1.42-rasm. Uch fazali transformator chulg‘ami rostlovchi ulanishlarining sxemalari
1.43-rasm. QSRU kontaktlarini ulash
YUUR ishlash prinsipi chulg‘am o‘ramlari sonini chulg‘amdagi qo‘shimcha o‘ramlardagi ulanishlar yordamida boshqarishga asoslangan. Biroq, bir qo‘shimcha o‘ramdan ikkinchi qo‘shimcha o‘ramga ulash tokning zanjirini uzmasdan bajariladi. Shu maqsadda chulg‘amning har bir fazasini maxsus qayta ulovchi moslama bilan ta’minlanadi. Moslama reaktor R, ikki klemma K1 va K2, xamda ikki xarakatlanuvchi P1 va P2 kontaktlardan iborat (1.44,a-rasm).
YUUR apparatlari transformator umumiy bakida joylashtiriladi, uning qayta ulanishi esa (boshqarish shchitidan) avtomatlashtiriladi. YUUR li transformatorlar kuchlanishni, aksariyat, 6-10% ga rostlashga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Transformator quvvati yanada oshganda YUUR apparatlari yanada qo‘polroq va yanada kattalashgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |