Burgʼi quduqlarida termik tadqiqotlar termokarotaj Neft sanoatida ilk tizimli geofizik kuzatuvlar 1906


Download 230.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.04.2023
Hajmi230.13 Kb.
#1397455
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8- лекция. BURGʼI QUDUQLARIDA TERMIK TADQIQOTLAR



BURGʼI QUDUQLARIDA TERMIK TADQIQOTLAR 
Termokarotaj 

Neft sanoatida ilk tizimli geofizik kuzatuvlar 1906
– 1916 yy.da mashhur rus neftchi-
geologi D.V.Golubyatnikov Ozarbayjon va Dogʼistondagi 300 dan ortiq neft quduqlarida
harorat o
ʼzgarishlarini tekshirib koʼrdi. Ushbu kuzatuvlar orqali u neft quduqlarining neft 
mavjud intervallarida harorat ortishi mumkinligini aniqlanadi. Olingan maʼlumotlar neft
sanoati va geologik masalalarni yechishda geofizik usullar orqali aniqlash imkoniyati
mavjudligini birinchilardan boʼlib isbotladi.
Quduqlardagi termometrik tadqiqotlar 1931-1932 yillarda elektro-termometrlar ishlab 
chiqarishga joriy qilinganidan keyin keng rivojlandi. 1952
– 1958 yy.da V.N. Daxnov va D.I.
D
yakonovlarning ishlarini umumlashtirish asosida burgʼi quduqlarida termik tadqiqotlarni 
qoʼllash geologik va neft sanoatida koʼplab masalalarni yechishda anchagina samarali 
ekanligini koʼrsatdi.
Shunday qilib, burgʼi qudugʼida haroratni oʼlchash usuli - termokarotaj deb ataladi. 
Termokarotaj usulida quduqning geologik kesimidagi jinslardan tarqalgan tabiiy va sunʼiy
harorat maydonlarni oʼlchashga asoslangan. Shu maydonlarni oʼrganish uchun quduqda
uzluksiz harorat yoki haroratlar ayirmasi
oʼlchanadi.
Burgʼi quduqlarida haroratni oʼlchash usuli ikki xil boʼlib, birinchisi quduqdagi tabiiy
issiqlik maydonini oʼlchash bo’lsa, ikkinchisi sunʼiy yoʼl bilan zondda joylashuvchi 
qizdirilgan elektrodli oʼram quduqqa tushirib issiqlik maydoni hosil qilish orqali togʼ jinslari
fizik xususiyatlaridan biri bo’lgan issiqlik oʼtkazuvchanlik xususiyati boʼyicha quduq kesimi 
oʼrganiladi.



Download 230.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling