Buхgаltеrlik (mоliyaviy) hisоbоt
Download 13.18 Kb.
|
bux 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22 modda
ustidan muntazam nazorat qilish; tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobining Qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish. Buхgаltеrlik (mоliyaviy) hisоbоt-hisоbоt dаvri uchun коrхоnа fаоliyatining nаtijаlаri tеgishli tаrzdа tаsdiqlаngаn shакllаrdа tаqdim etilаdigаn, o'zаrо bоg'liq кo'rsаtкichlаr to'plаmi. 22 modda-Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir. Asosiy xo‘jalik jamiyati bo‘lgan va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga, o‘z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega buxgalteriya hisobi subyekti konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek asosiy xo‘jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi. Ushbu modda talablari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va budjet tashkilotlarining jamlanma moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi. 1-yanvar — 31-dekabr kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning hisobot davridir. 1-yanvardan boshlab davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrning hisobot sanasini ham qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy moliyaviy hisobot uchun hisobot davridir.Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo‘lga kiritilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan davr, yuridik shaxs bo‘lmaganlar uchun esa, ular davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanadi.Agar yuridik shaxs (budjet tashkilotlaridan tashqari) 1-oktabrdan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31-dekabrida tugaydi. Ro‘yxatdan o‘tilguniga yoki yuridik shaxs huquqi olinguniga qadar amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar birinchi hisobot yilining moliyaviy hisobotiga kiritiladi. Download 13.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling