Buxgalteriya hisobi


Kasallik varaqasiga asosan nafaqa hisoblash va to’lash tartibi qanday amalga oshiriladi?


Download 36.63 Kb.
bet5/7
Sana09.01.2022
Hajmi36.63 Kb.
#255919
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kayumov Umidjon Erkinovich MM-54-2

Kasallik varaqasiga asosan nafaqa hisoblash va to’lash tartibi qanday amalga oshiriladi?

Nafaqalar  xodimning  asosiy  ish  joyidan  korxonaning  Ijtimoiy  sug’urta 
bo’yicha  komissiyasi  yoki  shu  ish  uchun  vakil  qilingan  komissiya  a’zosi 
tomonidan  tayinlanadi.  Komissiya  tarkibi,  a’zolari  soni  va  raisi  korxona 
rahbarining buyrug’i yoki boshqaruvining qarori bilan tsadiqlanadi. 
Komissiya  mehnatda  mayiblaganlarga,  kasb  kasalligiga  chalinganlarga 
nafaqa  tayinlash,  nafaqa  to’lashni  rad  etish,  nafaqada  (to’liq  yoki  qisman) 
mahrum  etish  va  nafaqa  olish  huquqi  yuzasidan  kelib  chiqqan  nizolarni, 
vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi  va  boshqa  hujjatlarning  asosli 
ravishda va to’g’ri berilganligini ko’rib chiqish huquqiga ega.  Qolgan barcha 
hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan a’zosi tayinlaydi. 
 
Komissiyalar bo’lmagan korxonalarda nafaqalar, ish beruvchi tomonidan 
shu ishga buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi. 
  Yuridik  shaxs  bo’lmasdan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi 
shaxslar,  dehqon  xo’jaligi  a’zolariga,  shuningdek  ayrim  fuqarolarnikida 
shartnoma  asosida  ishlayotganlarga  nafaqalar  ijtimoiy  ta’minot  bo’limlari 
tomonidan  tayinlanib  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasi  mablag’lari 
hisobidan to’lanadi. 
  O’quvchi, talaba va aspirantlarga nafaqalar mazkur Nizomning 80 va 91-
bandlariga binoan o’qish joylarida tayinlanadi va to’lanadi. 
  Qurolli  kuchlar  safidan  ozod  etilgandan  keyin  vaqtincha  mehnatga 
qobiliyatsiz  bo’lib  qolgan  sobiq  harbiy  xizmatchilarga  nafaqa  mazkur 
Nizomning  5-bandiga  tuman  (shahar)  ijtimoiy  ta’minot  bo’limlari  tomonidan 
tayinlanadi. 
  Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik muddati tugaganidan so’ng 
chiqishining  birinchi  kunidayoq  korxonaga  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik 
varaqasi  taqdim  etadilar.  Mehnatga  qobiliyatsizlik  davom  etayotgan  hollarda, 
navbatdagi ish haqi berilishi vaqti kelganda topshirilishi mumkin. 
  Korxona  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasining  «Tabelchi 
tomonidan va kadrlar bo’limi tomonidan to’ldiriladi» degan bo’limlariga zarur 
ma’lumotlar  yoziladi  va  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi  (bemor 
haqidagi  ma’lumotlar  yozib,  imzo  qo’yiladi)  ijtimoiy  sug’urta  komissiyasiga 
topshiriladi. 
  Mehnatda  mayiblanish  tufayli  vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik 
boshlanganda  nafaqa  ishlab  chiqarishda  baxtsiz  hodisa  sodir  bo’lganlik 
haqidagi (N-1-shaklda) dalolatnoma asosida tayinlanadi. 
  Agar  baxtsiz  hodisa  boshqa  sharoitlarda  ro’y  bersa  (uyda,  ishga  borish 
yoki ishdan qaytishda, davlat yoki jamoatchilik burchini bajarayotgan paytda) 
nafaqa  ro’y  bergan  baxtsizlik  sabablari  ish  beruvchi  tomonidan  o’rganib 
chiqilgandan keyingina tayinlanadi.

Quyidagi  sharoitlarda  yuz  bergan  (jinoyat  sodir  qilish  vaqtida 
jarohatlanish  hollaridan  tashqari)  jarohatlanish  mehnatda  mayiblanish  deb 
hisoblanadi: 
  -  mehnat  burchini  bajarayotgan  paytda  (shu  jumladan,  xizmat  safari 
vaqtida),  shuningdek,  maxsus  topshiriq  bo’lmagan  hollarda  ham  korxona 
manfaatini ko’zlab qilingan xatti-harakatlar paytida; 
  -  ish  beruvchining  trnasportida  ishga  borayotgan  yoki  ishdan 
qaytayotganda; 
-  ish  vaqti  davomida  (shu  jumladan  belgilangan  tanaffus  vaqtida) 
korxona hududida yoki biron-bir boshqa ish joyida, ish boshlashdan oldin yoki 
ishdan  keyin  ish  qurollarini,  kiyim-kechaklarini  va  hakazolarni  tartibga 
keltirish paytlarida; 
  -  ichki  mehnat  tartib-qoidalariga  zid  bo’lmagan  taqdirda,  ish  vaqti 
davomida korxonaga yaqin bo’lgan joyda yoki boshqa ish joyida (belgilangan 
tanaffuslarda) hozir bo’lganda; 
- asosiy ish bilan bog’liq bo’lmasa ham, davlat va jamoatchilik oldidagi 
burchlarini bajarayotgan chog’ida; 
  -    inson hayotini qutqarish,  huquq-tartibotni,  davlat  va  jamoat  mulkini, 
shuningdek, fuqarolar mulklarini muhofaza qilish bo’yicha fuqarolik burchini 
bajarayotgan paytida; 
  -  donorlik  vazifalarini  bajarish  natijasida  mehnat  qobiliyatining 
yo’qotilishi. 
  Kasb  kasalliklari  bo’yicha  vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  nafaqasi 
tayinlashda Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son qarori bilan  
tasdiqlangan  Kasb  kasalliklari  ro’yxatida  ko’rsatilgan  kasalliklar  hisobiga 
olinadi. 
  Mazkur Nizomga binoan nafaqa olish huquqi ijtimoiy sug’urta bo’yicha 
komissiya  yoki  vakil  qilingan  komissiya  a’zosi  har  bir  vaqtincha  mehnatga 
layoqatsizlik varaqasi bo’yicha to’lov amalga oshirilishi lozim bo’lgan kunlar 
sonini va ish haqiga nisbatan belgilanadigan nafaqa foizi miqdorini belgilaydi. 
Nafaqa foizi miqdori nafaqa belgilash bayonnomasida va komissiya raisi yoki 
vakil  qilingan  komissiya  a’zosining  imzosi  qo’yilgan  vaqtincha  mehnatga 
layoqatsizlik varaqasida qayd qlinadi. 
  Mehnatda  mayiblanish  tufayli  vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik 
bo’yicha  nafaqa  komissiya  tomonidan  (jarohatlangan  xodimning  ahvoli 
komissiya  majlisiga  kelishga  imkon  bergan  taqdirda  uning  ishtirokida) 
tayinlanadi.  Nafqadan  mahrum  etish,  nafaqadan  to’liq  yoki  qisman  rad  etish 
masalasi nafaqa oluvchining ishtirokida ko’rib chiqiladi. 
  Xodim vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo’yicha nafaqa olish 
huquqiga  ega  bo’lmagan  taqdirda,  komissiya  nafaqa  bermaslik  to’g’risida 
qaror  chiqaradi  va  rad  etish  sabablarini  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik 
varaqasiga qayd etadi. 
  Nafaqa  tayinlangandan  so’ng  komissiya  yoki  vakil  qilingan  komissiya 
a’zosi  korxonaning  hisob-kitob  bo’limiga  nafaqa  chiqarish  va  to’lash  uchun 
belgilangan  tartibda  rasmiylashtirilgan  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik 
varaqasini topshiradi.

To’lanadigan  va  to’lanmaydigan  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik 
varaqlari,  shuningdek,  nafaqa  olish  uchun  taqdim  etilgan  barcha  boshqa 
hujjatlar korxona buxgalteriyasida pullik hujjatlarga teng holda, barcha xarajat 
hujjatlaridan alohida holda saqlanadi. 
Ish  vaqtini,  umumiy  ish  stajini  hisobga  olib  borish,  ijtimoiy  sug’urta 
bo’yicha nafaqalar to’lash uchun hisob-kitoblarni bajarishda elektron-hisoblash 
mashinalari  (EHM)  qo’llaniladigan  korxonalarda,  vaqtincha  mehnatga 
layoqatsizlik  varaqalari  ma’muriyat  tomonidan  hisoblash  markaziga 
topshiriladi.  U  erda  ijtimoiy  sug’urta  bo’yicha  nafaqa  tayinlash  va  hisoblab 
chiqarish to’g’risida belgilangan shaklda ikki nusxada ro’yxat tuziladi. 
Vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqalari  EHMda  hisob-kitoblarni 
chiqarish  uchun  ma’sul  shaxsning  imzosi  qo’yilgan  ikki  nusxadagi  to’lov 
ro’yxati bilan birga aniq muddatlarda (maoshlar bo’yicha hisob-kitob qilishga 
5-6 kun qolganda) ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiyaga topshiriladi. 

Komissiya hisob-kitobning, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining  davolash  muassasasi  tomonidan  to’ldirilishining  to’g’riligini, 
zarur  hollarda  boshqa  hujjatlarni  ham  (baxtsiz  hodisalar  to’g’risidagi 
dalolatnomalar  va  boshqalar)  tekshiradi  va  nafaqa  tayinlash,  belgilangan 
hollarda esa nafaqadan mahrum qilish bo’yicha qaror chiqaradi. Ikki nusxadagi 
to’lov  ro’yxatlar  ijtimoiy  sug’urta  bo’yicha  komissiyasi  raisi  tomonidan 
imzolanadi. 
To’lov  ro’yxatining  bir  nusxasi  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik 
varaqasi  bilan  buxgalteriyaga  yuboriladi.  Ular  tekshiruvdan  o’tkazilganda 
so’ng  bosh  (katta)  buxgalter  tomonidan  imzolanib,  hisoblash  markazida  uzil-
kesil  hisob-kitob  va  nafaqa  summasini  ish  haqi  to’lash  ro’yxatiga  kiritish 
uchun qaytarib yuboriladi. Shundan so’ng to’lov ro’yxati vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik varaqalari bilan saqlash uchun buxgalteriyaga topshirladi. 
To’lov ro’yxatining ikkinchi nusxasi esa nafaqa tayinlash bayonnomasi 
sifatida ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiyada saqlanadi. 
Nafaqani  hisoblashda  mazkur  banda  ko’rsatilgan  qoidaga  muvofiq 
vaqtincha mehnatga  layoqatsizlik varaqasining orqa tomoni to’ldirilmaydi. 
EHM  yordamida  faqat  nafaqa  miqdori  hisoblab  chiqiladigan 
korxonalarda  nafaqa  belgilash  va  vaqtincha  mehnatga  layoqatsiz  varaqlarini 
to’ldirish  (Buxgalteriya  tomonidan  to’ldiriladi  degan  bo’limdan  tashqari) 
mazkur  Nizomning  98  va  101-bandlarida  belgilangan  tartibda  amalga 
oshiriladi. 
«Buxgalteriya tomonidan to’ldiriladi» degan bo’limdagi maosh va uning 
asosida  chiqarilgan  nafaqa  miqdori  haqidagi  ma’lumot  EHMda 
tayyorlanganda,  EHMda  hisob-kitob  ishlari  uchun  ma’sul  shaxsning  va  bosh 
(katta)  buxgalterning  imzolari  bo’lgan  to’lov  ro’yxatida  keltiriladi.  To’lov 
ro’yxatlariga kasallik varaqalari ilova qilinadi. 
Nafaqalar  mashina-hisoblash  stantsiyalarida  hisoblab  chiqariladigan 
korxonalarda  nafaqalarni  tayinlash  va  mehnatga  layoqatsizlik  varaqalarini 
rasmiylashtirish xudi shunday tartibda amalga oshiriladi. 

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha tayinlangan nafaqalar, shu 
jumladan  sil  kasalligi  sanatoriylarida  davolanish  uchun  beriladigan  nafaqalar, 
ish haqi to’lash uchun belgilangan muddatlarda to’lanadi. 
Boshqa turdagi sanatoriylarida davolanish uchun beriladigan nafaqalarni 
to’lash, xodim sanatoriydan qaytganda so’ng amalga oshiriladi. Bunda nafaqa, 
agar  bir  tomonga  borish  vaqti  bir  sutkadan  ortiq  bo’lsa,  sanatoriyda  bo’lgan 
vaqt  ko’rsatilgan  «yo’llanmaning  qaytish tomoni»,  shuningdek yo’l  chiptalari 
ijtimoiy  sug’urta  komissiyasiga  yoki  vakil  qilingan  komissiya  a’zosiga 
topshirilgandagina  beriladi.  Yo’llanma  bo’yicha  foydalanilmagan  hamda 
sanatoriyda, shuningdek etib borish yoki qaytish yo’li belgilangan muddatdan 
ortiq bo’lgan kunlar uchun nafaqa berilmaydi. 
Homiladorlik va tug’ish nafaqasi tug’ishdan oldin amalda foydalanilgan 
kunlarning sonidan qat’i nazar, ta’tilning to’liq davri uchun bir yo’la to’lanadi. 
Bola  tug’ilganda  bir  yo’la  to’lanadigan  nafaqani  olish  uchu  nota  yoki 
ona  komissiyaga  Fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  yozish  (FHDYo)  bo’limi 
tomonidan  berilgan  bolaning  tug’ilganlik  haqidagi  ma’lumotnomasini 
topshirishi lozim. Berilgan hujjatlar asosida vakillik qiluvchi komissiya a’zosi 
nafaqa  olish  huquqini  belgilaydi  va  belgilangan  miqdorda  uni  tayinlash 
to’g’risida qaror chiqaradi va tayinlash bayonnomasiga yozadi. Shundan so’ng 
hujjatlar korxonaning hisob-kitob qilish bo’limiga topshiriladi. 
Bola  tug’ilganligi  haqida  ma’lumotnoma  yo’qotilgan  taqdirda  bir  yo’la 
to’lanadigan  nafaqa  FHDYo  bo’limlari  tomonidan  berilgan  bola  tug’ilganligi 
haqidagi  takroriy  ma’lumotnomaning  hamda  otaning  ish  joyidan  (  o’qish 
joyidan)  nafaqa  olmaganligi  haqidagi  ma’lumotnoma  topshirilganidan  so’ng 
beriladi. 
Xodimning vafoti tufayli uni Dafn etish marosimini o’tkazish nafaqasini 
olish  uchun  ijtimoiy  sug’urta  komissiyasiga  FHDYo  bo’limi  tomonidan 
berilgan  vafot  etganlik  to’g’risidagi  ma’lumotnoma  topshiriladi.  Oila  a’zosi 
vafot  etganda  esa  vafot  etganligi  haqidagi  ma’lumonomadan  tashqari  uy-
joydan  foydalanish  idorasi  (binodan  foydalanish  direktsiyasi,  mahalliy  o’zini 
o’zi  boshqarish  organlari)  tomonidan  vafot  etgan  shaxsning  xodim    bilan 
qarindoshlik  aloqalari  borligi  va  u  xodimning  qaramog’ida  bo’lganligi 
to’g’risida ma’lumotnoma ham topshirilishi lozim. 
Topshirilgan  hujjatlar  asosida  vakil  qilingan  komissiya  a’zosi  nafaqa 
olish  huquqini,  uning  miqdorini  belgilaydi  va  nafaqa  tayinlash  haqida  qaror 
chiqaradi va nafaqa tayinlash bayonnomasiga yozib qo’yadi. 
Korxona  tugatilganda,  Nizomga  muvofiq  nafaqa  olish  huquqiga  ega 
bo’lgan fuqarolarga, vaqtincha mehnatga qobliyatsizlik hamda himoladorlik va 
tug’ish  nafaqasi  tugatilgan  korxonaning  huquqiy  vorisi  yoki    tugatish 
komissiyasi tomonidan beriladi. 
Tugatish  komissiyasi  ishni  yakunlagan  (yakuniy  balans  topshirilgan) 
hollarda,  nafaqa  ijtimoiy  ta’minot  bo’limlari  tomonidan  tayinlanib,  to’lanadi. 
Bunda  vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  hamda  homiladorlik  va  tug’ish 
nafaqasini  tayinlash  uchun  qo’shimcha  hujjatlar,  ya’ni  tugatish  komissiyasi 
tomonidan to’langan  nafaqa  (komissiya  tomonidan  yakuniy  balans topshirilib 
barcha hisobraqamlar yopilganligi) to’g’risidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.



  1. Download 36.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling