Burg’ulash minoralarini hisoblash asoslari


Download 0.57 Mb.
bet1/2
Sana12.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1264899
  1   2
Bog'liq
burg\'ulash 3


Burg’ulash minoralarini hisoblash asoslari.
Minoralarga va machtalarga ta’sir ko’rsatuvchi vertikal yuklamalar – bu kronblokka yuklama va tal uskunalari va tushirish-ko’tarish opyeratsiyalarining mexanizatsiya vositalari bilan konstruksiyaning o’z vazni. Kronblokka yuklama burg’ilash asbobining eng katta vaznida aniqlanadi.
Burg’ilash asbobi prixvatlarini bartaraf qilishda minoralar va machtalarga statik yuklamalar ta’sir ko’rsatadi, ularning kattaligi yurituvchi dvigatelning quvvati va tal tizimining sxemasi bilan aniqlanadi. Ilgakdagi yuklama bu holda
Qp = λ Rlnmηs, (1)
tal tizimidagi arqonning qo’zg’almas tarmog’i bilan va usiz kronblokda esa
Qar= λ Rlnmηs (1 + 2/mηs) = λ Rln(mηs +2); (2)
Qar= λ Rln(mηs +1), (3)
bu yerda λ – dvigatelning qisqa muddatli o’tayo’qlanish koeffitsienti; Rln – lebedkaning nominal yo’q ko’tarish qobiliyatiga mos keladigan, arqonning etakchi tarmog’ining tortishishi; m va ηs – torlar soni va tal tizimining f. i. k.
Prixvatlarni bartaraf qilishda paydo bo’ladigan dinamik yuklamalarni hisobga olib, arqonning lebedkali tarmog’idagi tortishish formula bo’yicha aniqlanadi:
(4)

Bu yerda Ipr – lebedka barabaniga burg’ilash dastgohi transmissiyasi aylanuvchan elementlarining keltirilgan inersiya momenti dvigatel validan barabangacha qo’shib; Ik– k-elementning o’z aylanish o’qiga nisbatan inersiya momenti; ik– k-elementdan lebedka barabanigacha uzatish nisbati; ω – barabanning burchak tezligi.
Agar dastgohning asosiy friksioni va burg’ilash lebedkasining ko’tarish tormozi, arqonning lebedkali tarmog’idagi kuch λ Rlm kattaligidan ancha yuqori yuqori bo’ladigan momentni uzata olsa, arqon tortishishi dinamik tashkil etuvchisi yuqori bo’lishi mumkin. Asosiy friksion tormozlanish momenti zaxirasining koeffitsienti k≤2 bo’lganda va friksiondan keyin dastgohning kinematik zanjirida katta aylanish momentlari bilan aylanuvchi massalar (ponasimon tasmali shkivlar va b.) bo’lmaganda arqon tortishishining dinamik tashkil etuvchisi kichik bo’ladi.
Minoralarga va machtalarga ta’sir ko’rsatuvchi gorizontal yuklamalar – bu shamol bosimidan konstruksiya elementlariga va shamdonga o’rnatilgan shamlar yig’masiga ta’sir qiluvchi yuklamalar, shamlar yig’masi vaznining gorizontal tashkil etuvchisi va arqon lebedkali tarmog’i tortishishining gorizontal tashkil etuvchisi.
Minoralar va machtalar uchun shamol yuklamalarini standartlashgan hisoblash usuli yo’q. Ularni ma’lum taxmin bilan aniqlashda o’xshash konstruksiyaga ega bo’lgan minorali kranlar uchun me’yorlar va qoidalar qo’llanadi. Shamol yuklamalarini hisoblashda shamol yo’nalishi fermaning shamolga ro’para qirrasining tekisligiga perpendikulyar hisoblanadi.
GOST 1451-77 ga muvofiq shamol yuklamalarini konstruksiyaning ikkita holati uchun aniqlanishi kerak: ishdan xoli – dastgoh ishlamaganda va ishchi – quduqni burg’ilash yoki tushirish-ko’tarish operatsiyalarni bajarish jarayonida.
Ikkala holatda hisob formula bo’yicha bajariladi:
W = ponβca, (5)
Bu yerda W – shamolga ro’para yuzaning 1 m2 ga taqsimlangan shamol yuki, N; po –yer sathidan 10 m gacha balandlikda shamolning tezkor bosimi (dinamik bosim), Pa; n – yer sathidan balandlikka ko’ra tezkor bosim ortishi koeffitsienti; β – shamolning tezkor bosimi pulsatsiyasi bilan kelib chiqadigan dinamik ta’sirni hisobga oluvchi koeffitsient; ca – aerodinamik koeffitsient (suyuqlik koeffitsienti).
Tezkor bosim po burg’ilash ishlari olib borilayotgan geografik rayonga bog’liq. GOST 1451-77 bo’yicha SSSR hududi yer sathidan 10 m gacha balandlikdagi shamolning tezkor bosimi bilan yettita rayonga bo’lingan: 270, 350, 450, 550, 700, 850, 1000 Pa. Chegaralari ko’rsatilgan GOST bilan belgilangan tog’li va kam o’rganilgan joylar uchun tezkor bosim formula bo’yicha hisoblanadi:
(6)
Bu yerda ro – havo zichligi, kg/m3; υ – gidrometeorologiya xizmatining mahalliy boshqarmalari ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadigan, yer sathidan 10 m gacha balandlikdagi shamol tezligi, m/s.
Ko’rsatilgan ro qiymatlari minoralarni va machtalarni barqarorlikka hisoblashda olinadi. Ular har xil rayonlarda ishlatilganligi bois, loyihalashda hisoblangan tezkor bosim ishdan xoli holat uchun 450 Pa; ishchi holat uchun 125 Pa hisoblanadi.
Koeffitsient n ochiq joylar uchun quyidagi qiymatlarga ega:
Yer sathidan balandligi, m .... ˂10 10-20 20-30 30-40 40-50

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling