Buxgalteriya hisobi fanining mazmuni


Download 16.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi16.17 Kb.
#1547246
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi fanining mazmuni



Buxgalteriya hisobi
fanining mazmuni


Buxgalteriya hisobining predmeti

Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va
muassasalarda yuritiladi va ijtimoiy mahsulotni
takror ishlab chiqarish hisoblangan ho`jalik
faoliyatini kuzatish va boshqarish uchun xizmat
kiladi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish
xamma sohalarni, ya`ni ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish sohalarini xam uz ichiga oladi.


Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab
chiqarish sohasi) ga moddiy boyliklarni
ishlab chiqaruvchi (sanoat, kishlok
ho`jaligi, ko`rilish va boshqalar) xamda
moddiy boyliklarni ishlab
chiqaruvchilardan istemolchilarga
yetkazib berish bilan band bulgan (savdo
va u mumiy ovkatlanish) tarmoklari
kiradi.


Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish bu
yerda korxonaning fondlaridan, ya`ni ishlab
chiqarish faoliyati uchun zarur bulgan moddiy va
pul mablag`laridan foydalanish yo`li bilan amalga
oshiriladi. Mulkchilikning xar xil shakllaridagi
korxonalarga zarur bulgan mablag`lar ma`lum
manbalar (davlatniki-davlat resurslari hisobidan,
jamoaniki pay badallari hisobidan, aksiyadorniki -
aksiyadorlar resurslari hisobidan va kushma
korxonalarniki - muassislarning badallari hisobidan) 
hisobidan shakllanadi.


Ishlab chiqarish, taksimot, ayrboshlash va
iste`mol jarayonlariga xizmat kilaturib,
korxonalar fondlarining uzluksiz doirada
aylanishini amalga oshiradi. Shuning uchun
buxgalteriya hisobi bu yerda moddiy
boyliklarni yaratishga yunaltirilgan ishlab
chiqarish ayrboshlash jarayonidagi
korxonaning fondlari (mablag`lari) ning
xolatlari va ulardan foydalanishni samarali
boshqarish uchun zarur bulgan axborotni
shakllantiradi.


Moddiy boyliklarning noishlab chiqarish sohasida iste`mol
kilinishi noishlab chiqarishning bir kismidir. Undan tashqari,
noishlab chiqarishning iste`moliga shaxsiy iste`mol va jamiyat
a`zolarining extiyojlarini kondirish xam kiradi. Shaxsiy
iste`molni buxgalteriya hisobi bevosita uz ichiga olmaydi. 
Lekin shaxsiy iste`mol buxgalteriya hisobida mutlako aks
ettirmaydi deb uylash xatodir. Xakikatda, buxgalteriya hisobi
uni aks ettiradi, lekin uni tavsiflash uchun zarur bulgan
barcha kursatkichlarga ega emas. Shaxsiy iste`mol
to`g`risidagi ma`lumotlarni savdo korxonalari, umumiy
ovkatlanish korxonalari, xalq ta`limi, soglikni saklash
muassasalari va boshqa hisobotlardan olish mumkin. Bu 
ma`lumotlar buyicha (tegishli tartibda utkazilgan ruyxatlar va
tekshirishlarda mavjud bulgan ma`lumotlarga qo`shimcha
ravishda) statistika shaxsiy iste`molni tavsiflovchi
kursatkichlarni aniklaydi.


Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan
tashqari buxgalteriya hisobida ishlab
chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish
munosabatlarini takror ishlab chiqarish xam
aks ettiriladi.


Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish
buxgalteriya hisobida shu ishchi kuchini
tayyorlash bilan borlik bulgan xar xil
xarajatlarni xamda ish xaki va xar xil turdagi
ho`jaliklar daromadlarini ko`rinishidagi
mablag`lar harakatini hisoblab topish yo`li
bilan kamrab olinadi. Ishchi kuchini
tayyorlash xarajatlari, ish xakini tulash va
ho`jaliklarning daromadlarini taksimlash
moddiy kiymatliklar va pul mablag`larini
sarflashni anglatadi.


Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab
chiqarish buxgalteriya hisobida mulkchilikning
xar xil shakllaridagi korxonalar fondlarining
mavjudligi va harakatini aks ettirgan xolda
kayd kilinadi. Bux-galteriya hisobi takror
ishlab chiqarish jarayonida ularning
uzgarishini kursatib, mulkning rivojlanishini
tavsiflaydi va shu bilan ishlab chi-karish
munosabatlarini takror ishlab chiqarish
xakida zarur kursat-kichlarni beradi.


E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Download 16.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling