Burg'ilash chig'iri va uning zamonaviy turlari Reja


Download 10.15 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi10.15 Kb.
#1834935
1   2   3   4
Bog'liq
Burg\'ilash chig\'iri va uning zamonaviy turlari

2. Parrakli burg‘ilar

  • Hozirgi paytda ikki parrakli (2l) va uch parrakli (3l) yuqori qismi qulf rezbali burg‘ilar, burg‘ilash quvurlarining birikmasi yoki tub dvigateli bilan biriktiriluvchi, pastki qismidagi ikki va uch parraklar bir-biri bilan 180 va 120 burchak ostida joylashtirilgan bо‘ladi.
  • Ikki parrakli (2l) burg‘i bir-butun, uch parrakli (3l) burg‘i esa payvandlangan holda tayyorlanadi. Shtampali parraklar yaxlit korpusga tо‘liq tegib turish konturi bо‘yicha payvandlanadi. Parrakli burg‘ilarning zamonaviy konstruksiyasiga ikkita va uchta yuvuvchi teshiklar о‘rnatiladi, burg‘ilash quvurlarining birikmasi orqali yо‘naltirilgan yuvuvchi eritmalarni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri quduq tubiga yetkazib beradi. Burg‘ilarning teshiklari oralig‘i 2/3 R kattalikda parmalanadi.

6.1-rasm. Ikki parrakli burg‘i: a) yuqori yuvuvchi teshikli b) pastki qismida yuvuvchi teshikli

  • Parrakli burg‘ilar yumshoq va plastik xossali tog‘-jinslarini burg‘ilashda qо‘llaniladi. Yuvuvchi teshiklarning bunday teshilishi, undan keladigan suyuqlikning oqimi parraklar harakatining oldi qismiga tushib, quduq tubidagi maydalangan jinslarni tozalashga imkoniyat yaratadi. Shu bilan birgalikda parraklar doimiy ravishda yuvilib turiladi va yopishgan zarrachalarni ham quduqning tubidan uzoqlashtiradi.
  • Quduqlarni burg‘ilash jarayonida yuvuvchi eritmalarni kerakli miqdorini va tezligini ta’minlash qiyin bо‘ladi. Shuning uchun burg‘ilarga maxsus о‘rnatiladigan almashtiruvchi kiydirma quvurchalar (nasadka-kalta quvurcha) ishlab chiqilgan. Gidravlik qarshilikni kamaytirish uchun kalta quvurdagi eritma chiqadigan teshikning diametri bir oz kichraytirilgan holda bо‘ladi. Almashtiriladigan kiydirmali quvurlar qattiq qorishmali mineral keramikadan tayyorlanadi, yuvuvchi teshikka yog‘ va neftga chidamli rezinali halqa yordamida о‘rnatiladi. Bosim 6 MN/m2 oshib ketganda uning germetikligi ta’minlanadi. (60000/10000 = 6 kg/sm2)
  • “Uralburg’ilashmash” OAJ tomonidan ishlab chiqariladigan frezerli qattiq qotishmalar bilan qurollantirilgan har xil tayanch konstruksiyali uch sharoshkali burg’i.

Download 10.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling