Buxgalteriya hisobi fanining mazmuni
Download 16.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya hisobi fanining mazmuni
Buxgalteriya hisobi fanining mazmuni Buxgalteriya hisobining predmeti Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda yuritiladi va ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish hisoblangan ho`jalik faoliyatini kuzatish va boshqarish uchun xizmat kiladi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish xamma sohalarni, ya`ni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini xam uz ichiga oladi. Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi) ga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi (sanoat, kishlok ho`jaligi, ko`rilish va boshqalar) xamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan istemolchilarga yetkazib berish bilan band bulgan (savdo va u mumiy ovkatlanish) tarmoklari kiradi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish bu yerda korxonaning fondlaridan, ya`ni ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bulgan moddiy va pul mablag`laridan foydalanish yo`li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxonalarga zarur bulgan mablag`lar ma`lum manbalar (davlatniki-davlat resurslari hisobidan, jamoaniki pay badallari hisobidan, aksiyadorniki - aksiyadorlar resurslari hisobidan va kushma korxonalarniki - muassislarning badallari hisobidan) hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish, taksimot, ayrboshlash va iste`mol jarayonlariga xizmat kilaturib, korxonalar fondlarining uzluksiz doirada aylanishini amalga oshiradi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi bu yerda moddiy boyliklarni yaratishga yunaltirilgan ishlab chiqarish ayrboshlash jarayonidagi korxonaning fondlari (mablag`lari) ning xolatlari va ulardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur bulgan axborotni shakllantiradi. Moddiy boyliklarning noishlab chiqarish sohasida iste`mol kilinishi noishlab chiqarishning bir kismidir. Undan tashqari, noishlab chiqarishning iste`moliga shaxsiy iste`mol va jamiyat a`zolarining extiyojlarini kondirish xam kiradi. Shaxsiy iste`molni buxgalteriya hisobi bevosita uz ichiga olmaydi. Lekin shaxsiy iste`mol buxgalteriya hisobida mutlako aks ettirmaydi deb uylash xatodir. Xakikatda, buxgalteriya hisobi uni aks ettiradi, lekin uni tavsiflash uchun zarur bulgan barcha kursatkichlarga ega emas. Shaxsiy iste`mol to`g`risidagi ma`lumotlarni savdo korxonalari, umumiy ovkatlanish korxonalari, xalq ta`limi, soglikni saklash muassasalari va boshqa hisobotlardan olish mumkin. Bu ma`lumotlar buyicha (tegishli tartibda utkazilgan ruyxatlar va tekshirishlarda mavjud bulgan ma`lumotlarga qo`shimcha ravishda) statistika shaxsiy iste`molni tavsiflovchi kursatkichlarni aniklaydi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan tashqari buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish xam aks ettiriladi. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida shu ishchi kuchini tayyorlash bilan borlik bulgan xar xil xarajatlarni xamda ish xaki va xar xil turdagi ho`jaliklar daromadlarini ko`rinishidagi mablag`lar harakatini hisoblab topish yo`li bilan kamrab olinadi. Ishchi kuchini tayyorlash xarajatlari, ish xakini tulash va ho`jaliklarning daromadlarini taksimlash moddiy kiymatliklar va pul mablag`larini sarflashni anglatadi. Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxonalar fondlarining mavjudligi va harakatini aks ettirgan xolda kayd kilinadi. Bux-galteriya hisobi takror ishlab chiqarish jarayonida ularning uzgarishini kursatib, mulkning rivojlanishini tavsiflaydi va shu bilan ishlab chi-karish munosabatlarini takror ishlab chiqarish xakida zarur kursat-kichlarni beradi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 16.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling