"buxgalteriya hisobi" kafedrasi "buxgalteriya hisobi"fanidan nazorat ishi


Download 30.52 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi30.52 Kb.
#1413168
  1   2   3   4
Bog'liq
biznessda axborot texnologiyalari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

“BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI



“BUXGALTERIYA HISOBI”FANIDAN

NAZORAT ISHI
Mavzu:Biznesda axborot texnologiyalari va axborot tizimi

Bajardi:Asatov Umidjon
Guruh:KBHA-70

TOSHKENT – 2023

Reja:
1. Biznes haqida tushuncha.
2.Axborot tizimlari haqida tushuncha. 3.Biznesni bishqarish axborot tizimlari.
4.Biznes boshqaruvda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari.
1. Biznes haqida tushuncha.
BIZNES (ing. business) - daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan xo‘jalik faoliyati (kasbkor, mashg‘ulot) yoki foyda olish maqsadlari ko‘zlangan va qonunlarga xilof bo‘lmagan har qanday tashkiliy faoliyat. U milliy (davlat) qonunlar va xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi.Biznes xo‘jalik yuritish ko‘lamiga qarab, yirik, o‘rta va kichik turlarga bo‘linadi.Yirik biznes ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band bo‘lgan, o‘rta Biznes esa 20 — 500 kishi band bo‘lgan korxona (firma)lar, kichik biznes 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni kamraydi. Yirik va o‘rta biznesga, asosan, yirik ishlab chiqarish, ko‘p sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik biznes qishloq xo‘jaligi, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik biznes sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farklanadi va shu bois u keng tarqalgan.Biznes – eng avvalo qonuniy yo‘l bilan, ruxsat berilgan ish bilan shug‘ullanib pul topishdir. O‘zining xarakteriga qarab biznes ochiq - qonuniy va yashirin - g‘ayriqonuniy bo‘ladi.
Ochiq - qonuniy biznes - bu kishilar hayotini farovon qiladigan faoliyatdir. Yashirin-g‘ayriqonuniy biznes esa qonun yo‘li bilan taqiqlangan biznesdir.
Biznes turlari:
Sanoat biznesi
Agrobiznes (kishlok xujaligi)
Moliya biznesi
Tibbiyot biznesi
Shou (tomosha) biznesi
Sport biznesi
Savdo biznesi
Sayoxat biznesi va h.k.
Biznes bilan shug‘ullanuvchilar har xil turdagi biznes bilan shug‘ullanishadi.
1. Yakka tartibda yoki shaxsan o‘zi va oilasi bilan biznes qiluvchilar.
2. Jamoa tarkibida yoki sherik bo‘lib biznes qiluvchilar.
3. Davlat biznesi – davlat nomidan biznes qiluvchlarish.
TADBIRKORLIK - kapital sarflab tovar va xizmatlar yaratish bilan foyda topishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat, biznesning asosiy turidir.
Tadbirkorlik mulkchilik subʼektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishidir.Tadbirkorlik noyob qobiliyat, yer, mehnat, kapital, axborotlar bilan bir qatorda iqtisodiyot va ishlab chiqarishning bosh omillaridan biri hisoblanadi. Tadbirkorlik bu biznesga kiradi, lekin har qanday biznes tadbirkorlik bo‘lavermaydi. Biznesda tovar va xizmatlar yaratilib, bozordagi talab kondirilganda tadbirkorlik faoliyati yuzaga keladi.

Download 30.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling