Buxgalteriya hisobi asoslari
Download 18.64 Kb.
|
БҲА Сиртқи 5 йиллик тест саволлари
60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) (5 yillik sirtqi) yoʻnalishi talabalariga “Buxgalteriya hisobi asoslari” fanidan yakuniy nazorat uchun TEST SAVOLLARI 1. Xoʻjalik hisobining qanday turlari mavjud? 2. Buxgalteriya hisobining tarkibiy tuzilishi ayting? 3. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar qanday tasniflanadi? 4. Buxgalteriya hisobi predmeti taʼriflang? 5. Passivlar tayinlanishiga koʻra qanday guruhlarga boʻlinadi? 6. Uzoq muddatli aktivlar tarkibiga nimalar kiradi? 7. Majburiyatlar qanday guruhlarga boʻlib oʻrganiladi? 8. Xususiy kapital tarkibiga nimalar kiradi? 9. Buxgalteriya hisobi metodining elementlariga nimalar kiradi. 10. Buxgalteriya hisobi schyotlari deganda nimani tushunasiz? 11. Kalkulyatsiya deganda nimani tushunasiz? 12. Hisobot deb nimaga aytiladi? 13. Balans schyotlari – bu .... 14. Passiv schyotlar deb nimaga aytiladi? 15. Analitik schyotlar deb nimaga aytiladi? 16. Aktiv schyotlarda oxirgi debet qoldigi qanday aniqlanadi? 17. Kredit oboroti – bu .... 18. Buxgalteriya hisobi schyotlarining iqtisodiy mazmuni boʻyicha qanday guruhlanadi? 19. Kontr-passiv schyotlar deb qanday schyotlarga aytiladi? 20. Tranzit (vaqtinchalik) schyotlar – bu ... 21. Ikki yoqlama yozuv deb nimaga aytiladi? 22. Murakkab buxgalterlik yozuvi (provodka) deb nimaga aytiladi? 23. №7-sonli schyot-fakturaga asosan mol yetkazib beruvchilardan materiallar xarid qilindi. Mazkur xoʻjalik operatsiyasi hisobga olishda qanday buxgalteriya provodkasi beriladi? 24. №10-sonli toʻlov topshiriqnomasiga asosan mol yetkazib beruvchilarga xarid qilingan materiallarning puli toʻlab berildi. Ushbu xoʻjalik operatsiyasi hisobga olishda qanday buxgalteriya provodkasi beriladi? 25. Aniqlangan kamomad xodimning ish haqidan ushlanganida qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi? 26. Xoʻjalik hisobi deganda nima tushuniladi? 27. Buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalarini ayting? 28. Hisobda qanday oʻlchov birliklari qoʻllaniladi? 29. Buxgalteriya hisobi obyektlariga nimalar kiradi? 30. Aktivlar mohiyati, tarkibi va joylanishiga koʻra qanday guruhlarga boʻlinadi? 31. Joriy aktivlar tarkibiga nimalar kiradi? 32. Oʻz mablagʻlari manbalari tarkibiga nimalar kiradi? 33. Majburiyatlar tarkibiga nimalar kiradi? 34. Buxgalteriya hisobining metodi deb nimaga aytiladi? 35. Hujjatlashtirish deganda nimani tushunasiz? 36. Baholash deb nimaga aytiladi? 37. Balans deb nimaga aytiladi? 38. Ishlab chiqarish zahiralari balansning qaysi tomoni va boʻlimida aks ettiriladi? 39. Aktiv schyotlar deb nimaga aytiladi? 40. Sintetik schyotlar deb nimaga aytiladi? 41. Passiv schyotlarda oxirgi kredit qoldiqni hisoblash toʻgʻri berilgan qatorni aniqlang. 42. Debet oboroti – bu .... 43. Doimiy schyotlarga qaysi schyotlar kiradi? 44. Kontr-aktiv schyot deb nimaga aytiladi? 45. Balansdan tashqari schyotlar – bu ... 46. Oddiy buxgalterlik yozuvi (provodka) deb nimaga aytiladi? 47. №061310-chek bilan xodimlarga mehnat haqi toʻlash uchun olingan naqd pul kassaga kirim qilindi. Mazkur xoʻjalik operatsiyasi hisobida qanday buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi? 48. №6-sonli toʻlov vedomostiga asosan kassadan xodimlarga ish haqi tarqatildi. Ushbu operatsiya hisobda qanday buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi? 49. Quyidagi xoʻjalik operatsiyasining iqtisodiy mohiyatini aniqlang: Debet 6710-« Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti; Kredit 5010-“Milliy valyutadagi pul mablagʻlari” schyoti 50. Buxgalteriya yozuvi (provodkasi) deb nimaga aytiladi? 51. Buxgalteriya hisobida hujjat deb nimaga aytiladi? 52. Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish qaysi buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi? 53. Inventarizatsiya nima? 54. Hisob-kitob schyotidan budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarz oʻtkazilganda qanday schyotlar bogʻlanishi koʻrsatiladi? 55. Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak (avans) hisob-kitob schyotidan toʻlanganda qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi? 56. Kalkulyatsiya qilishning qanday turlari bor? 7. Kalkulyatsiya obyekti nima? 58. Kalkulyatsiya birligi deganda nimani tushunasiz? 59. Biznes jarayonlari qanday jarayonlardan iborat? 60. Xoʻjalikning hisob-kitob schyotidan shartnomaga muvofiq mol yetkazib beruvchilarga avans oʻtkazilganda schyotlar aloqasi qanday boʻladi? 61. Xoʻjalikning hisob-kitob schyotiga xaridorlardan pul mablagʻlari kelib tushganda schyotlar aloqasi qanday boʻladi? 62. Korxona omboridan materiallar sarflash uchun asosiy ishlab chiqarishga berilganda buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi? 63. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatida ishlayotgan xodimlarga hisoblangan ish haqi buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi? 64. Haqiqiy tannarx reja tannarxidan past, yaʻni xarajatlar tejalgan boʻlsa, oʻrtadagi farq qanday tuzatiladi? 65. Haqiqiy tannarx reja tannarxidan yuqori boʻlsa, oʻrtadagi farq qanday tuzatiladi? 66. Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq buxgalteriya hisobi registrlari? 67. Buxgalterlik hisobini shakli deb nimaga aytiladi? 68. Buxgalteriya hisobining qanday asosiy shakllari bor? 69. Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq moliyaviy hisobotning hisobot davri .............. ga qadar boʻlgan kalendar yil deb belgilangan. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring? 70. Qaysi javobda Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan yillik moliyaviy hisobotlar taqdim etiladigan organlar? 71. Yillik buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti qachon eʻlon qilinadi? 72. Yillik moliyaviy hisobot tarkibi toʻgʻri berilgan javobni aniqlang? 73. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda qanday moliyaviy natija koʻrsatkichlari shakllantiriladi? 74. Korxona yillik moliyaviy hisobotni vakolatli organlarga qaysi muddatdan kechiktirmasdan taqdim etishi lozim? 75. Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun (yangi tahrirdagi) qachon qabul qilingan? 76. Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq xususiy kapital: 77. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda materiallar hisobini tashkil etish va yurtish tartibi qaysi buxgalteriya hisobining milliy standarti bilan tartibga solinadi? 78. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalar hisobini tashkil etish va yuritish tartibi qaysi buxgalteriya hisobining milliy standartida belgilangan? 79. Korxonada buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish uchun kim masʻul? 80. Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtadigan buxgalteriya hisobi subʻektining (banklar va kredit tashkilotlaridan tashqari) buxgalteriya hisobi xizmati rahbari qanday talablarga javob berishi kerak? 81. Xalqaro hisob tizimining qanday modellari mavjud? 82. Xalqaro hisob tizimi modellaridan qaysi biri Oʻzbekiston uchun qulay? 83. Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari (BHXS) – bu ... . 84. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari muayyan korxona uchun: 85. Ishlab chiqarish korxonasida hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish uchun 142 000 000 soʻmlik xomashyo va materiallar sarflandi. Shuningdek, asosiy ishlab chiqarishda ishlayotgan ishchilarga 68 000 000 soʻmlik ish haqi va ish haqiga nisbatan 12 % ijtimoiy soliq hisoblangan. Bundan tashqari, ishchilarga hisoblangan ish haqidan daromad soligʻi 12 % va ish haqiga nisbatan 0,1 % shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisob raqamiga ajratma hisoblangan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi 12 500 000 soʻmga teng boʻlgan. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlang? 86. Tovar-moddiy zaxiralar tarkibiga qanday moddiy aktivlar kiradi? 87. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar elementlarini ayting? 88. Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini aniqlashda qaysi usullar qoʻllanilishi mumkin? 89. 4-sonli BHMSga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari va chiqib ketayotgan (ishlab chiqarishga berilgan) tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlashda qoʻllaniladigan usullar? 90. Korxonada asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan mahsulotning kirim qilinishi buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi? 91. Korxona ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadi. Oktyabr oyi davomida quyidagi xarajatlarni amalga oshirgan: material xarajatlar - 150 000,0 ming soʻm; asosiy ishlab chiqarish xodimlari ish haqi - 200 000,0 ming soʻm; boshqa xarajatlar - 85 000,0 ming soʻm; ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar eskirishi – 15000,0 ming soʻm; sotish xarajatlari – 25 800,0 ming soʻm; maʻmuriy xarajatlar – 75 000,0 ming soʻm; boshqa operatsion xarajatlar - 16 000,0 soʻm. Ishlab chiqarilgan mahsulot - 15 000 birlik. Bir birlik mahsulot tannarxini aniqlang? 92. Korxonaning hisob siyosati kim tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi? 93. Hisob-kitob schyotidan pul oʻtkazish yoʻli bilan pul ekvivalentlari xarid qilinganida 94. Yoʻldagi pul mablagʻlari hisob-kitob schyotiga kelib tushganida qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi? 95. Asosiy vositalar balansning qaysi qismi va boʻlimida aks ettiriladi? 96. Korxonada maʻmuriy maqsadlarda foydalanayotgan asosiy vositalalarga hisobot davrida hisoblangan eskirish summasi hisobda qanday aks ettiriladi? 97. Hisobot davrida hisoblangan aylanmadan olinadigan soliq summasi buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi? 98. Xodimlarga hisobot davri uchun hisoblangan ish haqidan toʻlov manbaida ushlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi hisobda qanday aks ettiriladi? 99. Hisobot davrida asosiy ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan ish haqiga nisbatan hisoblangan ijtimoiy soliq summasi buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi? 100. Hisobot davrida maʻmuriy xodimlarga hisoblangan ish haqiga nisbatan hisoblangan ijtimoiy soliq summasi buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi? Download 18.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling