Бухоро юқори технологиялар муҳандислик-техника институти
Operatorlar va urarning qo’llanishi
Download 121.5 Kb.
|
ISMATOV SHAXZOD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operator
- Matematik amallar va ozlashtirishlarni qisqacha yozish
- 6. Amallar bajarilish ketma-ketligi
- 7. Hisoblash tartibini ozgartirish
- Xulosa
>>> 2 + 3
5 >>> 3 * 5 15 4. Operatorlar va urarning qo’llanishi
Matematik amallar va o'zlashtirishlarni qisqacha yozishKo'pincha bir o'zgaruvchi ustida biror matimatik amal bajarib, natijani o'sha o'zgaruvchining o'ziga o'zlashtirish zaruriyati tug'iladi. Bu holda amallarni qisqacha yozish mumkin. Siz a = 2; a = a * 3 ni quyidagicha yozishingiz mumkin: a = 2; a *= 3 6. Amallar bajarilish ketma-ketligi2 + 3 * 4 ifodada qaysi amal birinchi bajariladi: qo'shishmi yoki ko'paytirish? Matematika fanida ko'paytirish birinchi bajarilishi ko'rsatilgan. Demak, ko'paytirish operatori qo'shish operatoriga qaraganda katta prioritetga(muhimlik darajasiga) ega. Quyidagi jadvalda Python operatorlari prioriteti ko'rsatilgan. Bunda yuqoridan pastga qarab Python operatorlari prioriteti oshib boradi. Bu shuni anglatadiki, ixtiyoriy ifodada Python oldin eng qiyidagi operatorlarni hisoblaydi va keyin esa yuqoridagilarini. Amaliyotda esa amallarni qavslar bilan aniq ajratish tavsiya etiladi. Bu dastur kodini oson o'qishga yordam beradi.
Bu jadvalda bir xil prioritetga ega bo'lgan operatorlar bir qatorda joylashgan. Misol uchun '+' va '-'. 7. Hisoblash tartibini o'zgartirishIfodalarni o'qishni osonlashtirish uchun qavslarni ishlatish mumkin. Misol uchun, 2 + (3 * 4) ni tushunish oson operatorlar prioriteni bilish lozim bo'lgan 2 + 3 * 4 ifodadan ko'ra. Qavslarni o'ylab ishlatish kerak. Ortiqcha qavslarni ishlatishdan saqlaning. Misol uchun: (2 + (3 * 4)). Qavslarni ishlatishni ya'na bir afzalligi hisoblash tartibini o'zgartirish imkonini beradi. Misol uchun, qo'shish amalini ko'paytirish amalidan birinchi bajarish kerak bo'lsa, quyidagicha yozish mumkin: (2 + 3) * 4. Assotsiativlilik (Ассоциативность) Operatorlar hisoblashni asosan chapdan o'ngga amalga oshirishadi. Bu bir xil prioritetga ega bo'lgan operatorlar chapdan o'ngga tartibda amallarni bajarishadi. Misol uchun, 2 + 3 + 4 ifodasi (2 + 3) + 4 shaklida hisoblanadi. Ba'zi operatorlar misol uchun o'zlashtirish operatori o'ngdan chapga qarab amallarni bajaradi. Misol uchun: a = b = c ifodasi a = (b = c) shaklida qaraladi. Ifodalar Misol (expression.py fayl ko'rinishida saqlang): length = 5 breadth = 2 area = length * breadth print('Yuza', area) print('Perimetr', 2 * (length + breadth)) Kiritish: $ python expression.py Yuza 10 Perimetr 14 Bu qanday ishlaydi: To'g'ri to'rtburchakning bo'yi va eni length va breadth o'zgaruvchilarida saqlanadi. Biz ulardan ifodalarda to'g'ri to'rturchakning yuzi va perimetrini (tomonlari uzunliklarining yig'indisini) hisoblashda foydalanamiz. length * breadth ifodaning natijaviy qiymatini area o'zgaruvchida saqlanadi va print funksiyasi yordamida ekranga chiqariladi. Ikkinchi holda to'g'ridan-to'g'ri 2 * (length + breadth) ifodaning qiymatini print funksiyasiga beramiz. Yana shunga e'tibor beringki, Python natijani "chiroyli" shaklda ekranga chiqaradi. Biz "Yuza" bilan area o'zgaruvchisi orasiga "probel" (bo'sh joy) qo'ymagan bo'lsak ham, Python biz uchun uni o'zi hisobga olib ketadi va "probel" qo'yadi. Bu Pythonning dasturchilar uchun yengilliklar berishiga misol bo'la oladi. XulosaCSV fayli - bu pullar vergul tomonidan ajratiladigan fayl. CSV formatida matn formati hisoblanadi va jadval ma'lumotlarini taqdim etish uchun mo'ljallangan. CSV kengaytadigan fayl turi, ma'lumotlar bazasiga kiritilishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni o'z ichiga oladi va shunga o'xshash matn fayli jadvallarni tashkil qilish uchun kerak bo'lgan ma'lumotlarni ko'tarishi mumkin. Agar sizda bir nechta fayllarga bo'linishi kerak bo'lgan CSV faylingiz bo'lsa, CSV modulidan foydalanishingiz mumkin. Siz faylni CDV moduli yordamida o'qishingiz va yozuvchi modulidan foydalanib bir nechta fayllarga yozishingiz mumkin. Siz Perl, Ruby, Java, JavaScript yoki PHP kabi boshqa dasturlash tillaridan foydalangan holda CSV fayllarini o'qishingiz mumkin. CDV modulidan foydalaning va ma'lumotlaringizni qayta ishlash uchun ushbu tillardan foydalaning. Download 121.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling