«Bujet xisobi va g’aznachilik ishi» kafedrasi «Byudjet Hisobi» fanidan kurs ishi mavzu: Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni tashkil etish
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobining huquqiy asoslari
Download 130.31 Kb.
|
Камолов Акром ММС 61..
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobining huquqiy asoslari.Asosiy vositalar hisobini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy xujjatlar: 1. 5-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Asosiy vositalar» (O'zR AV tomonidan 20.01.2004 yilda 1299-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan). 2. «Asosiy vositalarni har yili 1 yanvar holatiga ko’ra qayta baholash tartibi to’g’risida»gi nizom (O’zR AV tomonidan 04.12.2002 yilda 1192-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan). 3. «Asosiy vositalarni balansdan hisobdan chiqarish tartibi to'g'risida»gi Nizom (O'zR AV tomonidan 29.08.2004 yilda 1401-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan). 4. 6-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Ijara hisobi» (O'zR AV tomonidan 24.04.2009 yilda 1946-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan). 5. Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi to'g'risidagi Nizom (O'zR AV tomonidan 01.062009 yilda 1961-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan) 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 18-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami (3124) Mazkur O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet mablag‘lari oluvchilarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) budjet hisobotini tuzish va taqdim qilish tartibini belgilaydi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi Qonuniga muvofiq byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga soladi. 7. 19-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Inventarlashni tashkil etish va o'tkazish» (O'zR AV tomonidan 02.11.1999 yilda 833-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan). Asosiy vositalarni beg’araz berish yuqori tashkilot bilan kelishilgan xolda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Inventarizatsiya natijasida asosiy vositalar bo’yicha kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi ulan undirilishi ―Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to’g’risidagi Nizom‖ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat Soliq qo’mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004 yil 10 martdagi 37, 2004-26, 20/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan) ga asosan tartibga solinadi. Ushbu nizomga asosan ish beruvchining mulkiga etkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinishi ko’rsatilgan. Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishi ―Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risida Nizom‖ (O’zR Moliya vazirining 2004 yil 16 avgustdagi 101-son Buyrug’i bilan tasdiqlangan) ga va boshqa qonuniy hujjatlarga tartibga solinadi. Asosiy vositalar qisman tugatilgan holda uning dastlabki (tiklash) qiymati va jamlangan eskirish summasi tegishligicha obyektning tugatilgan qismining dastlabki (tiklash) qiymati va jamlangan eskirish summasiga kamaytiriladi. Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan chiqariladi: - tugatish; - sotish; - beg’araz berish; - kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi; - qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar. Asosiy vositalar quyidagi hollarda ularni tugatish munosabati bilan balansdan hisobdan chiqarilishi mumkin: a) belgilangan xizmat muddati tugaganidan (to’liq eskirish hisoblab yozilganidan) keyin; b) jismoniy eskirish, halokatlar, tabiiy ofatlar, foydalanishning risoladagi shart-sharoitlarini buzish oqibatida yaroqsiz holga kelganlari; v) ma‘nan eskirganlari; g) tegishli davlat organlarining qarorlari bo’yicha chiqib ketadiganlari; d) korxona va tashkilotlarning qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruktsiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi va texnik qayta jihozlanishi munosabati bilan chiqib ketadiganlari. Tiklanishi mumkin bo’lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan asosiy vositalar tugatilishi kerak. Asosiy vositalarni tugatilishi munosabati bilan hisobdan chiqarilishida belgilangan tartibda mutaxassislar tomonidan nuqsonlar dalolatnomasi tuziladi. Ushbu dalolatnomada asosiy vositani xolati aks ettiriladi. Qonunchilikda belgilangan tartibda byudjet tashkiloti yuqori tashkilotga asosiy vositani tugatilishi munosabati bilan hisobdan chiqarilishi bo’yicha yozma murojat qiladi va ijobiy javob olingandan so’ng tashkilot raxbari tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat qiluvchi komissiya tomonida tegishli dalolatnomalar tuzilib hisobdan chiqariladi. Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish quyidagi shartlardan biri qoniqtirilgan taqdirda amalga oshiriladi: - belgilangan xizmat qilish muddatining tamom bo’lishi (to’liq eskirish hisobga o’tkazilishi); - ularning jismoniy eskirishi, avariyalar, tabiiy ofatlar, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi oqibatida yaroqsiz holga kelishi; - ma‘naviy eskirishi; - byudjet tashkilotlarining qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruktsiya qilinishi, modernizatsiya qilinishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo’shab qolishi. Byudjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi yoki uning xududiy boshqarmalari tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi. Byudjet tashkilotlarining qolgan asosiy vositalari byudjet tashkilotlari tomonidan yuqori tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot bo’lmagan taqdirda - qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda sotiladi. Bunda: - bir inventar obyektning qoldiq qiymati O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining (byudjet tashkiloti tomonidan sotish to’g’risida qaror qabul qilingan paytda) yuz baravari miqdoridan ortiqni tashkil etadigan avtomototransport vositalari, shuningdek boshqa asosiy vositalar asosiy vositalar qiymatini baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin ommaviy savdolarda sotilishi kerak; - bir inventar obyektning qoldiq qiymati O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining (byudjet tashkiloti tomonidan sotish to’g’risida qaror qabul qilingan paytda) yuz baravari miqdoridan ortiq bo’lmagan asosiy vositalar byudjet tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish orqali sotiladi. Yuqori tashkilotning (mavjud bo’lganda) talabiga ko’ra yoki byudjet tashkilotlarining o’z tashabbusi bilan ushbu asosiy vositalar asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin ommaviy savdolarda sotilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining chet eldagi byudjet tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan obyektlari quyidagi tartibda sotiladi: - binolar va inshootlar (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi); - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida; - qolgan asosiy vositalar - O’zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalari tomonidan yuqori tashkilot bilan (mavjud bo’lganda) kelishgan holda vakolatxona joylashgan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish orqali mustaqil ravishda sotiladi. Binolar va inshootlarni (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni) sotishdan tushgan mablag’lar Davlat mulki qo’mitasining maxsus g’aznachilik hisob raqamida jamlanadi va ular, sotib olish manbalaridan qat‘i nazar, Davlat mulki qo’mitasi tomonidan xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar sifatida taqsimlanadi. Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag’lar O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi G’aznachiligining tegishli bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi. Ko’rsatib o’tilgan mablag’lar byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi: 50 foizi - tegishli byudjet daromadiga o’tkaziladi; 50 foizi - byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha byudjet tashkilotlarining O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi G’aznachiligining tegishli bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda mablag’larni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan byudjet tashkilotlari tomonidan faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (shu jumladan, avtomototransport vositalarini sotib olishga), shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo’lganda) to’lashga yo’naltiriladi. O’zbekiston Respublikasining chet eldagi byudjet tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotishdan tushgan mablag’lar: - binolar va inshootlar bo’yicha (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi) - ularni sotish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida belgilangan tartibda; - qolgan asosiy vositalar bo’yicha - xarajatlar smetasida nazarda tutilgan asosiy vositalarni sotib olishga, faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiytexnik bazani mustahkamlashga, shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo’lganda) to’lashga taqsimlanadi. Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling