Iqtisodiy mexanizmlar asosida. Xavfsizlik ta’minlanishining iqtisodiy mexanizmlari turist hayoti va mulkiga zarar yetkazilganda uni moliyaviy qoplashni nazarda tutadi. Masalan: sug’urta kompaniyasining sug’urta kafolati zaruriy summani to’lashga qurbi yetadigan bo’lishi kerak.
Ijtimoiy - madaniy va siyosiy darajada xavfsizlik jamiyatni boshqa ijtimoiy qarashlar – diniy, g’oyaviy, udumlarning buzulishi va boshqalar nazarda tutiladi. Afsuski, turizm alkogolizm, narkomaniya va boshqa salbiy oqibatlarga ham sabab bo’lmoqda. Bu yerda xalqaro terrorizmga qarshi kurash, diniy ekstremizmga qarshi davlatlararo koalitsiyalarni tuzish ham e’tiborga olinmoqda.
1.1-jadval Tarmoq miqyosida turizmda xavfsizlik darajalari1
Darajalar
|
Jalb qilingan strukturalar
|
Faoliyati
|
Birinchi:
Davlat xizmati tarkiblari
|
Ichki ishlar vazirligi
|
Jamoa tartibini saqlash, jinoyatchilik bilan kurashish, kriminal holatlarni nazorat qilish. Turistik politsiya. Xorijiy turistlarni mamlakat bo’ylab harakatlanishini ta’minlash.
|
Milliy xavfsizlik xizmati
|
Terroristlar, ekstremistlarga qarshi kurash va boshqa davlatga qarshi harakatlarni oldini olish.
|
Sog’liqni saqlash vazirligi
|
Yepidemiyaga qarshi kurash, kasalliklarni oldini olish, aholi salomatligini nazorat qilish.
|
Favqulodda hodisalar vazirligi
|
Texnogen va tabiiy ofatlardan ogohlantirish va oldini olish, tezkor qutqaruv tadbirlarini o’tkazish.
|
Bojxona qo’mitasi
|
Kantrabandaga qarshi kurash, eksport-import operatsiyalari jarayonida uyushgan jinoyatchilikni oldini olish, madaniy boyliklarni noqonuniy chiqib ketishga yo’l qo’ymaslik.
|
1.1-jadvalning davomi
|
Tashqi ishlar vazirligi
|
Xorijdagi fuqarolarga konsullik himoyasini ta’minlash.
|
Mahalliy ma’muriyat
|
Ma’lum hududiy hodisani nazorat qilish.
|
Gidrometeorologiya xizmatlari, seysmik stansiyalar
|
Tabiiy ofatlarni bashorat qilish, tabiiy ofatlar oqibatini baholash.
|
Mudofaa vazirligi
|
Aholi, shu jumladan, turistlarni tashqi agressiyalardan himoyalash.
|
Standartlash, sertifikatlash
va metrologiya xizmati
|
Tovar va xizmatlarni standartlash, ularni iste’mol uchun xavfsiz ekanini tekshirish, turmahsulotni sertifikatlash.
|
Antimonopo-
liya qo’mitasi
|
Monopoliyaga yo’l qo’ymaslik, sifatsiz xizmatlardan himoyalash, g’irrom raqobatning oldini olish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |