Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi
§. Vaqtga oid tasavvurlarni tarkib toptirish, vaqt o`lchovlarini o`rganish hamda tegishli malaka va ko`nikmalarni tarkib toptirish metodikasi
Download 0.79 Mb.
|
MO'M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Tabel – kalendar .
- 3.«Maktab o`quvchisining kundalik rejimi» jadvalari.
- Sutka tushunchasi.
- Asosiy birliklar – yil va sutka.
- Yyechilishi
4 §. Vaqtga oid tasavvurlarni tarkib toptirish, vaqt o`lchovlarini o`rganish hamda tegishli malaka va ko`nikmalarni tarkib toptirish metodikasi.
Boshlang`ich sinflarda «Vaqt o`lchovlari temasini o`rganishda bolalar vaqt o`lchovining asosiy birliklari» haqida konkreti fikrlarga ega bo`lishlari kerak. Bular yil, oy, hafta, sutka, soat, minut. O`qituvchining vazifasi o`quvchilarni vaqtini aniqlashlarida soatdan amalda foydalanishga, shuningdek, hodisaning qancha vaqt davom etganligini, boshlanishi va oxirini aniqlash bilan bog`liq bo`lgan har xil masalalarni yechishda tabel – kalindardan foydalanishga o`rgatishdan iborat. Ma'lumki vaqt o`lchovlari, o`lchovlarning metrik sistemasidan farqli o`laroq bevosita o`lchash imkoniyatini bermaydi. Bu hol turli ko`rsatma va ko`nikmalrdan keng foydalanish kerakligini ko`rsatadi. Bu tyemani o`rganishda quyidagi eng ko`p tarqalgan ko`rsatma qo`llanmalardan foydalaniladi: 1.Tabel – kalendar. Bu har bir o`quvchida bo`lish kerak. Joriy yil uchun bunday tabel – kalendarni o`quvchilarning o`zlari o`qituvchilar rahbarligida tayyorlaydilar. 2. Soatning demontstratsion modeli. Darslikda berilgan mashqlarning ko`pchilik bilan ishlashni talab qilganligi uchun har bir o`quvchi soat modellarini tayyorlangan bo`lishlari kerak. 3.«Maktab o`quvchisining kundalik rejimi» jadvalari. «Vaqt o`lchovlari» temasini o`rganish vaqtiga qadar o`quvchilar hafta bilan tanish bo`ladilar. Yildagi oylarning nomlarini va ularning kelish tartibini bilib olgan bo`ladilar. Bolalarda yig`ilgan bunday tasavvurlar boshlang`ich sinfda vaqt o`lchovlarini bilishga zamin bo`ladi. Endi vaqt o`lchovlari bilan bog`liq bo`lgan asosiy tushunchalar qanday kiritilishi, bolalarda tegishli tushunchalarning shakllanishi nimaga asoslanishi masalani qarab chiqamiz. Berilgan tyemani o`rganishga bag`ishlangan birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqida tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Bolalarni yil, oy, hafta bilan tanishtirishda o`qituvchi tabel – kalendardan foydalanadi. Bolalar bir yilda 12 oy borligini o`zlashtiradilar va birdaniga davomiyligi bir xil bo`lgan oylarni ajratadilar, apryel, iyun, syentyabr, noyabr, 30 kundan qolgan 7 oy esa 31 kundan iborat. Oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisi yilning fevrali esa 29 kundan iborat. O`quvchilar kalendardan oyning tartib nomerini aniqlaydilar. Agar oy va kun ma'lum bo`lsa, haftaning kunnini aniqlaydilar va aksincha, haftaning kunlari ma'lum bo`lsa, bu kun oyning qaysi kuniga to`g`ri kelishini aniqlaydilar va hakozo. Tabel - kalendarning qanday tuzilganini qarab chiqqandan keyin bugungi kunni va haftaning shu kunigina bilgan holda o`quvchilarga mustaqil ravishda shu kalendar namunasida o`tayotgan oy uchun kalendar tuzishni topshirish foydalidir. Bunday ish bolalarning joriy yil kalendarini mustaqil tuzishlarini osonlashtiradi. Bolalar tuzilgan kalendar bo`yicha quyidagi savollarga javob beradilar: - Bu yil 1 yanvar, 1 may, 7 noyabr haftaning nechanchi kuniga to`g`ri keladi? - Yanvar, may, dekabr yilning nechanchi oylari? - Yilda uchinchi bo`lib keluvchi oyning nomi nima? - Yozgi ta'tillar 1 iyundan boshlanib, 1 syentyabrgacha davom etadi. Kalendardan bilingchi yozgi ta’tillar necha kun davom etarkan? Bunday savolarni yana davom ettirish mumkin. Yilda oylarning kelish tartibini mustahkamlash maqsadga rim raqamlar (I-XII) yozish kiritiladi.
O`qituvchi yana tabel – kalendarni qarashga qaytib, bolalarga kalendardagi sanalar sutkalarni ifodalashni, sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishini tushuntirishi kerak. Shundan keyin soat va minut qaraladi. Bolalarning bu vaqt oraliqlari haqida konkreti tasavvurlari ularning amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi. Masalan, bir soat bitta dars bilan katta tanaffuzning davom etishidir. 1 minutning qancha davom etishini shaklantirish uchun shunday mashqlar kiritiladiki, bu mashqlar yordamida bolalar 1 minutda nima qilishga ulgurish mumkinligini bilib oladilar. Qaysi songacha sanay olasan? Nechta misol yecha olasan? O`rtacha qadam bilan bir minutda necha metr bosish mumkin? va hakozo. Mamlakatimiz hayotdan olingan misollar, zavod va fabrikalar 1 minutda, 1 kunda qancha mahsulot ishlab chiqishlari haqidagi son ma'lumotlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Soat va minut bilan tanishishga bag`ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o`lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: Bir sutka 24 soatdan, 1 soat 60 minutdan iborat. Bu bosqichda soat bilan tanishtirish asosiy bo`lib hisoblanadi. Yuqorida aytilgandek, myehnat darslarida harakatlanadigan apryelkali sifyerblot yasash lozim. Sinfda katta demonapratsion model bo`lishi kerak. O`qituvchi bolalarga hamma soatlar shunday yasalganligini, ya'ni katta stryelka bir kichik chiziqchadan, ikkinchi kichik chiziqchadan 1 minutda o`tishini, katta chiziqdan kichik stryelka ikkinchi katta chiziqgacha 1 soatda o`tishini aytadi. Shuning uchun katta stryelka minut stryelkasi, kichik stryelkani esa soat strelkasi deyiladi. Shunday keyin o`qituvchi bolalarga vaqt hisobi yarim kechadan yoki tushdan boshlanishini aytadi. Bunday ikkala stryelka 12 ni ko`rsatadi. «Vaqt o`lchovlari» tyemaisga doir masalalar tabel- kalendar va soat modeli yordamida yechiladi. Boshlang`ich sinflarda vaqtni hisoblashga doir quyidagi ko`rinishdagi masalalar qaraladi: 1. Hodisaning boshlanish va qancha davom etgani berilgan bo`lsa, uning tugash paytini topishga doir masalalar. Masalan: «Dars soat 11 da boshlanadi va 45 minut davom etadi. Soat modelida dars qachon tugaganini ko`rsating». 2. Hodisaning boshlanish va tamom bo`lish vaqtining berilishiga qarab, uning qancha davom etishni topishga doir masalalar. Masalan, «O`quvchi uyidan soat 8 –u 30 minut o`tganda chiqdi va maktabga 8 – u 50 minut o`tganda yetib keldi. O`quvchi yo`lda qancha minut yurganini soat modeli yordamida bil». 3. Keyinchalik o`quvchilar o`zlari uchun yangi vaqt birliklari – sekund va asr bilan tanishadilar. Syekundning davomiyligi haqida konkreti tasavvurga ega bo`lish uchun bolalar, masalan, 1 sekundda 1 - 2 qadam bosish ya'ni 1 metr o`tish mumkinligini aniqlashdi va hakazo. Keyinchalik shunday mashqlar bajariladiki, ular yordamida vaqt o`lchovlari haqidagi bilimlar qo`llaniladi va puxta o`zlashtiriladi. «Vaqt o`lchovlari» mavzusini o`rganish vaqt o`lchovlari jadvalini tuzi shva uni o`zlashtirishdan boshlanadi: 1 asr = 100 yil 1 sutka = 24 soat 1 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut 1 oy = 30 yoki 31 kun 1 minut = 60 sekund. Oddiy yil 365 kun, kabisa yili 366 kun.
Bu mavzuga oid darslarda yirikroq vaqt o`lchovlarini maydaroq vaqt o`lchovlariga almashtirishga oid va aksincha mashqlarga katta e'tibor beriladi. Bir necha dars vaqt o`lchovlari qatnashgan ismli sonlarni qo`shish va ayirish bilan bolalarni tanishtirishga bag`ishlanadi. Bunda hisoblashlar ismli sonlarni bir xil birlikka almashtirmay turib bajariladi: 12 soat 45 minut 48 minut 56 sekund + 10 soat 35 minut - 16 minut 32 sekund 22 soat 80 minut 32 minut 24 sekund 23 soat 20 minut
- 8 soat 56 minut + 4 yil 8 oy 6 soat 38 minut 6 yil 3 oy
1 soat – 34 min; 3 min – 26 sek va hakazo. Bunda oldin ushbu yozuvdan foydalanish mumkin. 1soat – 34 min= 60 min – 334 min = 26 min. 3 min – 26 sek = 2 min 60 sek – 26 sek = 2 min 34 sek. Bu tyemani o`rganishda vaqt hisobini sutka ichida 24 soatlik hisobda olib borish malakasini tarkib toptirishga katta ahamiyat beriladi. Bu o`rinda sutka ichida vaqtni 12 va 24 soat hisobi bo`yicha olib borish ko`rsatilgan to`g`ri chiziq yaxshi Ko`rsatmali qo`llanma bo`ladi. 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24
Vaqt hisobiga oid masalalarni yechishda ham o`quvchilar shu chizmadan foydalanishadi. Boshlang`ich sinflarda sutka ichida hisoblashga oid quyidagi masalalar qaraladi.! 1. Hodisaning boshlanishi va boshlanishi bilan oxiri orasidagi oxiri orasidagi o`tgan vaqtga ko`ra topishga doir masalalar. 2. Hodisaning boshlanishining uning oxiri va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o`tgan vaqtga ko`ra topishga doir masalalar. 3. Berilgan hodisalar oraisda o`tgan vaqtni hisoblashga oid masalalar. Ko`rsatib o`tilgan masalalar o`zaro tyeskari masalalardan iboratdir. Darslikda va metodik adabiyotda bu uchta o`zaro tyeskari masalalarni bir vaqtda kiritish va qarash tavsiya etiladi. Masalan: 1) Maktabda mashg`ulotlar soat 9 da boshlanib, 4 soat davom etadi. Mashg`ulotlar qachon tugaydi? 2) Maktabda mashg`ulotlar 4 soat davom etadi va soat 13 da tugaydi. Maktabda mashg`ulotlar qachon tugaydi? 3) Maktabda mashg`ulotlar soat 9 da boshlanib, soat 13 da tugaydi. Maktabda mashg`ulotlar qachon davom etadi? Sutka ichida vaqtni hisoblashga oid yuqorida qaralgan turdagi masalalardan tashqarii, darslikda shunday masalalar ham berilganki, ularning matematik mazmuni ayni shu vaqtda qaralayotgan mavzu mazmuni bilan aniqlanadi. Masalan, vaqt o`lchovlari birliklari qatnashgan ismli sonlarni qo`shish temasini o`rganishda quyidagilarga o`xshash masalalar tavsiya etiladi: «Uchuvchi birinchi sutkada 12 soat 45 minut havoda bo`ladi, ikkinchi sutkada 10 soat 35 minut havoda bo`ldi. Uchuvchi ikki sutka davomida havoda qancha vaqt bo`lgan?» Yyechilishi: 12 soat 45 minut + 10 soat 35 minut 22 soat 80 minut 23 soat 20 minut Javob: Uchuvchi havoda 23 soat 20 minut bo`lgan. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling