Burchaklar metodi


Download 0.66 Mb.
bet11/63
Sana08.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#249333
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
Bog'liq
DARS METODLARI(1)

Buruniy guruhi:

Yorug'lik zarrachadir, uning sinish hodisasi eramizdan 350 yil oldin yashagan Aristotelga ma'lum bo’lganligini yana bir marta ta'kidlab quyidagilarni qo’shimcha qilmoqchiman. Buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton yorug'likni quyosh tanasidan ketma-ket chiqib kelayotgan yorug'lik zarralarining oqimi deb qarab, bu zarralarning tarqalish harakatini to’g'ri chiziqli deb hisoblaydi. Bu ta'limot Nyutonning korpuskulyar nazariyasi deb ataladi.

Ibn Sino:

1802 yilda ingliz fizigi Yung yorug'likning interferentsiya hodisasini tajribada o’rgandi. 1815 yilda Gyugens prinsipini Frenel to’ldirdi.

Beruniy guruhi:

Yorug'lik zarrachadir 1887 - 1888 yillar fotoeffekt hodisasi aniqlandi, 1900 yilda yorug'lik bosimi Lebedov tomonidan o’lchandi.

Ibn - Sino:

"Yung yorug'lik interferentsiyasi hodisasini tajribada o’rgandi" deb yana bir marta ta'kidlab quyidagilarni qo’shimcha qilmoqchiman. Bular yoruo'likning to’lqin ekanligini tasdiqlaydi. Yung yoruo'lik to’lqinining ko’ndalang ekanligini isbotladi. 1846 yilda Faradey yoruo'lik hodisalari bilan elektromagnit hodisalari orasida bog'liqlik borligini topdi.Maksvell nazariy tadqiqotlari bilan yoruo'likning elektromagnit to’lqin ekanligini ochdi.

"Do’stlar. Bahsni to’xtatinglar. Biz o’tirganlar sizlarni tinglab shunday xulosaga keldikki yoruo'lik ham to’lqin, ham zarracha xususiyatiga ega bo’lgan elektromagnit to’lqinlar ekan. Yorug'likning qaytishi, sinishi, nurlanishi, yutilishi zarracha ekanligini isbotlasa, yorug'likning difratsiyasi, interferensiyasi, qutublanishi kabi hodisalar uning to’lqin ekanligini isbotlaydi.

Lazer yaratilgandan so’ng o’sha bir vaqtning o’zida yorug'lik o’zining zarracha va to’lqin ekanligini o’zi isbotlaydi".

Bahsning oxirida "Ibn Sino" va "Beruniy" guruhidagi o’quvchilar betaraflarga qo’shilganliklarini e'lon qiladilar.

Nyutonning birinchi qonuni o’rganilgandan so’ng quyidagi muammo ustida Debat (bahs) tashkil etganda o’quvchilar juda ham faol qatnashadilar.

Muammo: "Inersiya hodisasi foydalimi? yoki zararli?" o’quvchilar bu muammoga "ha" "foydali" va "Yo’q" "zararli" deb munosabat bildiradilar. "Ha" degan o’quvchilar guruhi o’zini guruhiga "Farobiy", "Yo’q" degan o’quvchilar guruhiga "Ahmad Donish " deb nom qo’ydi. Betaraflar o’rta qatordagi partada o’tirdilar.

Bu guruhlar o’z nuqtai nazarlarini quyidagi fikrlar bilan yoqladilar.

Farobiy guruhidan 1 o’quvchi:

Inersiya hodisasi foydali. Inersiya bizlarga elektroenergiya hamda yoqilg'ini tejashga imkon beradi.

Masalan: Elektrovoz mashinisti manbani o’chirib qo’ydi, elektrovoz esa inersiya hodisasi natijasida o’z harakatini davom ettiradi.

Ahmad Donish guruhidan 1 o’quvchi:

Inersiya hodisasi zararli. U hayotda faqat halokatlarni tug'diradi.

Misol: Yo’lni kesib o’taman deb bola mashina ostiga tushdi, shikastlandi. Bunga (shofyor) haydovchi emas inersiya hodisasi sababchi. Shofyor tormoz berdi, inersiya hodisasi tufayli mashina o’z harakatini davom ettirdi.

Farobiy:

Inersiya hodisasi foydali. Termometr asbobining ishlashi inersiya hodisasi tufaylidir. Asbobni bir marta silkitib qoqib qo’ygandan keyin simob inersiya tufayli pastga tushadi.

Yangi o’lchashlarga tayyor bo’ladi.

Ahmad Donish.

Inersiya hodisasi zararli ishni tugatib stanokni o’chirgan kishi qo’lini olishga ulgura olmadi. Natijada barmoqlaridan ajraldi. Betaraflardan

1 o’quvchi turib quyidagi fikrlar bilan Debat (bahs) ni tugatishni taklif qildi. "Biz bahsdan shunday xulosaga keldikki inersiya hodisasi foydali ekan, lekin e'tiborsizlik qilsak zararli bo’lib qolar ekan. Zararsiz bo’lib qolishi uchun yo’l harakati qoidalariga rioya qilib yo’ldan o’tish kerak. Avtomobilni to’xtatish uchun tormozni bosgandan so’ng ham inersiya hodisasi tufayli u o’z harakatini davom ettirishni hisobga olish lozim. qolaversa erkin g'ildirash yo’li borligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Inson tabiatda bo’ladigan hodisalarni o’rganib, undan to’g'ri foydalanishi lozim. o’quvchilar betaraflar guruhiga qo’shilganliklarini e'lon qiladilar




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling