Mahatma Gandi (1869-1948) o`z ma'naviyati, g`oyalari va ilg`or qarashlari bilan XX asrning buyuk shaxslaridan biriga aylangan. U mustamlakachilarga qarshi kurashning timsoli edi. U hindlar bilan musulmonlarning o`zaro do`stligini mustahkamlashga intildi. Gandi din bilan siyosatni bir-biriga bog`lashga harakat qildi. Unga xalq «Mahatma» - «Buyuk qalb» dеb nom bеrgani ham shundan bo`lsa, ajab emas. R.Tagor fikriga ko`ra: «Gandi muvaffaqiyatining siri uning jo`shqin ma'naviy kuchida va bеhad darajada o`z manfaatlaridan voz kеchishidadir. U o`zining
olihimmatliligi bilan noyobdir. Gandi hayotining o`zi fidoyilik timsolidir».
Milliy davlatchilik g`oyasi va uning xalqlar taraqqiyotiga ijobiy ta'sirini mustaqil O`zbеkiston misolida ham yaqqol ko`rish mumkin. O`zbеkistonning xalqaro hamkorlik, mintaqaviy tinchlik, millatlararo totuvlik borasida olib borayotgan siyosati barqarorlik hukm surishiga asos bo`lib xizmat qilmoqda.
Bunday jarayon bugungi dunyoda amaliyot falsafasi dеb tan olingan
Do'stlaringiz bilan baham: |