Burchaklar metodi
Imkoniyat sharti (II guruh)
Download 0.66 Mb.
|
DARS METODLARI(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbir oxirida g’olib guruh aniqlanib, rag’batlantiriladi. Fizika ta’limida pedagogi texnologiyalardan foydalanish.
Imkoniyat sharti (II guruh)
1. Kunduz kuni ko’rarsan, birga yurar sen bilan tunda esa ko’rinmas, bilmam ketdi kim bilan (soya) 2. O’zi qop-qora bir tosh Vujudida bir otash (ko’mir) 3. Bir burchakda so’zlaydi Ham chaladi kuylaydi Hamma uning so’zlagan Xabarini tinglaydi (radio) 4. Bir daraxtda 12 butoq Har butoqda o’ttiz yaproq Yarpoqning bir yog’i qora bir yog’i oq. (yil, oy, kecha, kunduz) 5. Qanday idishni to’ldirib bo’lmaydi? (teshik idishni) 6. Asaldan shirin, zahardan achchiq - (so’z) 7. Dengiz ostida qanday tosh bo’lmaydi? – (quruq tosh) Tadbir oxirida g’olib guruh aniqlanib, rag’batlantiriladi. Fizika ta’limida pedagogi texnologiyalardan foydalanish. Mavzu. Aqliy hujum, Bumerang Charxpalak texnologiyalari. Trening haqida tushuncha Ushbu texnologiya o`quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o`rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so`zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o`quvchilarni baholay olishga qaratilgan. Mazkur texnologiya bir mashg`ulot davomida o`quv materialini chuqur va yaxlit holatda o`rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo`naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo`lgan mavzularni o`rganishga yaroqli bo`lib, o`z ichiga og`zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg`ulot davomida har bir ishtirokchilarining turli topshiriqlarini bajarishi, navbat bilan o`quvchi yoki o`qituvchi rolida bo`lishi , kerakli ballni to`plashiga imkoniyat yaratadi. “Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi: xotirani, g`oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og`zaki shakllarda bayon qilish ko`nikmalarini rivojlantiradi. Ta`lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: -jamoa bilan ishlash mahorati: - xushfe`llik - ko`nikuvchanlik - o`zgalar fikriga hurmat - faollik - rahbarlik sifatlarini shakllantirish - ishga ijodiy yondashish - o`z faoliyatining samaralimbo`lishiga qiziqiszini xolis - o`zini xolis baholash. Asosiy tushunchalar quyidagilar: Ochiq savollar- bu savollar muomala, so`zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas. Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha”yoki “yo`q” tipidagi to`g`ri, ochiq, javoblarini berishni ko`zda tutadi. Ko`ndalang so`roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo`lib, bu o`ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ko`ndalang so`roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
Trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va guruh holatida o`zlashtirib olishlari hamda o`zaro suhbat-munozara orqali, turli savollar orqali tarqatma materiallar, undagi matnlar qay daraja o`zlashtirilganini nazorat qilish. Trening davomida o`quvchilar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling