5. Yaxlit olmosli burg‘ilar. - Olmosli burg‘ilar turbobur va rotor usullarda tik va qiya yо‘naltirilgan quduqlarni burg‘ilash uchun mо‘ljallangan, qumoq, dolomit, ohaktosh va boshqa jinslarni burg‘ilashda qо‘llaniladi. Bunday turdagi jinslar sharoshkali burg‘ilar yordamida burg‘ilanganda samaradorligi pasayib ketadi.
- Olmosli burg‘ilardan tо‘g‘ri foydalanish uchun:
- Yuqori tezlikda burg‘ilash.
- Kо‘tarib-tushirish jarayonlari sonini qisqartirish.
- Vositalarni tejash.
- Tik quduqlarni burg‘ilashda egrilanishiga yо‘l qо‘ymaslik.
- Olmosli burg‘i ham parrakli burg‘iga о‘xshash bо‘ladi, mustaqil harakatlanadigan qismi yо‘q. Hozirgi paytda quyidagi turdagi olmosli burg‘ilar ishlab chiqariladi. Spiralli, sektorli va pog‘onali, diametrlari №6-140 mm. № 8-188 mm va № 9-212 mm-li va sharoshkali burg‘ilarning diametrlaridan 2÷3 mm-ga kichik bо‘ladi.
- Chuqur quduqlarni tubini metall narsalardan va yirik bо‘lakli jinslardan tozalash ishlari VNIIBT (Rossiya davlatidagi Butun ittifoq burg‘ilash texnikasi ilmiy tekshirish instituti) tomonidan ishlab chiqilgan usullar yordamida amalga oshiriladi.
- olmos burg‘ini tushirishdan oldin quduqni metall va yirik qо‘yqumlardan tub quyqum о‘lchagich va sharoshkali burg‘i yordamida ikki – uch reys harakati bilan tozalanadi;
- quduq ustunini va tubini tozalash uchun qо‘yqum о‘lchagichlarni qо‘llab qо‘shimcha reys qilinadi. Olmosli burg‘i bilan turbinli burg‘ilashda quduq tubidan maydalangan jins zarrachalarni chiqishini jadallashtirish uchun turbobur valiga g‘ilof qaytargich о‘rnatiladi. G‘ilof –qaytargich turbobur nippelidan chiqadigan oqim yо‘nalishini о‘zgartiradi va burg‘ilangan jinslarni chiqishini yaxshilaydi.
7. Maxsus mо‘ljallangan burg‘ilar. - Kolonkali burg‘i: har qanday kolonkali burg‘i konstruksiyasiga bog‘liq bо‘lmagan holda quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan:
- 1. namuna olinadigan jinslarning atrofini parchalovchi burg‘ilash kallagi;
- 2. tashqi korpusi;
- 3. namunalarning chiqishini ta’minlovchi-ichki kolonka quvuri;
- 4. namunalarni ushlagich.
- Ishlatish qoidasiga muvofiq burg‘ilar doimiy kolonkali quvurlar va doimiy bо‘lmagan grunt tashuvchi turlarga bо‘linadi.
- Doimiy kolonkali quvurlar bilan namunalar qazilganda ularning chiqarib olish paytida butunlay kolonka chiqariladi. Bu esa ishni samaradorligini pasaytirib yuboradi.
- Burg‘ilar bilan birgalikda grunt tashuvchi olinganda maxsus arqondagi ushlagich yordamida namunalar chiqarib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |