Reja: - 1. Burg‘ilarning qо‘llanilishi va ularning tavsifi.
- 2. Parrakli burg‘ilar.
- 3. Sharoshkali burg‘ilar.
- 4. Jins yemiruvchi asboblarning tasnifi.
- 5. Yaxlit olmosli burg‘ilar.
- 6. Olmos burg‘ilar va sintetik polikristal bilan armaturalangan burg‘ilar.
- 7. Maxsus mо‘ljallangan burg‘ilar.
- 8. Kern oluvchi va kо‘taruvchi uskunalar.
- 9. Kernlarni chiqarishga ta’sir qiluvchi kuchlar va burg‘ilash boshchalari.
- Burg‘i – bu ishchi uskuna hisoblanib, jinslarni parchalash (yemirish) va quduqlarni burg‘ilash jarayonida tubini chuqurlashtirish vazifasini amalga oshiradi. Tog‘ jinslarining fizik- mexanik xossalariga bog‘liq ravishda burg‘i har xil samara beradi. Bir xil jinslar zarba yoki maydalash natijasida yaxshi parchalanadi, boshqasi esa qirqish yoki siljitishda, uchinchisi aralash harakatlarda yaxshi parchalanadi. Qattiq tog‘ jinsini katta yemiruvchi kuchlanishli burg‘i yordamida burg‘ilash; yumshoq bir jinsli uchun – siljituvchi – parchalovchi kuch va uzun о‘tkir tishli burg‘i va hokazolar qо‘llaniladi.
- Qо‘llanilishi bо‘yicha burg‘ilar uchta turga bо‘linadi:
- 1) yaxlit burg‘ilovchi burg‘ilar–quduqning tubini radial yuzasi bо‘yicha yemiradi;
- 2) kolonkali burg‘i–kern olish uchun quduq о‘rta qismini qoldirib burg‘ilash;
- 3) maxsus ishlar uchun burg‘i–tizmadagi sement toshini, qiya ustunni, quduqning qiyshiqligini tо‘g‘rilashda, quduqning ustunini kengaytirishda qо‘llaniladi. Yaxlit va kolonkali burg‘ilashda qо‘llaniladigan burg‘ilar chuqur quduqlarni burg‘ilash uchun mо‘ljallangan. Bu turdagi burg‘ilar har xil turda ishlatiladi va ularning ichidan kerakli о‘lchamdagi burg‘ilarni tanlash mumkin.
- Maxsus turdagi burg‘ilar–burg‘ilangan quduqlarni qayta burg‘ilash, kengaytirish, yon devorlarni tiklash va quvurlarni о‘rnatish uchun qо‘llaniladi.
- Bu turdagi burg‘ilar texnik sharoitga muvofiq, maxsus institut va zavodlar tomonidan tayyorlanadi. Mustahkamlash quvurlarining о‘lchamlariga muvofiq, burg‘ilar quyidagi о‘lchamlarda ishlab chiqariladi: 46,59,76,93,97,112,118,132,125,140,145,151,161,172,190,214,243,269,295,320, 376,394,445,490 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |