Bulutli texnologiyalar Reja


Download 401.68 Kb.
bet1/4
Sana14.11.2023
Hajmi401.68 Kb.
#1773054
  1   2   3   4
Bog'liq
bulutli texnologiyalar


Bulutli texnologiyalar

Reja:

  1. Bulutli texnologiyalar tushunchasi va paydo
    bo‘lishining tarixi



  1. Bulutli texnologiyalar va bulutli hisoblash



  1. Bulutli hisoblash xizmatlarini yetkazib berish
    modellari

An’anaviy iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyotga aylantirishda muvaffaqiyatga erishish uchun malakali kadrlar tayyorlashsiz muammoli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli buyrug‘i asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalavrlarni tayyorlash uchun raqamli iqtisodiyot fakulteti ochildi va Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakulteti negizida raqamli iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha magistratura ochildi.


Raqamli iqtisodiyot – dunyo iqtisodiyotida yangi yo‘nalish. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bu yo‘nalishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa, boshqalari bu yo‘nalishda ilgarilab borishmoqda.
Shu sababli, o‘z iqtisodiyotlarini raqamli iqtisodiyotga aylantirishga kirishgan deyarli barcha mamlakatlar bir xil muammoga duch kelmoqdalar - raqamli iqtisodiyotda milliy tillarda malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan o‘quv va ilmiy adabiyotlarning etishmasligi.

Bulutli texnologiyalar tushunchasi va paydo bo‘lish tarixi
Ushbu atamaning paydo bo‘lish tarixini ko‘rib chiqishda javob berish kerak bo‘lgan eng muhim savol bu – "bulut" atamasining ta’rifidir . "Bulut" atamasini birinchi marta kim ishlatganligini aniq aytish hali ham mumkin emas, ammo ba’zi manbalarga ko‘ra, atamaning kelib chiqishi kompyuter aloqasi infratuzilmasi chizmalarida bulutlardan foydalanish an’anasini bilan bog‘lash mumkin. Umuman olganda, "bulut" atamasi "Internet" atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi, ma’lum hollarda esa "bulut" uzoq serverlar, shuningdek, tarmoq infratuzilmasi yoki barchasi tushunilishi mumkin .
"Bulut" tushunchasi inqilobiy kontseptsiyasi emas, maynfreym (ta’lim muassasalari va korporatsiyalar) tng yuqori samaradorlikni va foydani olish uchun uning quvvatlarini optimal yuklab olishga harakat qilgan XX asrning 50-yillarida g‘oya va texnologiyalardan vujudga kelgan bo‘lib evolyutsion kontseptsiasi hisoblanadi.
Optimallashtirishga intilish foydalanuvchilar vaqtincha asosda uzoqdan kirish haqidagi g‘oyani paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldiva buning uchun mavjud bo‘lgan barcha resurslar va vaqtdan foydalangan.
Bulutli hisob-kitoblar kontsepsiya tarixida 1960-yilda sun’iy intellekt sohasida amerikalik mutaxassisi Djon Makkarti (John Mackarthi) "hisoblash imkoniyatlar biron kun ochiq bo‘lishi mumkin", ya’ni uning hisoblash imkoniyatlari foydalanuvchilarga xizmat (servis) sifatida taqdim etishni taklifi ahamiyatli bo‘lgan.
Keyinchalik 70-yillardan boshlab to XX asrning 90- yillargacha bulutli texnologiyalar rivojlanishi komminikatsion va tarmoq texnologiyalar nomukammalligi tufayli sekinlashdi.
Bulut hisoblashni konseptuallshtirishning keyingi qadamlari veb sayt ko‘rinishda obuna orqali taqdim etiladigan Salesforce.comning CRM -tizimining (1999) paydo bo‘lishi va Amazon.com (2002-y.) kitob magazini orqali xizmatlar taqdimetishiboshlanishihisoblanadi.
Bulutli texnologiyalarning rivojlanishining avjiga yetishi 2006-yilda Amazon Web Service (AWS)ing Amazon platformaning ishga tushurilishi bilan bog‘liq. Kompaniya ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini modernizatsiya qilib, ko‘plab kompyuter infratuzilmalar kabi umumiy hajmining atigi 10%ni ishlatgan. Amazon bulutli hisoblash bozorini ochishda muhim rol uynadi va shu bilan o‘z resurslarini optimallashtirib, ilgari ishlatmay qolgan manbalardan foyda olishni o‘rgandi.

Download 401.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling