Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)


Tuzatish koeffitsientlarni hisob olish: 2


Download 157.04 Kb.
bet37/44
Sana02.06.2024
Hajmi157.04 Kb.
#1834323
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Bog'liq
Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)-fayllar.org

1. Tuzatish koeffitsientlarni hisob olish:

2. Kosinus qonuni-bu nuqtasimon manbaning yoritilganligini o‘zgarish qonunidir. Lyuksmetrni ko‘rsatkichi faqat 0°dan 60° gacha bo‘lgan oraliqqa to‘g‘ri keladi.

Fotoelement yuzasiga nisbatan kichik burchak (<30°) ostida joylashgan yorug‘lik manbalaridan yoritilganlikni o‘lchayotganda-xatolik paydo bo‘lish mumkin.


Bunday hollarda, manba yorug‘lik kuchi yo‘nalishiga peripendikulyar bo‘lgan tekislikdagi yoritilganlikni o‘lchanishi va yoritilganlikni olingan qiymatini gorizontal tekislik normali bilan yorug‘lik manbasi yo‘nalishi orasidagi burchak kosinusiga ko‘paytirish lozim.


3. Galvonometr qarshiligi F.E. ning ichki qarshiligidan ancha kichik bo‘lishi kerak, chunki yoritilganlik toqqa mos bo‘lishi kerak.

4. YOritilganlik o‘lchanayotganda, harorat koeffitsienti kiritilishi kerak, agar asbob darajalanayotgan vaqtidaga sharoit o‘lchanayotgan sharoitdan farq qilsa.

Rang harorati - qora jism harorati bo‘lib, bunda uning nurlanish rangi shu jismning nurlanish rangiga to‘g‘ri keladi.

5. Selenli F.E. vaqti bilan eskiradi, shuning uchun doimiy tekshiruvni amalga oshirib turish lozim.
Nazorat savollari:
  1. Fizikaviy yorug‘lik o‘lchovlarning avzalliklari?


  2. Ventili fotometriyani ishlash prinsipini tushuntirib bering?


  3. Tashqi fotoeffektli fotoelementli ishlash prinsipini tushuntirish?


  4. Ob’ektiv fotometriya yordamida yoritilganlik amaliyotda qanday o‘lchanadi?





15-MA'RUZA (2 soat)
Yortish asboblari turlarini tanlash

Reja:

1. Nominal quvvat.

2. YOrug‘lik parametrlari.

3. YOrug‘lik oqimi.
Gaz razryadli chiroqlarida, nominal kuchlanish degan parametr yo‘q. CHunki, chiroqdagi kuchlanish, uni ulash uchun qo‘llaniladigan ishga tushirishni sozlovchi asbob (PRA) xarakteristikalari bilan aniqlanadi.

Jadvalda, chiroqdagi ish kuchlanishi qiymati beriladi va uning eng katta og‘ishi voltda ko‘rsatiladi.


Nominal quvvat

Bu gaz razryadli chiroqlarining asosiy parametri hisoblanadi. LCH chiroqlarining boshqa parametrlari, (ular tajribadan olinadi), chiroqda o‘lchanadi. CHiroq tarmoqqa, namunali o‘lchov drosseli (g‘altak) bilan ulanadi, bunda kuchlanish shunday bo‘lishi, kerakki, chiroq sarflagan quvvat nominalga teng bo‘ladi.


Tarmoqdan sarflangan quvvat, chiroqning o‘zini va PRA ning quvvatlari yig‘indisiga teng.
Har qaysi lyuminessent chiroqlar, quyidagi quvvatlarga ishlab chiqariladi: 15, 20, 30, 40, 65, 80 Vt. CHiroqning quvvatiga qarab, uning uzunligi va diametri o‘zgaradi.
Tok turi

O‘zgarmas va o‘zgaruvchi toklar, gaz razryadli chiroqlari uchun me’yorlanadi. Tok turi o‘zgarishi bilan, ularning xarakteristikalari ham o‘zgaradi.

Bu parametrlaridan tashqari: razryad turi va nurlanish sohasi ko‘rsatiladi.


Download 157.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling