyalar»; 8320 - «Imtiyozli aktsiyalar»;8330 - «Pay 
va ulushlar».
Uzoq muddatli aktivlar bu ….
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, 
kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari
Xo‘jalik hisobi turlarida qanday o‘lchov birliklari qo‘llaniladi?
Miqdor, pul va mehnat o‘lchovlari
Xo‘jalik hisobining qanday turlari mavjud?
Operativ,statistik, buxgalteriya
Xo‘jalik muomalalari balansga necha xil usulda ta’sir qiladi?
4
Xodimlarga ish haqi to'lash uchun naqd pul olib kelindi, qanday 
buhgalteriya pravodkasi beriladi?
Dt5010 Kt5110
Yakuniy moliyaviy natija qaysi hisobvaraqda keltiriladi?
9910
Yordamchi ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchiga ish haqi 
hisoblanganda qanday buhgalteriya pravodkasi beriladi?
debet 2310 kredit 6710

Download 191.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling