Бухгалтерия хисобида автоматлаштирилган ахборот тизимлари ва технологиялари


Download 26.26 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi26.26 Kb.
#1544844
  1   2   3
Bog'liq
1352354222 31877


www.arxiv.uz

Buxgalteriya xisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari





Reja:
1. Buxgalteriya xisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi
2. Buxgalteriya xisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari


1. Buxgalteriya xisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi
Iktisodietni boshkarishdagi uzgarishlar, bozor munosabatlariga utish buxgalteriya xisobini tashkil kilish va olib borishga katta ta’sir kursatadi. Xisobning xalkaro tizimlariga utish amalga oshirilmokda, bu uning uslubietining yangi shakllarini ishlab chikishni talab kiladi. Buxgalteriya xisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chikishni tashkil kilishning an’anaviy shakllari katta uzgarishlarga uchragan. Xisobchidan korxona moliyaviy xolatining ob’ektiv baxolarini bilish, moliyaviy taxlil usullarini egallash, kimmatli kogozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablaglari investitsiyalarini asoslash va boshkalar talab kilinadi.
Xozirgi davrda xisobchini «moliyaviy menejer», «xisobchi-taxlilchi» deb atash xam mumkin.
Yangi usullarni egallashni axborot tizimini takomillashtirishmay va zamonaviy ShK-siz tasavvur etish mumkin emas. Xar kanday iktisodiy ob’ektni boshkarish faoliyatining asosini murakkab kurilishga ega bulgan axborot tizimlari tashkil kiladi,ularning tarkibi, faoliyati turi va korxona, tashkilot, firmaning kulamiga boglik.
Boshkaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chikishni tayerlash, rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish(marketing), buxgalteriya xisobini olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish,tayer maxsulotlarni sotish xamda kadrlar masalasini xal kilish kiradi. Kompyuterda ishlab chikish nazariyasiga binoan ular vazifaviy tizimlar deb ataladi. Boshkaruv jaraenida buxgalteriya xisobi katta rol uynaydi, bu yerda barcha axborotlarning 60% ga yakini jamlangan.
Xar bir vazifaviy tizim boshkaruvning belgilangan vazifalarini amalga oshirishga muljallangan vazifalar va axborotlar majmuasining uz tarkibiga ega. Masalan, moddiy texnik ta’minotning vazifaviy tizimchasida materiallarga extiejni xisoblash ,etkazib beruvchilar bilan sifatnomalarni bajarilishi, zaxiralar me’erlarini aniklash buyicha vazifalar majmuasini ajratish mumkin.
Buxgalteriya xisobining axborotli tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, xisobning aloxida uchastkalari tomonidan bajariladigan xisob vazifalarini xisoblash bajariladi. Vazifalar majmuasi iktisodiy mazmunini aniklash, tasdiklangan sintetik schetlarni olib borish, birlamchi va yigma xujjatlar, xisoblash algoritmlarining uzaro alokalari xamda xisobning anik uchastkasining uslubiy materiallari va me’eriy xujjatlari bilan ta’riflanadi.
Buxgalteriya xisobining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda vazifalarning kuyidagi majmualarini uz ichiga oladi: asosiy vositalar xisobi,moddiy boyliklar xisobi, mexnat va ish xaki (maosh) xisobi , tayer maxsulotlar xisobi, moliyaviy xisoblash operatsiyalarining xisobi,ishlab chikish xarajatlari xisobi,yigma xisob va xisobotlarni tuzish. Korxonaning sifatan bir turli resurslari xakidagi axborotlarga ega sifatida vazifalar majmuasini ajratishni muljallash an’anaviy ravishda xisobni kulda olib borishdaek vujudga kelgan, keyin esa xisoblash axborotlarining xisoblash markazida markazlashtirilgan xolda ishlab chikishda uz kullanishini topgan.
Buxgalteriya xisobining xujjatlari turli belgilari buyicha tasniflanadi:

  • belgilanishi buyicha –farmoyish beradigan, ijroiya (oklaydigan), xisobli rasmiylashtiruvchi, murakkab;

  • xujalik operatsiyalari mazmuni buyicha –moddiy, pulli xisoblash;

  • aks ettirgan operatsiyalarning xajmi buyicha-yagona (birlamchi ) yeki yigma;

  • foydalanish usuli buyicha-bir martali va jamlovchi;

  • xisobga oladigan urinlarning soni buyicha-bir katorli va kup katorli;

  • tizilish joyi buyicha-ichki va tashki;

  • tuldirish usuli buyicha – kulda, xisobni avtomatlashtirish vositalari yerdamida.




Download 26.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling