Bularning barchasini boshqarga yetkazishni ham o'zi uchun odat deb bilgan


Download 35.38 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi35.38 Kb.
#114990
Bog'liq
1-seminar Metodika


hisoblangan. Buyuk ipak yo'lidagi bog'lovchi markaziy xalqa, Sharq va G'arb uchrashadigan, ularning faol savdo iqtisodiy va ma'naviy hamkorligi tug'iladigan joy bo'lgan ". Mana shundat holatda bu yerda ko'plab fanlar qatorida adabiyotshunoslikning, tarbiyashunoslikning, ular qatorida esa adabiyot o'qitish metodikasining muayyan o'rini bo'lganligini tasavvur etish mumkin.

Xalqimiz azal-azaldan badiiy adabiyotni tushunish, sevish, e'zozlaydi bilishni, adabiy hodisalarni his qilish, ayni paytda,

bularning barchasini boshqarga yetkazishni ham o'zi uchun odat deb bilgan.

Adabiyotini o'qitish metodikasi, asosan, yigirmanchi asrning yigirmanchi yillarda fan sifatida shakllandi va rivojlanib bordi.

Adabiyotini o'qitish usulining mustaqil fan ekanligini shundaki, boshqa fanlardagi kabi uning ham o'rganilganiladigan, tadqiq

etiladigan predmeti mavjud bo'lib, u badiiy adabiyotdir.

Insonning aql- u zakovati shu hodisalarni ajrata olishida namoyon bo'lishini ta'kidladi. So'z va u tashiydigan ma'nolarni bilish uchun tarbiyalanuvchi bunga yo'naltiradigan insonga ehtiyoj sezishini aytadi. Ko'rinadiki, hamma zamonlarda ham badiiy adabiyot ya'ni badiiy so'z va uning tahliliga zarurat bo'lgan.
2. Eng qadimgi davrlarda adabiyot o‘qitish metodikasi fani qanday rivojlangan?
Javob:

Eng qadimgi davrlarda adabiyotni xalqimiz sevishgan,e'zozlashgan, adabiy hodisalarni his qilish,ayni paytda, bularning barchasini boshqalarga yetkazishni o'zlariga odat bilganlar. Buni biz uzoq tariximizga nazar tashlab yaqqol bilishimiz mukin. Zero, " Biz o'z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqning yengib bo'lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollanishimiz lozim.

Aslida turkiy xalqlarda adabiyot o'qitish bilan bog'liq masalalar juda qadim zamonlarga borib taqaladi.

Adabiy asarni o'rganish bilan bog'liq bo'lgan dastlabki qaydlar Avesto yodgorligida boshlab uchraydi. Bevosita turkiy muhitda esa buni O'rxun-Enasoy yodgorliklarida o'z aksini topgan, deyishimiz mumkin. Adabiyot va badiiy so'zning mohiyatiga kirish masalalari Sharq xalqlari, jumladan, o'zbek xalqi hayotidahar doim juda katta ijtimoiy -ma'naviy ahamiyatgaega bo'lib kelgan. Cho'lponning " Adabiyot yashasa -millat yashaydi" degan fikri bejiz emas. Ammo uni o'qitish birdaniga hozirgi holiga kelmagan bo'lardi.

Buyuk mutafakkirlarimiz Al- Xorazmiy , Forobiy, Beruniy, Abu Ali Ibn Sino ta'lim va tarbiya, o'qituvchi xususida alohida to'xtalib o'tishgan. Ular insonning shaxs sifatida kamol topishida ilm olishning , ta'lim va tarbiya ahamiyati haqida o'zlarning qimmatli fikrlarini aytib o'tganlar.

Shular jumlasiga M.Qoshg'ariyning " Devonu lug'at-u turk " asarida ham alohida, birgalashib va ko'plashib o'qish haqida qarashlar mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Yusuf Xos Hojib ham o'z asarlarida so'z va uning ma'nolariga alohida to'xtalib o'tgan. U badiiy so'zni " muqaddas hodisa " deb biladi.

Alisher Navoiy, Bobur, Munis, va boshqalar ijodida ham badiiy so'zning inson tarbiyasiga ,uning ma'naviy kamolotiga ta'sir bilan bog'liq qimmatli fikrlarni juda ko'plab uchrayishimiz mumkin.

Maktablarda diniy asarlar, ayniqsa, Qur'onni ifodali o'qish,uning ma'nlarini anglab yetish bilan bir qatorda ayrim asarlarning matni, ma'nosi, har bir so'zning izohi, badiiy asarni tushuntirishga oid mashqlar ustida jiddiy ishlashgan. Badiiy asarlarga sharhlar bitish an'ana tusini olgan.

XVI asrdan XIX asrning birinchi yarmidagacha o'tgan davrda, ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmida XX asr boshlarida Turkistonda pedagogik, metodik fikr o'ziga xos tarzda rivojlanib bordi.

3.Jadidchilik davri va 1930-1990 yillardagi adabiyot o‘qitish metodikasi fani rivoji uchun hissa qo‘shgan olimlar faoliyatini tahlil qiling.

Javob:

Adabiyot o'qitish ishiga jadidchilik davrida alohida e'tibor qaratildi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy , A. Fitrat, Abdula Qodiriy, Cho'lpon kabi shoir va yozuvchilar o'zbek xalqining ma'rifatli bo'lishi ma'naviy kamolotning asosi ekanini nazarda tutib izlandilar, yangicha mazmundagi asarlar yaratishga kirishdilar.



Masalan, M. Behbudiy o'zining " Padarkush " nomli asarida ma'rifatning inson hayotida, insoniyat taqdiri uchun qanchalik katta ahamiyat kasb etishini namoyish etgan. Milliy va insoniy qadriyatlarni anglashda ma'rifatli bo'lish zarurligini alohida ta'kidlagan.

Abdulla Avloniy ham o'zining davrida chop etilgan " Birinchi muallim ", " Ikkinchi muallim ", " Turkiy Guliston yoxud Axloq ","Maktabi Gulistoni " darsligida bevosita adabiy ta'lim haqida so'z yuritib badiiy asarlarni ifodali o'qish, yakka va ko'pchilik bo'lib o'qish, ichidan o'qish, dialog singari turlari, dramatik asarlarni o'qish yo'llari haqida ma'lumot beradi.

Hamza Hakimzoda Niyoziy esa boshlang'ich maktablar uchun " Yengil Adabiyot " , "O'qish kitobi ", " Qiroat kitobi" singari darsliklar yozgan bo'lib, muallif ularda o'qish, matn ustida mustaqil ishlash, sinfdan tashqari o'qish ishlariga alohida e'tibor bergan. U o'z darsliklarida badiiy so'z ko'magida o'quvchilarning ma'rifatli va ma'naviy yetukligini ta'minlashni nazarda tutgan.

A.Fitratning " Adabiyot qoidalari " kitobini nafaqat adabiyot nazariyasiga, balki adabiyotni tanish masalasiga, uni o'qitish ishlariga ham oid qo'llanma deb atash mumkin.

" Adabiy o'qish " atamasi ta'lim amaliyotiga 30-yillarida kirib keldi. Adabiy o'qish uchun tanlangan asarlarni g'oyaviy va badiiy tahlil qilish asosiy o'rinni egallardi, ya'ni badiiy asarda siyosiy, partiyaviy g'oya axtarilardi. Asarlar badiiy;, estetik mazmuniga qarab emas, ijtimoiy davrga qanchalik xizmat qilishiga qarab tanlardi.

1934- yilda A.Sa'diy tomonidan " O'rta maktablarda adabiyot o'qitish nazariyasi va metodikasining asosiy masalalari " degan maxsus kitobi yaratildi. Unda adabiyotni maxsus fan sifatida o'qitish, bolaga adabiy ta'lim berishda tegishli izchillik va mantiqiy qoidalar bo'lishi ko'rsatib o'tilgan.

O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi faninig rivojida 50- yillarda faoliyat ko'rsata boshlagan ko'plab olimlarning xizmati katta S. Dolimov, G. Karimov, N. Mallayev, H. Ubaydullayev, Q. Ahmedov, A. Zunnunov, S. Ismatov singari olimlar bu sohaning mustaqil fan sifatida kamol topishiga munosib hissa qo'shganlar.

Masalan, S. Dolimov va H. Ubaydullayevlar tomonidan " Adabiyot o'qitish metodikasi " deb nomlangan birinchi darslik yaratilgan.


4. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasining o‘ziga xos jihatlari haqida gapiring.

Javoblar:

Mamlakatimiz o'z mustaqilligiga erishganidan keyin adabiyot o'qitish metodikasi ilmida ham keskin o'zgarishlar yuz bera boshladi. Chunki o'zbek ta'lim tizim,xususan adabiy ta'lim oldiga ma'naviy komillik sari yuz tutgan avlodni shakllantirish vazifasini qo'ydi. Ma'lumki, Komil shaxs tarbiyalash yuki hamma zamonlarda adabiyotning zimmasida bo'lgan. Bu davr metodistlarining har biri mazkur vazifani o'z imkoniyatlari darajasida uddalashga harakat qilmoqdalar.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishuvidan so'ng umumta'lim maktablari adabiy ta'limida ham yangi imkoniyatlar paydo bo'ldi.

Adabiyot o'qitish metodikasi bo'yicha yangi dastur ishlab chiqishga harakat qilindi va ularning bir necha avlodi yaratildi. " Ta'lim to'g'risida " gi qonun va " Qadrlar tayyorlash milliy dasturi " 1997- yilda qobul qilinganidan keyin ta'lim tizimi ham , ta'lim mazmuni ham yangicha talablar asosida shakllandi. Endilikda ana shu talablar asosida davlat ta'lim standarti, o'quv dasturlari va darsliklar, shuningdek, o'quv qo'llanmalari yaratildi.

O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini bir guruh yosh metodist olimlar davom ettirishmoqda. Ular qatorida Q. Husanboyeva, R. Niyozmetova, V. Qodirov singari iqtidorli yoshlar bor. Ularning tadqiqotlarida metodika ilmining ham nazariy, ham amaliy muammolarini atroflicha hal qilishga urinish seziladi. Yosh olimlarning adabiyot o'qitish metodikasiga doir qarashlari fanning mazkur sohasi taraqqiyotida o'ziga xos izlanishlar olib borganligilari seziladi.



Xulasa qilib shuni aytish mumkinki, O'zbekistonda adabiyot o'qitish metodikasi fanining rivojiga har bir metodist o'z bilimi, salohiyati, intellektual imkoniyati doirasida hissasini qo'shyapdi, uni yana-da boyitish maqsadida izlanishlar olib bormoqda.
Download 35.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling