V. Fan o‘qitilishidan kutiladigan natijalar (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirishda talaba qadimgi davrdan boshlab hozirgi davrgacha iqtisodiy fikr, g’oyalar, qarashlar, konsepsiyalar va ta’limotlar mazmuni, mohiyati va ularning rivojlanishi va bugungi kundagi ahamiyati mantiqiy va tarixiy ketma-ketlikda bilishi kerak. O’zbekiston Respublikasining erkin bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlari, milliy bozor iqtisodiyotini shakllantirish va vujudga keltirish to’g’risidagi iqtisodiy konsepsiyalar hamda I.A.Karimov, Sh.Mirziyoyev asarlaridagi iqtisodiy g’oyalariga e’tibor qaratishi lozim.
Ayniqsa, hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo’shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to’g’risida imkoni boricha ko’proq bilishga intilmoqdalar. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to’la hal etishda o’tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o’tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak to’g’risida to’g’ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi.
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish;
esse, tezis va maqolalar yozish;
vaziyatli topshiriqlarni (keys-stadilar) yechish;
seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);
kichik guruhlarda ishlash;
loyiha ishi bajarish;
mustaqil ishlarni bajarish;
turli darajadagi testlarni echish;
so’rov o’tkazish
VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |