Burg’ilash va portlatish- portlashda toğ jinslari maydalanish darajasini boshqarish usullari


III. Karyerlarda qo’llaniladigan texnologiyalar


Download 79.5 Kb.
bet6/6
Sana24.09.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1687044
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Burg’ilash va portlatish- portlashda to jinslari maydalanish da

III. Karyerlarda qo’llaniladigan texnologiyalar
Skvajina kavjoyini buzish kuchlanishi tavsifi bo’yicha portlatish skvajinalarini burg’ulash uchun qo’llanadigan stanoklar uch guruhga bo’linadi.
Birinchi guruhga skvajina kavjoyiga mexanik ta’sir etuvchi burg’ilash stanoklari kiradi. Bu guruh aylanma harakatlanuvchi koronkali stanoklarni, sharoshka dolotali aylanma harakatlanuvchi stanoklarni, zarba-kanat burg’alash stanoklarni va pnevmatik bolg’ali pnevmozarba stanoklarni o’z ichiga oladi.
Ikkinchi guruh stanoklarini skvajina kavjoyiga termik yoki gidravlik, yoki portlash jarayoni sifatida ta’sir etishni ta’minlovchi burg’ilash stanoklari tashkil qiladi. Bu guruhga tegishli stanoklardan faqat olovli burg’ilash stanogi karyerlarda qo’llanadi, qolganlari esa tajriba bosqichida bo’lib, tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Uchinchi guruhga skvajina kavjoyiga aralash ta’sir ko’rsatishni ta’minlaydigan (mexanik va termik ta’sir ko’rsatish kombinatsiyasiga ega bo’lgan) stanoklar kiradi. Barcha stanoklar uchun burg’ilash operatsiyalarining bajarish tartibi burg’ilash texnologiyasi bo’yicha aniqlanadi.
Portlatiladigan blokda burg’ilash ishlarini amalga oshirishda quyidagi operatsiyalar bajariladi: burg’ilash stanogini skvajina burg’ilanadigan joyga o’rnatish, skvajina burg’ilash, skvajina chuqurlashib borishi mobaynida burg’ilash stavini uzaytirish, burg’ilash stavini qismlarga ajratish, eskirgan burg’ilash instrumentini almashtirish, stanokni yangi skvajina burg’ilash joyiga ko’chirish. Stanok tomonidan faqat burg’ilash jarayoni vaqti ichida bajarilgan burg’ilash hajmi skvajina burg’ilashning texnik tezligi hisoblanadi. Texnik tezlik miqdori kon jinslarining burg’ulovchanlik ko’rsatkichi, burg’ilash instrumentining konstruksiyasi va rusumi, burg’ilash rejimi kabi qator omillarga bog’liq bo’ladi. СБР rusumli stanoklar bilan skvajina burg’ilashda qattiq qotishmalar bilan armirovkalangan keskichlardan foydalaniladi va burg’ilash instrumenti aylanish chastotasining katta bo’lishi ta’minlanadi. Biroq qattiq jinslarda aylanish chastotasining yuqori bo’lishi burg’u koronkasining qizib ketishi tufayli uning tez ishdan chiqishiga olib keladi. Shuning uchun qattiq jinslarni burg’ilashda aylanish chastotasi 80-120 min oshmasligi kerak.
Aylanma harakatlanuvchi stanoklarning tuzilishi sodda, monyovr qobilyati yuqori bo’lib, massasi nisbatan kichik bo’ladi. Karyerlarda СБР-125 va СБР-160 rusumli stanoklar keng qo’llaniladi. СБР-125 rusumli stanoklarni burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi Y<4 bo’lgan jinslarni burg’ilashda qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu stanoklarning smena davomida faqat burg’ilashga sarflaydigan sof vaqti 35-40% ni tashkil qiladi. Stanokning smenalik unumdorligi Y=2-4 bo’lgan jinslarni burg’ilashda 130 m va undan ham ko’p bo’ladi. SBR-160 rusumli stanoklar burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi Y<6 bo’lgan jinslarni burg’ilashda qo’llaniladi va ularning smena davomida faqat burg’ilashga sarflaydigan sof vaqti 50-55% ni tashkil qiladi. Stanokning Y=3-5 bo’lgan jinslarni burg’ilashdagi unumdorligi 120m va undan ham ko’p bo’lishi mumkin. BS-125 va BS-160 rusumli burg’ilash stanoklari ko’mir razrezlarida (qo’ng’ir ko’mir, argellitlar, alevrolitlarni burg’ilashda) va tabiiy qurilish materiallari karyerlarida (burg’ilovchanlik ko’rsatkichi Y<6 bo’lgan jinslarni burg’ilashda) keng qo’llaniladi. Sharoshkali SBR rusumli stanoklarda jinslarni buzuvchi instrument sifatida qattiq qotishma bilan armirovka qilingan tishli yoki shtirli dolotalardan foydalaniladi. Dolotaning aylanish jarayonida tishlar yoki shtirlar skvajina kavjoyidagi kon jinslariga botib kirib, jins zarrachalarini chatnatib massivdan ajratib oladi va ular skvajinadan siqilgan havo yoki havo-suv aralashmasi yordamida chiqarib tashlanadi. Sharoshkali stanoklar istiqbolli bo’lib, ular burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi Y=6-15 bo’lgan jinslarni burg’ilashda keng qo’llanmoqda va yuqori samaradorlikni ta’minlamoqda. Sharoshkali stanoklarning burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi Y=12-15 bo’lgan jinslarni burg’ilashdagi smenalik unumdorligi 50-60 m ni tashkil qiladi. Yumshoqroq jinslarni burg’ilashda esa sharoshkali stanoklarning smenali unumdorligi 100 m va undan ham katta bo’lishi mumkin. Sharoshkali stanoklar massasi va o’q bo’yicha ta’sir etadigan kuchiga ko’ra yengil (massasi 40 tonnagacha, o’q bo’yicha ta’sir kuchi 200kN gacha, skvajina diametri 150-200 mm), burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi Y=6-10 bo’lgan jinslarni burg’ilashda qo’llaniladigan o’rtacha og’ir (massasi 65 t gacha o’q bo’yicha ta’sir kuchi 350 kN gacha, skvajina diametri 220-270 mm), burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi Y=10-14 bo’lgan jinslarni burg’ilashda qo’llaniladigan va og’ir (massasi 120 t gacha, o’q bo’yicha ta’sir kuchi 700 kN gacha, skvajina diametri 295-320 mm), burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi Y=14-17 bo’lgan jinslarni burg’ilashda qo’llaniladigan stanoklarga bo’linadi. Konchilik sanoatining barcha tarmoqlarida foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishda keltirilgan stanoklar keng qo’llanilmoqda. Temir ruda va rangli metallurgiya sanoati karyerlarida burg’ilanayotgan skvajinalarning 80% ko’mir razrezlarida esa 60% sharoshkali burg’ilash stanoklari bilan amalga oshirilmoqda.
Pnevmazarba stanoklari qiyin burg’ilanadigan jinslarda skvajina burg’ilashga mo’ljallangan bo’lib, siqiq havo ta’sirida pnevmozarba beruvchi mexanizmning oldga va orqaga harakatlanishi tufayli skvajina kavjoyiga zarba berib, jinslarni maydalash hamda maydalashdan hosil bo’lgan jins uvoqlarini siqiq havo yordamida skvajinadan chiqarib tashlash jarayonlarini bajaradi. Pnevmozarba stanoklari unumdorligiga qator omillar ta’sir etadi, ulardan eng asosiysi burgilash rejimi bo’lib, u har bir zarbaning energiyasi, koronkaga o’q bo’yicha ta’sir etadigan bosimi, pnevmozarba va burg’ilash stavining aylanish chastotasi kabi ko’rsatkichlarni tavsiflaydi. SBU rusumli olovli burg’ilash stanoklari bilan skvajinalar burg’ilashda jinslarni skvajina kavjoyida buzilish kon jinslarida juda yuqori haroratga ega bo’lgan gaz oqimi ta’sirida hosil bo’ladigan kuchlanish hisobiga sodir bo’ladi. Olovli burg’ilash stanoklari bilan skvajina burg’ilash quyidagi texnologik jarayonlardan iborat: gorelkani o’t oldirish, skvajina burg’ilash, skvajina tub qismini kengaytirish, skvajinani tozalash. Olovli burg’ilashda kerosin yoki dizel yoqilg’isidan, oksidlovchi modda sifatida kislorod yoki siqiq havodan foydalaniladi. Olovli burg’ilash stanoklarining qo’llanish doirasi chegaralangan bo’lib, hozirgi vaqtda burg’ilanayotgan skvajinalarning atigi 4% olovli burg’ilashga tog’ri keladi. SBU rusumli pnevmozarba stanoklarining texnik tavsifi keltirilgan.
Konlarni ochiq usulda qazib olishda yuqorida keltirilgan skvajina burg’ilash usullari va stanoklari kombinatsiyalaridan ham foydalaniladi. Masalan, zarba-sharoshkali va kesuvchi-sharoshkali stanoklar, pnevmozarba va olovli burg’ilash stanoklari kombinatsiyalaridan keng foydalaniladi.
Portlatish (katta PM zaryadi yordamida ), plazma va ultratovush kabi usullarga asoslangan skvajina burg’ilash ishlari yangilik bo’lib, hozirgi vaqtda ular eksperiment bosqichida sinab ko’rilmoqda va ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, konchilik ishlarini samaradorligini oshirish mamalakatning xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega. Konchilik sanoatini texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashda, ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. O’z navbatida ochiq kon ishlarida burg’ilash va portlatish ishini to’gri yo’lga qo’yish, zamonaviy texnika-texnologiyalardan foydalanishning ham roli katta. Mamlakatimizda qazib olinayotgan mineral xomashyoning katta qismi ochiq usulda qazib olinib, bunda burg’ilash portlatish smenalarining tog’ri taqsimlanganligi, zamonaviy texnikalardan foydalanish yo’lga qo’yilganligi ochiq usulda qazib olish samaradorligini oshirib bormoqda. Mamlakatning eng katta yutug’I ham shunda desak mubolag’a bo’lmaydi. Hozirgi kunda konlarimiz zamonaviy texnika va texnoliyalar bilan ta’minlangani bizga sir emas. Dastgohlar 50 metrgacha burg’ulash ishlarini olib borish quvvatiga ega. Bu dastgohlardan to’g’ri foydalanish, ularning ko’p yillarga xizmat qilishi uchun albatta malakali, ilg’or bilimli mutaxassis kadrlar tayyorlab chiqarish ham muhim. Buning uchun oliy o’quv bilim yurtlarida yosh kadrlarni tayyorlash maqsadida zamonaviy metodlar asosida bilim berish ham yo’lga qo’yilgan.
Yurtimiz konlari shunday texnika uskunalar bilan ta’minlangani, kon ishlarni olib borish uchun qulayliklar, imkoniyatlar yaratilgan ekan, mutaxassis kadrlar yetkazib berish uchun barcha sharoitlar bor ekan, tabiat injiqliklariga qaramay kon ishlarida zimmadagi majburiyatlarga sidqidildan yondoshib borilar ekan, yurtimiz konchilik sanoatida yutuqlarga erishishimiz, amaldagi vazifalar ortig’i bilan bajarilishi shak shubhasiz.
Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling