10-Mavzu: Iqtisodiy o’sish modellari
Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi, Kapitalning jamg`arilishi, Qanday qilib jamg`armalar iqtisodiyotning o`sish natijalariga olib keladi?, Kapitalning “Oltin Qoidasi”, Aholini o`sishi.
11-Mavzu: Tashqi savdo siyosati
Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari, Importga ta’riflar. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari, Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va importni kvotalar orqali tartibga solish, Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash.
12 – Mavzu: Valyuta kursining makroiqtisodiy siyosatga ta`siri
Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi, Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari, Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar, Xarid qobilyati pariteti, Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri.
13-Mavzu: Ochiq iqtisodiyotda mendell-Fleming modeli
Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli, Qayd etilgan valyuta kursi sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat, Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat, Foz stavka differentsiali.
14-Mavzu: Davlatning barqarorlashtirish siyosati
Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari, Siyosatni amalga oshirish va uning oqibatlarida vaqt oraliqlari, Siyosat qonun-qoida tomonidanmi yoki mulohazakorlik bilan olib borilishi lozimmi?, Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari
III. Seminar (amaliy) mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarda ma’ruzada bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, fan bo‘yicha olingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va bilish qobiliyatlarini o‘stirish, nazariy o‘qitish jarayonida egallangan bilimlarning amaliyotga tadbiq etilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ma’lumotlari yordamida mavzuga oid bilimlarni mustahkamlash va ko`nikmalar shakllnishiga erishish ko`zda tutiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning interfaol usullari yordamida o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlaridan asosiy maqsad – talabalarning faol ishlashi va mustaqil fikrlashi, o‘zini o‘zi baholash va boshqalarning fikrlarini hurmat qilish, mustaqil ishlash hamda guruhda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |