Burg’ilash va portlatish- portlashda toğ jinslari maydalanish darajasini boshqarish usullari


II. Kon jinslarining burg’ilanuvchanligi


Download 79.5 Kb.
bet5/6
Sana24.09.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1687044
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Burg’ilash va portlatish- portlashda to jinslari maydalanish da

II. Kon jinslarining burg’ilanuvchanligi
Skvajina burg’ilash samaradorligi ko’p omillarga bog’liq bo’lib, ularning eng asosiysi kon jinslarining burg’ilanuvxhanligi hisoblanadi. Burg’ilanuvchanlik- bu kon jinslarining burg’ilash instrumenti ta’siri ostida buzilish xususiyatidir. Kon jinslarining ana shu xususiyati asosida burg’ilash stanoklarining texnologik parametrlari tanlab olinadi. Jinslarning burg’ilanuvchanligi ko’p jihatdan burg’ilash usuli, burg’ilash instrumenti konstruksiyasi va boshqa omillarga bog’liq bo’lib, jinslarning buzilish tavsifiga, ya’ni massivdan ajratib olinadigan jins zarrachalarining shakli va o’lchamiga ta’sir etadi. Akademik V.V. Rjevskiy burg’ilanuvchanlikni jinslarni mexanik usulda burg’ulashda ularning nisbiy burg’ulanish qiyinligi ko’rsatkishi orqali ifodalashni tavsiya etadi. Bu ko’rsatkichni aniqlashning uslubiy asoslarini quyidagilar tashkil qiladi:
1)burg’ulash jarayonida kon jinslarini buzishda stanokning jinsning siqish va chatnatishga ko’rsatadigan kuchi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Zarbali burg’ilashda jinslarning buzilishi, asosan, stanokning siqish kuchi, aylanma burg’ilashda esa chatnatish kuchi ta’sirida sodir bo’ladi. Jinslarning burg’ilanish qiyinligi ko’rsatkichini (P) aniqlashga siqish va chatnatish kuchlari barobar ta’sir etadi, bunda ularning miqdorini o’zaro teng qilib olish mumkin;
2)agar muayyan kon jinslari namunalari bo’yicha bajarilgan tajribalarda jinslarning siqilish (Gsiq) va surilish (Gsur) bo’yicha pishiqlik chegaralari aniqlangan bo’lsa, jinslarning darzdorlik ko’rsatkichini hisobga olinmasligi mumkin. Chunki ushbu ko’rsatkichlar darzdorlikni burg’ilashga ko’rsatadigan ta’sirini hisobga oladi;
3)jinslarning skvajina kavjoyida buzilishi faqat u joyda hosil bo’ladigan burg’ilash quyqasini chiqarib tashlagandan so’ng sodir bo’ladi. Shuning uchun jinslarning burg’ilanuvchanligini baholashda ularning zichligi γ hisobga olinadi. Jinslarning burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi yuqoridagi shartlarni hisobga olgan holda quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Yq=7*10(Gsiq+Gsur)+7*10*γ
Burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi bo’yicha kon jinslari besh sinfga, har bir sinf esa besh kategoriyaga bo’linadi.
I sinf –oson burg’ulanadigan va 1- dan 5- kategoriyalarga mansub bo’lgan jinslar
II sinf –o’rtacha qiyinlikda burg’ilanadigan va 6- dan 10- kategoriyalarni tashkil qiluvchi jinslar
III sinf –qiyin burg’ilanadigan va 11- dan 15- kategoriyalarga tegishli bo’lgan jinslar
IV sinf –juda qiyin burg’ulanadigan va 16-dan 20- kategoriyalarni tashkil qiluvchi jinslar
V sinf –o’ta qiyin burg’ulanadigan va 21- dan 25- kategoriyalarga mansub jinslar
Burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi katta Y>25 bo’lgan jinslar konchilik amaliyotida juda kam uchraydigan jinslar bo’lib, ular kategoriyasiz jinslar hisoblanadi.



Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling