YAngi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan. - 1. Aktiv schyotlar (A)
- 2. Passiv schyotlar (P)
- 3. Kontr - aktiv schyot (KA)
- 4. Kontr - passiv schyot (KP)
- 5. Tranzit (o‘tkazuvchi) schyotlar (T)
- 1. Aktiv schyotlar (A) - xo‘jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy resurslarning hisobot davridagi ko‘payishini debet tomonida va shu davrdagi kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schyotlar.
- 2. Passiv schyotlar (P) - xo‘jalikning majburiyatlari va kapitalini aks ettirish uchun tayinlangan, hisobot davri boshidagi qoldiqni, hisobot davri mobaynidagi majburiyatlarni va kapitalning o‘sishini kredit tomonida va shu davrdagi 84 majburiyatlar hamda kapitalning kamayishini debet tomonida aks ettiradigan schyotlardir.
- 3. Kontr - aktiv schyot (KA) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymayishini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bogliq bo‘lgan aktiv schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot passiv schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi.
- 4. Kontr - passiv schyot (KP) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sof qiymatni aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot aktiv schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi.
- 5. Tranzit (o‘tkazuvchi) schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopilib ketadigan va hisobot davri oxiriga qoldig‘i bo‘lmaydigan daromad hamda xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir. Bu schyotlarning ma’lumotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga oladigan tranzit schyotlar aktiv schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi debetida,kamayishi esa kreditida aks ettiriladi.
- Daromadlarni hisobga oladigan schyotlar passiv schyotlarga mansub bo‘lib, daromadning ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi. Schyotlarning yuqoridagi guruhlanishidan ko‘rinib turibdiki yangi schyotlar rejasida aktiv - passiv schyotlar yo‘q. Schyotlarning barchasi yoki aktiv - ko‘payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi, yoki passiv – ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi (majburiyatlarning vujudga kelishi va ularni to‘lash vaqtlari bir hisob registrida chiziqli yozuv usulida birlashtirilmaydi). Eski schyotlar rejasidagi aktiv - passiv schyotlar: boshqa debitor va kreditorlar, hisobdor shaxslar bilan hisob - kitoblar, mahsulot sotish va shunga o‘xshagan qator schyotlar hozirgi amaldagi schyotlar rejasida bekor qilingan.
- Turli debitor va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar har bir debitor va kreditorlik qarzlari bo‘yicha alohida aktiv yoki passiv schyotlarda hisobga olinadi:
- a) YAngi schyotlar rejasining 4 - «Olinadigan schyotlar - joriy qismi» bo‘limi (4000 - 4900 schyotlar) da mahsulot sotish va boshqa operatsiyalar natijasida vujudga keladigan debitorlar hisobga olinadi.
- b) YAngi schyotlar rejasining 6 - «Joriy majburiyatlar» bo‘limi (6000 -6900 schyotlar) da mol sotib olish va boshqa operatsiyalar natijasida vujudga keladigan kreditorlar hisobga olinadi.
- Schyotlar korrespondensiyasi faqat tizimli hisob mohiyatini ochib beradi. Ko‘plab schyotlar balansli schyotlar bo‘lib, ular tizimlidir. Balansli schyotlar korrespondensiyalanadi. Lekin balansdan tashqari deb nomlanadigan tizimsiz, korrespondensiyalanmaydigan schyotlar ham mavjud. Balansdan tashqari schyotlar 86 bo‘yicha yozuvlar ikkinchi korrespondensiyalanadigan schyotlarsiz amalga oshiriladi.
- Balansdan tashqari schyotlarning asosiy xususiyati shundaki, ular tizimsiz, oz miqdorda va keng tarqalmagan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, ular aktivlar bo‘lib hisoblanadi, lekin balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlarni aktiv va passivga bo‘lish ma’lum bir ma’noga ega emas. Balansdan tashqari schyotlarning ko‘payishi kirimiga, kamayishi chiqimiga yozib boriladi.
- Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. Schyotning nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Schyotlar bilan ish olib borganda, asosan ularning tayinlanishi va foydalanish tamoyillarini bilish zarur.
- Foydalinilgan adabiyotlar.
- 4.1. Kondrakov N.P. Buxgalterskiy (finansovыy, upravlencheskiy) uchet: ucheb. – M.: Prospekt, 2009. – 448 s. 4.2. SHilenko S.I. i dr.Osnovы audita: uchebnik.–M.:KNORUS, 2009.–152 s. 4.3.Kuter M.I. Teoriya buxgalterskogo ucheta: Uchebnik.- 3-E izd., pererab. i dop. – M.: Finansы i statistika , 2008.- 592 s.
- XI. Internet saytlari. 11.1.«Norma” 2017. 11.2“Pravo” 2017. 11.3. WWW.Sam DU.uz.
e’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |