Burg`ilash ishlarida xavfsizlik qoidalari
Download 25.16 Kb.
|
1 2
Bog'liqReja Burg`ilash ishlarida xavfsizlik qoidalari
Mavzu: Burg`ulash portlatishda xavfsizlik qoidalari Reja:
Burg`ilash ishlarida xavfsizlik qoidalari Portlatish ishlarida xavfsizlik qoidalari Burg`ilash ishlarida xavfsizlik qoidalari 1. Burg`ilash ishlari texnik hujjatlarga (loyihalarga, burg`ilash-portlatish ishlari uchun ham, yoxud pasportlarga), quduqlarni burg`ilash esa har bir burg`lash usuli (termik, sharoshkali va shu kabi) uchun namunaviy yoʼriqnomalar asosida korxona tomonidan ishlab chiqilgan yoʼriqnomalarga muvofiq ravishda bajarilishi kerak. 2. Burg`ilash stanogi pog`onaning qulash prizmasidan tashqari rejalashtirilgan maydonchaga oʼrnatilishi, quduqlarni birinchi qatorini burg`ilashda esa uning zanjiri pog`onani yuqori chetidan kami bilan ikki metr uzoqda va chetga perpendikulyar holga keltirilib joylashtirilishi kerak. Yig`ishtirilmagan portlatilgan kon massalaridan iborat tirak devor bilan ishlar bajarishda pog`onani yuqori chetidan burg`ulash stanogigacha boʼlgan masofa chegaralanmaydi. Tirak devorsiz ish bajarishda quduqlarni birinchi qatori uchun burg`isi sharoshkali burg`ilash stanogini oʼrnatish masofadan amalga oshirilishi kerak. Stanok domkratining tagiga maʼdan va jinslar boʼlaklarini qoʼyish taqiqlanadi. 3. Machtasini koʼtargan qolda burg`ilash stanogini pog`ona boʼylab harakatlantirishni tayyorlovchi zavodning foydalanishga oid yoʼriqnomasiga muvofiq ravishda qiyalatish bilan amalga oshirishga ruxsat etiladi. Burg`ilash stanogini elektr simlarining ostidan va oʼtish joylaridan harakatlantirishda machtasi tushirilgan, burg`ilash asbobi yechilgan yoki ishonchli mahkamlangan boʼlishi kerak. 4. Yong`in va zaharli modda chiqarishga moyil kon jinslarida termik burg`ilash stanogi bilan quduqlar burg`ilash taqiqlanadi. 5. Burg`ilangan quduqlar uchastkalarining odamlar oʼtadigan va avtotransport yuradigan tomoniga ogohlantirish belgilarini qoʼyish kerak. Bunday uchastkalarni toʼsiqlar bilan oʼrash tartibi karyer bosh muhandisi tomonidan belgilanadi. 6. Pog`onaning burg`ilash qudug`i atrofi yuzasi kamida 0,7 m radiusda jinslar boʼlaklari, burg`ilash mayda-chuydalri, begona narsalardan tozalangan boʼlishi kerak, toki portlatish moddasi bilan zaryadlash paytida ular quduqqa tushmasin. 7. Perforator (elektr parma) bilan boʼrѓilashda supachani ishchi yuzasining eni 4 m dan kam boʼlsa, ishlovchilarining xavfsizligini taminlaydigan qoʼshimcha choralar koʼrilishi kerak. 8. Kon massasining nogabarit boʼlaklari qoʼl yoki mexanik usul (butoboy), yuza yoki shpur zaryadlar bilan parchalanishi kerak. Kon massasining nogabarit boʼlaklari qoʼlda yoki burg`ilash bilan parchalashda shruplarni (quduqlarni) turg`un qilib va faqat pog`onaning qulamaydigan va kon massasining toʼkilmaydigan zonasini bir qatlamiga oʼrnatish kerak. Bunday hollarda shpurlarni burg`ilash pasportga muvofiq ravishda bajarilishi kerak. Download 25.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling