Bunday qayta ko`rib chiqishlar, me`yorlashtirishlar, o`zgartirish kiritishlarni belgilovchi asosiy ko`rsatkich (kriteriya) bu ishlab chiqarishning o`ziga xos xususiyatidir


Download 7.54 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.54 Kb.
#1564876
Bog'liq
Xulosa


Xulosa

So’ngi yillarda fermer xo’jaliklarida moliyaviy hisobotlarni tartibga solish va me`yorlashtirish bo`yicha davlat tomonidan chiqarilayotgan va tasdiqlanayotgan hujjatlarda izoh sifatida korxonalar ishlab chiqarishning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, hamda xarajatlarning turlaridan kelib chiqqan holda bu hujjatlarni qayta ko`rib chiqishi va uni hisob siyosatida ko`rsatish ta`kidlangan. Masalan, «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish bo`yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi to’g`risidagi» nizom hamda BHMS ning 21 – « Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning moliyaviy – xo`jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi va uni qwllash bo`yicha ko`rsatma» nomli standart va shu kabi ishlab chiqarishga taalluqli boshqa hujjatlarda bu talablar ko`rsatib o’tilgan.


Bunday qayta ko`rib chiqishlar, me`yorlashtirishlar, o`zgartirish kiritishlarni belgilovchi asosiy ko`rsatkich (kriteriya) bu ishlab chiqarishning o`ziga xos xususiyatidir. shu nuqtai nazardan oladigan bo`lsak, tarmoqqa mos holda xarajatlarni guruhlash, hisobga olish va hisobdan chiqarish tamoyillarini hamda buxgalteriya hisobi schyotlarining ishchi rejasi kabilarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish o’z samarasini beradi degan fikrni bildirish mumkin.
Ushbu mavzu borasida ilmiy izlanish olib borish davrida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobi va boshqaruv tahlilining hozirgi zamon muammolari ko’tarilib, ularni bartaraf qilishda tegishli taklif, tavsiya, fikr va xulosalar bildirildi. Ulardan birinchisi, fermer xo’jaliklarida moliyaviy hisobotlar tizimini nazariy asoslarini o`rganib, bu boradagi takliflarni keltirish, ikkinchisi, hozir iqtisodiyot kundan kunga rivojlanib borayotgan davrda moliyaviy hisobotlar va buxgalteriyani xorijiy me’yor va standartlarga javob bera olishiga ishonch hosil qilish va yangi kirib kelayotgan texnologiyalar bilan fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarishni takomillashtirish natijasida samaradorlikka erishishdir.
Keltirilgan fikrlar asosida shunday xulosa qilish mumkinki, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida olib borilayotgan hisob siyosatida buxgalteriya hisobi turlarining tutgan o’rni va ahamiyati bir xil emas va ularni o’rnini belgilovchi ko`rsatkich bo’lib, tarmoq ishlab chiqarishining o`ziga xos xususiyati xizmat qiladi.
Hozirgi kunda ko’pchilik fermer xo’jaliklari va ishlab chiqarish bilan shug’ulanayotgan korxonalar xalqaro standartlar asosida ish yuritishni boshlagani bilan, ammo “Qudratli Jahongir” fermer xo’jaligi bu jarayonga astalik bilan o’tmoqda.Fermer xo’jaligining hozirgi kundagi asosiy maqsadlaridan biri
“Qudratli Jahongir” fermer xo’jaligining asosiy oldiga qo’ygan maqsadlari :

  1. Moliyaviy hisobotlarni meyoriy standartlar va qonunlar asosida yuritilishini taminlash va nazorat qilish;

  2. Yangi texnologiyalar ishlab chiqarishga kirgazish, yangi usullar va ishlab chiqarish tizimlarini tahlil qilib eng maqbul bo’lgan yo’llarni sinab ko’rish;

  3. O’zbekiston bo’ylab turli viloyatlar ayniqsa poytaxtda yangi paxtachilik bilan shug’ullanuvchi fermer xo’jaligini ochish;

  4. O’z faoliyatini jahon investorlariga ko’rsatgan holda ularni jalb qilish;

Qilingan xulosalar va keltirilgan takliflar bizning fikrimizcha, fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va ularni takomillashtirishga urinish yanada ish suratini oshishiga va samaradorlikni ortishiga yordam beradi deb hisoblaymiz va bu moliyaviy hisob ma`lumotlaridan foydalanuvchilar uchun zarur ma`lumotlar bilan yanada to’liq va ishonchli ta`minlanishlariga ishonch hosil qilamiz. Keltirilgan takliflarni fermer xo’jaliklarining moliyaviy hisobotlaridani tuzishda qo’llanishi fermer xo’jaligi faoliyatini rivojlantirish bilan bog`liq tegishli qarorlarni to’g’ri qabul qilinishini ta`minlaydi.
Download 7.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling