Bulutli texnologiyalar va ularni o’quv jarayoniga qo’llash mundarija
III BOB BULUTLI LMS PLATFORMALARI
Download 1.83 Mb.
|
BULUTLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNI O’QUV JARAYONIGA QO’LLASH 2221
III BOB BULUTLI LMS PLATFORMALARI
3.1 Bulutli platforma — o‘z xizmatlarini foydalanuvchi resurslariga bog‘liq bo‘lmagan holda taqdim etuvchi platforma. Korporativ — bir vaqtda bir necha hududdan turli pog‘onalarda boshqariluvchi tarmoq. LMSning bulutli platformalari. O‘quv kursining materiallari LMSning bulutli platformalarida web-xizmatni taklif etuvchining server kompyuteriga joylashtiriladi. LMSning bu turini ta’lim muassasasi yoki tashkilotning server kompyuteriga o‘rnatib bo‘lmaydi. LMSning bulutli platformalari web-xizmat (masalan, pochta xizmati kabi) prinsipi asosida ishlaydi, ya’ni web-xizmat taklif etilgan manzil orqali ro‘yxatdan o‘tgandan keyin o‘quv kurslarini yaratish mumkin. Buning uchun web-xizmat o‘zining serveridan joy ajratadi va barcha ma’lumotlar ushbu serverda saqlanadi. Foydalanuvchi esa bunga o‘ziga kerakli materiallarini yuklashi, ta’lim oluvchilarni qo‘shishi va onlayn ta’lim jarayonini yurgizishi mumkin. LMSning bulutli platformalaridan, asosan, korporativ ta’limda foydalaniladi. LMSning bulutli platformalari: iSpring learn, Google classroom, Schoology, Loop, Learn Amp va boshqalar. Serverga asoslangan LMSlar tashkilot yoki ta’lim muassasasining serveriga o‘rnatiladi. Bu esa foydalanuvchilarga tizimga korporativ login va parol yordamida kirish imkonini beradi. Barcha ma’lumotlar tashkilot yoki ta’lim muassasasi server kompyuterida saqlanadi. Buning uchun esa LMSni o‘rnatish, sozlash, uning tashkilot yoki ta’lim muassasasi dasturiy ta’minotlari bilan integratsiyasini ta’minlash lozim. Asosan, ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarida foydalaniladi. Serverga asoslangan LMSlar: Moodle, BlackBoard, Canvas, Absorb LMS va boshqalar CMS bilan integratsiyalashgan LMSlarda LMS funksiyalarini bajaruvchi maxsus dasturlar CMSga qo‘shiladi va CMSning imkoniyatlarini kengaytirib beradi. CMSning tarkibida alohida o‘quv kurslar bilan ishlovchi qism xizmat qiladi. Bunday tizimlar onlayn maktab va kurs ochishni xohlovchilar uchun qulay hisoblanadi. CMS bilan integratsiyalashgan LMSlar: LearnDash (wordpress), joomla, drupal, wix. BULUTLI LMS INTERFEYSI Schoology (https://www.schoology.com/) — ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan bulutli LMS. Schoology Google Drive, Microsoft OneDrive, Blackboard Collaborate, Moodle, PowerSchool, Evernote va YouTube bilan birlasha oladi. Shuningdek, u maktab ma’lumotlari tizimi bilan sinxronlashadi.O‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan o‘quv materiallari va topshiriqlar yuzasidan fikr almashish hamda o‘quvchilar va ularning ota onalari bilan uyushgan holda aloqa o‘rnatish imkoniyatini beradi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling