Buxgalteriya balansi – korxona mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari holatini pul shaklida guruhlash va aks ettirish usulidir.
Buxgalteriya hisobining schetlari - bu xo‘jalik mablagdari, mablagdarning manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun zarur axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizimga keltirish usulidir.
Buxgalteriya hisobining schetlari ikki tomonli jadval shakliga ega bo‘lib, chap tomoni - «debet», o‘ng tomoni - «kredit» deb ataladi. «Debet» va «kredit» atamalari lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi debet - “u qarzdor” va credit - «u ishonadi» degan ma’noni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |