Buxgalteriya hisobi schotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi Reja
Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv
Download 67.59 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi schotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi.docx22222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkiyoqlama yozuv
- Murakkab buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si
- Debet 5010(A) Kredit Debet 5110 (A) Kredit (+) (-)
- Debet 5010(A) Kredit Debet 5110 (A) Kredit (-) (-)
2. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv
va uning asoslanishi Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablag‘da ham manbada bir xil summaga o‘zgarishga olib keladi. Bunday o‘zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo‘llaniladi. Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo‘jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo‘jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o‘zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta'sir etadi. 1494 yilda italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab bergan. Uning «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi traktatida» (lot. tractatus - muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o‘zida «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarda aks ettirish va «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarning summalarining yig‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan. Ikkiyoklama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan o‘zaro aloqa schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deb, ma'lum bir xo‘jalik operatsiyasining faqat bir schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditida aks ettirilishiga aytiladi. Murakkab buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si ma'lum bir operatsiyaning summasi bir schyotning debeti, boshqa bir qancha schyotlarning kreditida yoki aksincha, bir schyotning krediti va bir nechta schyotlarning debetida aks ettirilishidir. Xo‘jalik operatsiyalarini schyotlarda ikkiyoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish tartibini quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin. 1-misol. Bankdagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1 500 000 so‘m naqd pul olib kelindi. Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida bankdagi hisob-kitob schyotida pul mablag‘i kamaydi, kassada esa shu summaga ko‘paydi. Bu schyotlarning ikkalasi ham aktiv schyotlardir. Debet 5010(A) Kredit Debet 5110 (A) Kredit (+) (-) 1 500 000 1 500 000 so‘mga so‘mga kas- hisob-kitob schyo- sada pul tida pul kamayishi ko‘payishi 2-misol.Kassadan xodimlarga 1 500 000 so‘m ish haqi berildi. Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida kassadagi pul mablag‘i kamaydi, xodimlar bilan ish haqi yuzasidan qarzlar ham kamaydi. Debet 5010(A) Kredit Debet 5110 (A) Kredit (-) (-) 1 500 000 1 500 000 so‘mga kas- so‘mga xodimlar sadagi pul mab- bilan ish haqi lag‘i kamayishi yuzasidan qarz- larning kama- yishi Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv usulidan schyotlarda xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘ri aks ettirilishi ustidan nazorat olib borishda foydalaniladi. Har bir operatsiya bir xil summaga bitta schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditga yoziladi. Natijada hamma schyotlarning debet tomonidagi oborotlar jami, hamma schyotlarning kredit tomonidagi oborotlar jamiga teng bo‘lishi kerak. Shunday tenglikning bo‘lmasligi schyotlarda xatoga yo‘l qo‘yilganligidan dalolat beradi. Download 67.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling