I.“Uzoq muddatli aktivlar”;II. “Joriy aktivlar”.
Passivda esa yuqoridagi bo‘limlar qarshisida mos ravishda quyidagi bo‘limlar joylashgan:
I. “O‘z mablag‘lari manbalari”;II. “Majburiyatlar”.
Buxgalteriya balansining shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy shakldagi balansni qisqartirilgan holda quyidagi jadval ko‘rinishida keltirish mumkin (3.3-jadval).
Balans aktivining I «Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital quyilmalar va sh.o‘. aks ettiriladi.
Aktivning II “Joriy aktivlar” bo‘limida yuqori likvidli, ya'ni pulga aylantirilishi nisbatan oson xo‘jalik mablag‘lari guruhlangan. Bularga asosan, Materiallar, o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari, tugallanmagan ishlab chiqarish, debitor qarzlar, qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hamda pul mablag‘lari kiradi.
Balansning passivida (o‘ng tomoni) o‘z mablag‘larining manbasi va majburiyatlar aks ettiriladi.
Passivning I “O‘z mablag‘lari manbasi” bo‘limida xususiy kapital asosiy o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni 14-moddasiga muvofiq xususiy kapital ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydadan iborat.
3.3-jadval Buxgalteriya balansi
-
Do'stlaringiz bilan baham: |